ASOSIY VOSITALARNI
HISOBGA OLUVChI SCHYOTLAR
0110
Еr
0111
Еrni obodonlashtirish
0112
Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy
vositalarni obodonlashtirish (O’zR AV 25.05.2009 y.
1181-2-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV
Buyrug’itaxriridagi satr)
0120
Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar
0130
Mashina va asbob-uskunalar
0140
Mеbеl va ofis jihozlari
0150
Kompyutеr jihozlari va hisoblash tеxnikasi
0160
Transport vositalari
0170
Ishchi va mahsuldor hayvonlar
0180
Ko’p yillik o’simliklar
0190
Boshqa asosiy
vositalar
0100-«Asosiy vositalar» schyotida quyidagilar ham hisobga olib
boriladi:
a) sub’ektga foydalanish huquqi berilgan o’rmon va suv xavzalari, er
uchastkalari va konlar uchun sarflangan inventar xususiyatidagi kapital
qo’yilmalar;
b) ijaraga olingan asosiy vositalar uchun sarflangan tugallangan ishlar
natijasi bo’yicha xarajatlar.
Asosiy vositalar boshlang’ich
qiymatda hisobga olib borilib, alohida
ob’ektlar uchun ularning boshlang’ich qiymati quyidagicha aniqlanadi:
a) ta’sis etuvchilarning sub’ektga qo’shgan asosiy fondlari – o’zaro
kelishilgan bahoda;
b) sub’ektning o’zida ishlab chiqarilgan yoki sotib olingan asosiy
vositalarning ishlab chiqarish tannarxi yoki
sotib olish bahosiga tashib
keltirish va o’rnatish xarajatlarini qo’shib haqiqiy tannarxda;
v) boshqa shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalar, ekspert tomonidan
belgilangan yoki dalolatnomada ko’rsatilgan bahoda.
Yangi korxona qurish, asosiy vositalarni sotib olish, konstruksiyasini
o’zgartirish, modernizasiya qilish va moslashtirish ychun sarflangan
mablag’larni hisobga olishda alohida aktiv schyotlarning,
0700-«O’rnatiladigan asbob-uskunalar» schyotlari va
0800-«Кapital qo’yilmalar» schyotlari guruhidan foydalaniladi.
189
0700-schyot bo’yicha ikkita subschyot yuritiladi: 0710 -
«Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar» va
0720-«Chet eldan keltirilgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar».
Sub’ektga kelib tushgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar uchun to’lov
talabnoma-topshiriq akseptlanganda 0710 va 0720 schyotlari debetlanib,
6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»
schyoti kreditlanadi. Shu asbob-uskunalarni etkazib berganlik (transport
xizmatlari) uchun 6890-«Boshqa majburiyatlar»
schyoti tegishli
xizmatlarning summasiga kreditlanadi.
Shu asbob-uskunalarni tushirib berganligi uchun ishchilarga mehnat
haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar hisoblanganda 0710 va 0720-
schyotlari debetlanib, 6710-«Mehnat haqi bo’yicha
xodimlar bilan
hisoblashishlar» va 6520-«Ijtimoiy sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyotlari
kreditlanadi.
Ta’sischilar tomonidan sub’ektning ustav kapitaliga o’z badallari
sifatida topshirilgan asbob-uskunalarning qiymati ham 0710 va 0720-
schyotlarining debeti va 4710-«Ustav kapitaliga ulushlari bo’yicha
ta’sischilarning qarzlari» schyotining kreditiga yoziladi.
Yig’ish va o’rnatish uchun (montajga) topshirilgan asbob-uskunalarning
haqiqiy qiymati hisobdan chiqarilganda 0810-«Tugallanmagan qurilish»
schyoti debetlanib, 0710 va 0720-schyotlari kreditlanadi,
shu asbob-
uskunalar sotilsa, 9220-«Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimlari»
schyoti debetlanib, 0710 va 0720-schyotlari kreditlanadi, ularning mustaqil
balansga ajratilgan filiallarga berilishi – 4110-«Alohida balansga ajratilgan
bo’linmalardan olinadigan schyotlar» schyotining debeti va 0710 va 0720-
schyotlarining kreditiga yoziladi.
O’rnatiladigan asbob-uskunalarni ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi
materiallar hisobiga o’xshab ketadi va ularning hisobi ham ombor
kartochkalari va 10-sonli qaydnomada yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: