vosita(fond)lar mustasnodir. Bunda asosiy vositalar kirim qilinganda
0190-«Boshqa asosiy vositalar» schyotining debeti va qaerdan
sarflanishiga qarab tegishli pul mablag’lari schyotlarning kreditida aks
ettirilib. kapital qo’yilmalar hisobi orqali o’tkazilmaydi.
Aktivlardan foydalanish jarayonida sarflangan, ya’ni keyingi kapital
qo’yilmalar.
Asosiy vositalarga sarflangan kapital qo’yilmalar aktivning holatini
boshlang’ich baholangan me’yoriy ko’rsatkichlaridan yuqorirok darajada
yaxshilab, kelgusida olinadigan iqtisodiy manfaatni oshirishga olib kelish
ehtimoli mavjud bo’lgan taqdirdagina aktivning balans qiymatiga
qo’shiladi. Yaxshilanish natijasida iqtisodiy manfaatdorlikning oshishiga
olib keluvchi quyidagi tadbirlarni misol qilib keltirish mumkin:
a) aktivning foydali faoliyatining muddatini uzaytirish bilan birga
kuvvatini oshirish maqsadida rekonstruksiya qilish;
b) uskunada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini tubdan
yaxshilash maqsadida, ushbu ishlab chiqarish uskunasi qismlarining
sifatini oshirish;
v) asosiy faoliyatning dastlabki baholangan xarajatlarini kamaytirishga
olib keladigan yangi ishlab chiqarish jarayonlarini qo’llash.
Boshqa barcha kapital qo’yilmalar ular amalga oshirilgan davrda sarflar
sifatida tan olinishi kerak.
Кapital sarflari yoki kapital qo’yilmalar
deb
asosiy vositalarni va
boshqa uzoq muddatli foydalaniladigan aktivlarni sotib olish va yaratish
bilan bog’liq bo’lgan sarflarga aytiladi. Uskunalarni ta’mirlash, ularga
xizmat ko’rsatilishi, yoqilg’i sotib olish xarajatlari, ya’ni sub’ektning
faoliyati uchun zarur bo’lgan barcha xarajatlar nokapital xarajatlarga yoki
chiqimlarga kiritiladi, chunki ular ushbu hisobot davrida daromad olish
uchun sarflangan xarajatlarni ifodalaydi.
Кapital qo’yilmalar va xarajatlarni qat’iyan ajratish zarur.
Кapital
Dostları ilə paylaş: