O bobojonov k. Jumaniyozov


qo’yilmalar – bu balansning aktiv qismida aks ettirilgan sarflardir va  buxgalteriya nuqtai nazaridan xarajat hisoblanmaydi, xarajatlar esa



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

qo’yilmalar – bu balansning aktiv qismida aks ettirilgan sarflardir va 
buxgalteriya nuqtai nazaridan xarajat hisoblanmaydi, xarajatlar esa – bu 
chiqim deb tan olinadi va mahsulot, ish yoki xizmatning tannarxiga olib 
boriladi.
Asosiy vositalarni, tabiiy resurslarni va nomoddiy aktivlarni sotib olish 
sarflaridan tashqari kapital qo’yilmalar, asosiy vositalarning o’sishi va 
ularni takomillashtirish sarflarini xam o’z ichiga oladi. Asosiy 
vositalarning oshishi deb ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy 
oshishi hisoblanadi. Agarda binoga yangi qanot qurilsa va bir necha yildan 
so’ng sarflardan daromad olinishi kutilsa, ushbu qanotni qurishga ketgan 
196


sarflar «Bino» schyotining debetida aks ettiriladi. Odatdagi xarajatlarga 
joriy ta’mirlash, xizmat ko’rsatish, moylash, tozalash, qarab turish 
to’lovlari, ya’ni uskunani ishchi holatida ushlab turish uchun zarur bo’lgan 
xarajatlar kiradi. 
Aktivlarni qurish jarayonida qarz bo’yicha foizlarining kapitalizasiyasi.
Binolarni qurish jarayonida qarzlar bo’yicha hisoblangan foizlar ba’zi 
hollarda kapitallashtiriladi. Foizlarni kapitallashtirish murakkab va 
qarama-qarshi bo’lgan muammo hisoblanadi. Esda tutish kerakki, montaj 
qilinmaydigan (yig’ilmaydigan) aktivni sotib olishda, foydalanilgan qarz 
majburiyati bo’yicha foizlar kapitallashtirilmaydi, chunki bunday aktiv 
tayinlanish shakliga ega bo’lgan holatdadir. Bu holda foizlar moliyaviy 
xarajatlarni ifodalaydi va sotib olingan aktiv bo’yicha iqtisodiy 
manfaatning ortishiga olib kelmaydi. Sotib olingan aktivlar shu zaxoti 
daromad keltiruvchi ishga jalb qilinib, sotib olish uchun ishlatilgan 
mablag’lar bo’yicha foizlar bilan taqqoslanadi.
Aksincha, aktivlarni ko’rish jarayonida paydo bo’lgan foizlarni to’lash 
xarajatlarini ko’pchilik iqtisodchilar aktivni ishga tayyorlash uchun zarur 
bo’lgan xarajatlar sifatida qaraydilar. Shu nuqtai nazardan, aktiv, uni ishga 
tushirish ishlari tugamagunicha daromad keltira olmaydi, shuning uchun 
aktivning yaratilishi jarayonida hisoblangan foizlarni kapitallashtirish 
zarur. Кapitallashtirilgan foizlar keyinchalik amortizasiya summasining 
bir qismi sifatida hisobdan chiqariladi.
Haqiqiy foiz xarajatlarini kapitallashtirish to’g’risidagi tortishuvlarga 
qaramay alternativ xarajatlar vositalarni o’zining kuchlari bilan qurish 
uchun mablag’lardan foydalanish natijasida yuzaga keladi. Ba’zi bir 
buxgalterlar isbotlaydilarki, agarda ushbu mablag’larning manbalari qarz 
bo’lmasdan ta’sischilarning ulush mablag’lari bo’lsa, unda taalluqli 
bo’lgan foiz stavkasi, aniqrog’i taxmin qilinayotgani, har holda haqiqiy 
foizlar qiymatini loyixaga o’tkazishda foydalaniladi. Har qanday 
moliyalashtirish, ularning tasdig’igacha, xarajatlar deb tushuniladi.
Кommunal xizmatlarini bajaruvchi sub’ektlar an’anaviy holda qurilish 
jarayonlaridagi foizlarni kapitallashtiradilar. Agarda, qurilishga taalluqli 
foizlar joriy xarajatlar sifatida hisobga olinsa, kommunal xizmatining 
iste’molchilari qo’shimcha xarajatlarni qoplash uchun yuqoriroq to’lov 
to’lashadi. Haqiqatdan ham, bugungi iste’molchilar kelgusi 
iste’molchilarga foyda keltiradigan uskunalarni moliyalashtiradilar. 
Qurilayotgan aktivlarning tannarxiga foizlarni (haqiqiysini ham, qo’shib 
yozilganlarini ham) qo’shib, (shunday yo’l bilan kelgusidagi amortizasiya 
ajratmalarini oshiradilar) aktivlardan foydalanishdan manfaat oladigan 
197


kelajakdagi iste’molchilar, bu aktivlar yaratilganida yig’ilgan foizlarni va 
mos kommunal xizmatlarini ham to’laydilar.
Foizlarni kapitallashtirishning asosiy sababi shundan iboratki, qurilish 
jarayonida foizlar aktivni foydalanish holatiga keltirish uchun zarur 
bo’lgan xarajatlarning turlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun 
kapitallashtirilgan foizlar aktivning boshlang’ich qiymatining bir qismi 
hisoblanadi. Qurilish jarayonida, foizlar kapitalizasiyasining mavjud 
bo’lmasligi, qurilish davrida daromadning noto’g’ri oshib ketishiga va 
kelgusi davrlarda amortizasiya ajratmalarining kamayishi natijasida 
daromadning oshishiga olib kelar edi. 
Foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar ma’lum tartib va qoidaga 
ko’ra sub’ektning rahbarining buyrug’i bilan tayinlangan komissiya 
tomonidan qabul qilib olinadi. Кomissiya tarkibi odatda bosh mexanik, 
qurilish bo’yicha mutaxassis, texnika bo’limining vakili, xavfsizlik 
texnikasi bo’yicha muhandis, buxgalteriya xodimi va ob’ektni qabul 
qiluvchi sex yoki bo’limning boshlig’idan iborat bo’ladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin