O bobojonov k. Jumaniyozov


Asosiy vositalardan foydalanish hisobi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

5.4. Asosiy vositalardan foydalanish hisobi.
Кomissiya tomonidan qabul qilinayotgan har bir ob’ektga AV-1 shaklda 
«Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» tuziladi. Unda qabul qilib olingan 
asosiy vositalarning dastlabki qiymati, qanday ishlarni bajarishi, qachon 
qurilganligi yoki ishlab chiqarilganligi, qisqacha texnikaviy tavsifi va 
boshqa ko’rsatkichlar keltirilgan bo’ladi. Dalolatnomaga ushbu asosiy 
vositalarning texnikaviy xujjatlari ilova qilinadi.
Sub’ektga qabul qilingan har bir asosiy vositaning ob’ektiga inventar 
raqami (nomer) beradi va butun foydalanish muddatida ob’ektga tegishli 
barcha muomalalalar tegishli xujjatlarda shu raqam bilan yuritiladi. Asosiy 
vositalarga inventar raqami berilayotganda bu raqamlarning birinchi va 
ikkinchi navbatdagi raqamlari asosiy vositalarning tarmoq va qanday 
guruhlarga tegishli ekanligini bildirishi kerak. Masalan, binolarga – 001 
dan 099 gacha, inshootlarga – 100 dan 199 gacha, o’tkazuvchi 
moslamalarga – 200 dan 299 gacha va hokazo raqamlar berilishi mumkin.
Raqamlarning seriyasi odatda asosiy vositalar guruhiga berilib, so’ngra 
shu seriyadagi uchinchi navbatdagi raqamlar alohida ob’ektlarga beriladi. 
Chiqib ketayotgan asosiy vositalarning inventar raqamlari yangi qabul 
qilingan ob’ektlarga berilmaydi. Yirik bo’lgan vositalarga bosh mexanik 
bo’limida pasport tuziladi. Bu pasportda asosiy vositalarning ishga 
tushirilgan vaqti, uning texnikaviy tavsifi, kapital ta’mirlashning amalga 
oshirilgan vaqti va qiymati, eskirish me’yorlari va boshqa ma’lumotlar 
198


keltiriladi. Bu pasport asosiy vositalarni hisobga olishni va undan 
foydalanish ustidan nazorat qilishni yanada yaxshilash imkonini beradi.
Asosiy vositalarning hisobi shunday tashkil qilingan bo’lishi kerakki, 
uning yordamida asosiy vositalarning har bir turkumidagi guruhlariga 
tegishli bo’lgan asosiy vositalar va uning har bir ob’ekti, uning joylashgan 
joyi va alohida inventar kartochkada analitik hisobi va 0100-«Asosiy 
vositalar» schyotlarida tegishli vositalarning sintetik hisobini yuritish bilan 
ta’minlanadi. Analitik hisob AV-6 shakldagi namunaviy varaqlarda 
yuritiladi. Uncha katta bo’lmagan sub’ektlar asosiy vositalarning analitik 
hisobini inventar daftarlarida yuritishlari mumkin.
Inventar kartochkalarda asosiy vositalar ob’ektining nomi, uning 
inventar raqami, uni tayyorlagan sub’ektning nomi, ishlab chiqarilgan yili, 
dalolatnoma raqami va sanasi, dastlabki qiymati, sotib olish manbai, 
qisqacha tavsifi va boshqa ma’lumotlar keltiriladi. 
Sub’ektlarda ushbu inventar kartochkalar (AV-6 shakli) ikki nusxada 
tuzilib, ulardan biri buxgalteriyada, ikkinchisi esa asosiy vositalar 
joylashgan sex va bo’limlarda saqlanadi. Inventar kartochkalar asosiy 
vositalarning guruhlariga qarab, guruhning ichida esa ularning joylashgan 
o’rinlariga va ob’ekt turlariga qarab kartotekalarda joylashtiriladi. 
Ishlatilayotgan asosiy vositalarning kartochkalari alohida saqlanadi.
Ayrim sub’ektlarda inventar kartochkalar faqat bir nusxada to’ldirilib, 
ular asosiy vositalarning buxgalteriyadagi hisobini olib borish uchun 
xizmat qiladi. Sex va bo’limlardagi asosiy vositalar inventar 
kartochkalarning ro’yxati asosida hisobga olinadi. Bu ro’yxat quyidagi 
namunaviy shaklga ega:

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin