O bobojonov k. Jumaniyozov


Ayrboshlashdan olingan foydani tan olmaslik quyidagicha qayd



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Ayrboshlashdan olingan foydani tan olmaslik quyidagicha qayd 
qilinadi:
Agarda bir toifadagi uskunalar ayrboshlansa asosiy vositalarni 
ayrboshlashdan olingan foyda hisobda aks ettirilmaydi. Bunday hollarda 
ob’ektning boshlang’ich qiymati vujudga keladigan foyda summasiga 
kamaytiriladi. boshlang’ich qiymat eski uskunaning balans qiymatiga 
to’langan pul mablag’lari summasini qo’shish yo’li bilan hisoblanadi. 
Ushbu tartibda chegirma tan olinmaydi.
Eski uskunaning balans qiymati ............... 1.850.000
To’langan pul mablag’lari ......................... 9.000.000
Yangi uskunaning hisobdagi qiymati ......... 10.850.000
Agarda, avvalgi ko’rib chiqilgan misolning ma’lumotlaridan 
foydalanilsa, buxgalteriya yozuvi quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:
30 sentyabr 20xx y.
Uskuna (yangi) ...... (0130) ......................... 10.850.000
Jamlangan amortizasiya ...(0230)................. 4.685.000
Uskuna (eski) ....................(0130)............... 6.500.000
Pul mablag’lari .................(5110)................ 9.000.000
Bu tartib, ya’ni foydaning ko’rsatilmasligi haqiqatda uning muddatining 
uzaytirilishini anglatadi. Masalan, yuqorida keltirilgan holda, ma’lum 
sharoitlarda yangi dastgohning sotish natijasida hisobdan chiqarilishida, 
uning balans qiymati 12.000.000 so’m o’rniga, 10.850.000 so’m bo’ladi, 
ammo amortizasiya 10.850.000 so’m qiymatidan hisoblangani uchun
ko’rsatilmagan foyda, har yillik amortizasiya chegirmalarida ifodalanadi 
(1.150.000 so’m).
Qaytarilmaslik sharti bilan berish yo’li orqali asosiy vositalarning 
chiqib ketishi.
Кorporasiyalar vaqti-vaqti bilan aktivlarni boshqa tashkilotlarga xayriya 
sifatida beradilar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchilar ko’pincha 
kompyuter uskunalarini universitetlarga beradilar. Aktivlarni bergan shaxs, 
bu holda berilgan aktivlarning bozor qiymatiga teng bo’lgan xarajatlarni 
hisoblaydilar. Bozor qiymati berib yuborilgan aktivlarning balans 
qiymatiga emas, balkim, to’g’rirog’i beruvchi kompaniyaning olinmagan 
iqtisodiy samaradan ko’rgan yo’qotishlariga tengdir. 
209


Balans va bozor qiymatining ayirmasiga teng bo’lgan foyda yoki zarar, 
qaytarilmaslik sharti bilan (tekinga) berib yuborilgan aktiv sifatida hisobga 
olinadi. Faqatgina qaytarilmaslik sharti bilan berilishi bo’yicha so’zsiz 
majburiyat bo’lgandagina xarajatlar moddasi bo’yicha hisoblash amalga 
oshiriladi.
Foydalanishdan chiqib ketgan asosiy vositalarni qayta turkumlashtirish.
Xizmat muddati tugagunga qadar sub’ektning foydalanishdan chiqib 
ketgan asosiy vositalari buxgalteriyada tegishli schyotlaridan hisobdan 
chiqariladi. Amortizasiya aktivlarni qayta turkumlashtirish vaqtiga-
momentiga hisobga olinadi, so’ngra, amortizasiya summasi ortib borish 
yakuni bilan va aktivlarning schyotidan yangi «Boshqa aktivlar» schyotiga 
hisobdan chiqariladi.
Bundan tashqari, agarda aktivlarning bozor qiymati ularning balans 
qiymatidan past bo’lsa, zarar hisoblanadi va «Boshqa aktivlar» bozor 
qiymati bo’yicha debetlanadi va aksincha, agarda bozor qiymati balans 
qiymatidan ortiq bo’lsa, «Boshqa aktivlar» balans qiymati bo’yicha 
debetlanadi, lekin foyda hisobga olinmaydi va amortizasiya summasi 
sifatida kelgusida qo’shimcha daromad olishga yordam beradi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin