O bobojonov k. Jumaniyozov


Asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlarini hisobga olish va



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

5.6. Asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlarini hisobga olish va 
moliyalashtirish tartibi.
Asosiy vositalarning xarid qilinganidan keyin ular uchun sarflangan 
xarajatlar.
Asosiy vositalarni xarid qilib olgandan so’ng uni asrash va foydalanish 
bilan bog’liq ko’pdan-ko’p xarajatlar paydo bo’lishi boshlanadi. Masalan, 
ularni asrash, ta’mirlash, ishlatish, rekonstruksiya qilish va joylarini 
almashtirishni e’tiborga olish zarur bo’ladi. Ushbu xarajatlarni hisobga 
olish balansning tegishli moddalarini guruhlashtirish va keyinchalik 
amortizasiya chegirmalarini hisoblashga ta’sir etadi. 
Xarid qilib olinganida, baholangan boshlang’ich haqiqiy qiymati, xizmat 
muddati va mahsuldorligi bilan bog’liq xarajatlar yuqorida belgilangan 
tartibda kapitallashtiriladi. Xarid qilingandan keyingi paydo bo’lgan 
kapitallashtirilgan xarajatlar, foydalanishning ma’lum bir davridan keyin 
bahosizlanadi va bu davr ma’lum bir aktivlarning kutilayotgan xizmat 
muddatidan qisqa bo’lishi mumkin.
Aktivlardan foydalanish imkoniyati va xarid qilib olinganida 
kutilayotgan foydalanish davrini ma’lum bir minimal darajada saqlab 
turish uchun ta’mirlashning amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bu 
xarajatlar foydalanish muddatini xarid qilinganida belgilanganidan 
210


yuqoriroq darajada uzaytira olmaydi, ular joriy hisoblanadi va paydo 
bo’lgan davrning tegishli xarajatlarining moddasiga kiritiladi. Bundan 
tashqari, odatda kompaniyalar ushbu vositalarni xarid qilib olganidan 
keyin paydo bo’ladigan xarajatlar belgilangan va tasdiqlangan summa 
(smeta)dan oshmagan hollarda xarajatlarning hisobi siyosatini qo’llaydilar. 
Bunday siyosat moddiy chegaralanishlar bo’lganida qo’llaniladi. Agarda 
ushbu xarajatlar birmuncha barqaror bo’lgan sharoitda bu siyosat 
shuningdek moddiy xarajatlarga nisbatan qo’llanilishi mumkin,. 
Avariya, e’tiborsizlik, sovuqqonlik, zararkunandalik qilish, o’g’irlik 
natijasida paydo bo’lgan xarajatlar zararlarga olib boriladi. Asosiy 
vositalarni xarid qilgandan so’ng paydo bo’ladigan ushbu xarajatlar, to’rtta 
asosiy turlarga bo’linadi:
1.
Ishchi holatida saqlab turish va joriy ta’mirlash;
2.
Yaxshilash (mukammallashtirish);
3.
Qo’shimchalar kiritish (kengaytirish);
4.
Qayta ko’rish va boshqarish.
Saqlab turish va joriy ta’mirlash xarajatlari.
Ishchi holatda saqlab turish xarajatlariga moylash, tozalash, tartibga 
solish, bo’yashdan iborat bo’lib – bularning hammasi uskunani ishchi 
holatida saqlab turishning ajralmas qismi hisoblanadi. Joriy ta’mirlash 
xarajatlari ehtiyot qismlarning sarflari, profilaktika va ta’mirlash ishlari 
bilan bog’liq xarajatlardan iborat. Bunday turdagi ta’mirlashga zaruriyat 
tez-tez paydo bo’ladi va jiddiy xarajatlarni talab qiladi. 
Joriy ta’mirlash va ishchi holatida saqlab turish xarajatlari joriy 
xarajatlar hisoblanadi. Ularni hisoblashda ikki usuldan foydalaniladi:
1.
Paydo bo’lishi bo’yicha hisobga olish usuli. Paydo bo’lishi bo’yicha 
hisobga olish usuli saqlab turish va ta’mirlash uchun zarur bo’lgan 
xarajatlarni, ularga zaruriyat paydo bo’lganda hisobga olishni va 
xarajatlarni butun davr davomida bir tekisda taqismlashni nazarda tutadi. 
Ammo, ma’lum bir vaziyatlarda har yillik ta’mirlash va saqlab turish 
xarajatlari, yoki bir vaqtga, yoki juda qisqa vaqt oralig’iga to’g’ri keladi. 
Bu usuldan foydalanilganda, uskunani saqlab turish uchun barcha yillik 
xarajatlar asosiy vositaning shikastlanishi holati yuz bergan ma’lum bir 
vaqt oralig’iga to’g’ri keladi.
2.
Taqsimlash usuli. Bu yondoshish ta’mirlash va saqlab turish 
xarajatlarining taxminiy hajmlariga asoslanadi. Bu usuldan foydalanish, 
joriy ta’mirlashning tizimli xususiyatiga asoslanadi. Bu usuldan 
foydalanish, joriy ta’mirlash tizimli xususiyatga ega bo’lgan va hajmi 
bo’yicha u ahamiyatli bo’lganda tavsiya qilinadi. Bu usuldan 
211


foydalanilganda joriy yilda kutilayotgan ta’mirlash uchun taxmin 
qilinayotgan xarajatlarning miqdori umumiy baholanib (smetasi tuzilib) 
so’ngra vaqt yoki ishlab chiqarishning hajmi asosida, vaziyatdan kelib 
chiqqan holda, taqismlanadi. Asos bo’lib vaqt xizmat qilgan holda, har bir 
oraliq davr uchun ta’mirlash va ishchi holatda saqlab turish xarajatlarining 
taalluqli bo’lgan summasi aniqlanadi, taxmin qilinayotgan summa uchun 
asosiy vositalar schyotida kontrschyot ochiladi. Joriy ta’mirlash va saqlab 
turishning haqiqiy xarajatlari kontrschyotda aks ettiriladi.
Rekonstruksiya asosiy vositalarning ishchi potensialini oshirish uchun 
zarur bo’lgan ma’lum bir xarajatlarni talab qiladi. Rekonstruksiya 
mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, tannarxni pasaytirish, xizmat 
muddatini uzaytirish, mahsulotning sifatini yaxshilash uchun amalga 
oshiriladi. Uskunaning ishchi holatini saqlab turish xarajatlari 
rekonstruksiya emas, balkim ta’mirlashga taalluqlidir. 
Rekonstruksiya o’z ichiga uskunaning bosh komponentini mutlaqo 
yangi komponent bilan almashtirish jarayonini oladi. Masalan, eski tunuka 
tomni yangisiga, olovga chidamli cherepisaga almashtirish, kemaga 
yanada quvvatliroq dvigatelni o’rnatish, binoning elektr tizimini tubdan 
o’zgartirish va hokazolar. 
Rekonstruksiyaning zaruratiga olib keluvchi holatlar quyidagilardir: 
1.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin