O bobojonov k. Jumaniyozov


 Asosiy vositalarga amortizasiya hisoblashning



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

5.7. Asosiy vositalarga amortizasiya hisoblashning 
tartibi va usullari.
Yuqorida ta’kidlanganidek, sub’ektlarning asosiy vositalari foydalanish 
jarayonida asta-sekin eskirib boradi. Bu eskirishning iqtisodiy mohiyati 
shundan iboratki, asosiy vositalar o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning tannarxiga o’tkazib, iste’mol qiymatini asta-sekin yo’qotib 
boradi.
Sub’ektlarning mulki bo’lgan asosiy vositalarning eskirishi 
0200-«Asosiy vositalarning eskirishi» passiv, sintetik schyotlarning 
guruhida hisobga olinadi.
217


Asosiy vositalarning eskirishi har oyda belgilangan va amaldagi 
me’yorlar bo’yicha to’la tiklash uchun ajratilgan amortizasiya summasi 
miqdorida aniqlanadi.
0200-«Asosiy vositalarning eskirishi» schyotlarining guruhi quyidagi 
schyotlardan tashkil topgan:
0200
ASOSIY VOSITALARNING ESKIRISHINI
HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
0211
Еrni obodonlashtirishning eskirishi
0212
Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy 
vositalarni obodonlashtirishning eskirishi (O’zR AV 
25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV 
Buyrug’itaxriridagi satr)
0220
Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi
0230
Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi
0240
Mеbеl va ofis jihozlarining eskirishi
0250
Kompyutеr jihozlari va hisoblash tеxnikasining eskirishi
0260
Transport vositalarining eskirishi
0270
Ishchi qayvonlarning eskirishi
0280
Ko’p yillik o’simliklarning eskirishi
0290
Boshqa asosiy vositalarning eskirishi
0299
Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy 
vositalarning eskirishi (O’zR AV 25.05.2009 y. 1181-2-son 
bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’itaxriridagi satr)
To’la qiymatiga amortizasiya hisoblangan asosiy vositalarga eskirish 
hisoblanmaydi.
Asosiy vositalarning eskirishi ikki xil bo’ladi. Birinchisi – jismoniy eskirish 
va ikkinchisi, ma’naviy eskirishdir.
Jismoniy eskirish deb asosiy vositalarning atmosfera sharoitlari ta’sirida 
va ulardan foydalanish jarayonida uning moddiy tuzilishida ichki 
o’zgarishlar /zanglash, chirish, ayrilish/ sodir bo’lganda boshlang’ich 
holatining yo’qolishiga aytiladi. Jismoniy eskirish asosiy vositalardan 
foydalanish jarayonida ham ular bekor yotganda ham sodir bo’lishi 
mumkin. Asosiy vositalarning jismoniy eskirishining darajasi ularning 
ishlab chiqarishdagi foydalanishi bilan bandlik darajasiga, sifatiga 
texnologik jaryonning xususiyatlariga, chetki sharoitlardan muhofaza 
qilish va parvarish qilish sifatlari, hamda ishlaydigan ishchilarning 
malakasiga bog’liq.
218


Asosiy vositalarning texnikaviy tavsifi va iqtisodiy samaradorligining 
davr talabidan, ya’ni haqiqatdan orqada kolishi ma’naviy eskirishi deb 
ataladi. Ma’naviy eskirish o’z navbatida ikki xil bo’lishi mumkin. 
Birinchisi – shu kabi asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarishining 
arzonroqqa tushishi natijasida ular qiymatining kamayishi bo’lsa, 
ikkinchisi – yangi va ilg’orroq asosiy vositalarni joriy qilish va ularning 
texnikaviy jihatdan orqada qolishi natijasida qiymatining pasayib ketishi 
hisoblanadi.
Asosiy vositalarni qayta tiklash va qayta ishlab chiqarish maqsadida 
ularning har oydagi eskirgan qiymati mahsulot, bajarilgan ish va 
xizmatlarning tannarxiga qo’shib boriladi. Ushbu ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot, ish va xizmatlarning tannarxiga qo’shiladigan asosiy vositalarning 
eskirish summasi to’la qayta tiklashga belgilangan amortizasiya 
ajratmalarining o’rnatilgan me’yorlariga asosan hisoblanadi. Bu me’yorlar 
asosiy vositalrning balans qiymatiga nisbatan bir yillik foizlar hisobida 
belgilanadi va davlat tomonidan yagona tartibda tasdiqlanadi. o’rnatilgan 
me’yorlar barcha sub’ektlar uchun yagona va majburiy bo’lib hisoblanadi. 
Amortizasiya ajratmalarining me’yorlari asosiy vositalarning guruhlari va 
turlariga belgilanadigan umumiy me’yorlardan iborat.
Amortizasiya miqdorini hisoblashga ta’sir qiluvchi omillar 
quyidagilardan iborat:
boshlang’ich qiymati;
qoldiq qiymati;
amortizasiya qilinayotgan qiymati;
taxmin qilinayotgan foydalanish muddati;
o’rnatilgan amortizasiya me’yori. 
Asosiy vositalar bo’yicha amortizasiya ajratmalari /eskirish/ning bir 
yillik summasini topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
=
c
A
м
к
к
х
к
Ф
)
К
М
(
)
Т
Б
(
+

+
bunda: A

– amortizasiyaning yillik summasi;
B

– asosiy vositalarning balans qiymati;
T

taxminiy tugatish xarajatlari;
M
q
– asosiy vositalarning tugatilishidan olinadigan materiallarning 
taxminiy qiymati;
К
q
– asosiy vositalarning taxminiy qoldiq qiymati; 
F
m
– asosiy vositalardan foydalanish muddati.
To’la qayta tiklashga mo’ljallangan amortizasiya ajratmalari (eskirish) 
ning yillik me’yori (E
m
)ni topish uchun esa quyidagi formuladan 
foydalaniladi:
219


м
к
к
к
х
к
м
Ф
Б
100
)
К
М
(
)
Т
Б
(
Э
×
×
+

+
=
Masalan, asosiy vositaning balans qiymati (B
q
) 2500000 so’m, tugatish 
xarajati (T
x
) - 200000 so’m, asosiy vositani tugatishdan olingan 
materiallarning qiymati (M
t
)-400000 so’m qoldiq qiymati (Q
q
)-300000 
so’m va asosiy vositalardan foydalanish muddati (F
m
)-10 yil deb faraz 
qilsak, unda to’la qayta tiklashga mo’ljallangan yillik amortizasiyaning 
(eskirish) me’yori (E
m
)- 8% bo’ladi.
10
2500000
100
)
400000
200000
2500000
(
Э
м
×
×

+
=
Amortizasiya summasini hisoblash jarayonida quyidagi usullardan 
foydalaniladi: 
1.
Qiymatni bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisobdan chiqarish usuli;
2.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizasiyani hisoblash 
(ishlab chiqarish) usuli;
3.
Tezlashtirilgan hisobdan chiqarish usuli; 
a) sonlar yig’indisi bo’yicha qiymatni hisobdan chiqarish (kumulyativ) 
usuli;
b) qoldiqni kamaytirish usuli.
Bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisobdan chiqarish usuli. Bu usulga muvofiq, 
ob’ektning amortizasiyalanadigan qiymati uning xizmat qilish muddati (davri) 
mobaynida bir tekisda hisobdan chiqariladi (taqsimlanadi). Ushbu usul, 
amortizasiya summasining aktivning xizmat muddatining uzoq davom 
etishiga bog’liqligiga asoslanadi. Har bir davr uchun amortizasion chegirmalar 
summasi amortizasiyalanadigan qiymatni (ob’ektning boshlang’ich 
qiymatidan uning qoldiq qiymatining ayirmasi) ob’ektdan foydalanishning 
hisobot davri soniga bo’lish orqali hisoblanadi. Amortizasiya me’yori doimiy 
hisoblanadi.
Masalan, yuk mashinasining boshlang’ich qiymati 10.000.000 so’m 
besh yil muddatli foydalanish davri oxiridagi qoldiq qiymati 20% ni 
tashkil qiladi yoki to’g’ri chiziqli hisoblab chiqarish usuliga binoan 
1.800.000.0 so’mni tashkil etadi. Ushbu tartibda amortizasiya hisoblash 
quyidagicha bajariladi:

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin