Davrlar
Boshlang’ic
h qiymati
Yillik
amortizasiya
summasi
Jamlangan
amortizasiya
summasi
Balans
qiymati
Xarid sanasi
10
-
-
10
1 yil oxiri
10
(40%x10)=4
4
6
2 yil oxiri
10
(40%x6)=2.4
6.4
3.6
3 yil oxiri
10
(40%x3.6)=1.4
4
7.84
2.16
4 yil oxiri
10
(40%x2.16)=0.
864
8.704
1.296
5 yil oxiri
10
0.296
9.0
1.0
Jadvaldan ko’rinib turganidek, amortizasiyaning qat’iy me’yori doimo
oldingi yilning balans qiymatiga nisbatan ishlatilgan. Amortizasiya
summasi (eng kattasi birinchi yilda) yildan-yilga kamayadi va nihoyat,
oxirgi yildagi amortizasiya summasi balans qiymatining qoldiq
qiymatigacha kamaytirish uchun zarur bo’lgan summa bilan cheklangan.
223
1996 yil 31 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 469-sonli qaroriga binoan Respublika Moliya vazirligi va
Davlat soliq qo’mitasi tomonidan «Asosiy vositalarning guruhlari bo’yicha
amortizasiyaning yagona me’yorlari to’g’risida»gi yangi tartibi ishlab
chiqildi. Bu qarorga binoan, amortizasiya ajratmalarini hisoblashni
soddalashtirish maqsadida 1997 yil 1 yanvardan boshlab barcha asosiy
vositalar bir yillik amortizasiya me’yorlari bo’yicha quyidagi besh guruhga
bo’lingan:
1. Imoratlar, inshootlar va qurilishlar – 5 foiz.
2. Engil avtomobil, taksi, yo’llarda ishlatiladigan avtotraktor texnikasi,
maxsus uskunalar va jihozlar. Кompyuterlar, uning yonlaridagi jihozlari va
ma’lumotlarni ishlash bo’yicha asboblar – 20 foiz.
3. Avtotransportning harakatdagi tarkibi /sostavi/: yuk tashuvchi
avtomobillar, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtotirkovlar.
Sanoatning barcha tarmoqlari, tikuv ishlab chiqarish uchun mashina va
asbob-uskunalar, temirchi-presslash asbob-uskunalari, qurilish asbob-
uskunalari, qishloq xo’jalik mashinalari va asbob-uskunalar, ofis uchun
mebellar – 15 foiz.
4. Boshqa guruhlarga kiritilmagan amortizasiyalanadigan aktivlar – 10
foiz.
5. Temir yo’l, dengiz, daryo va havo transporti vositalari.
Кuchlantiruvchi mashinalar va asbob-uskunalar, issiqlik-texnikaviy asbob-
uskunalar, turbina asbob-uskunalari, elektr dvigatellari va dizel generator-
lar. Elektr o’tkazgich va aloqa qurilmalari. Turuboprovodlar – 8 foiz.
Bu yangi qarorda korxonalarga, kerak bo’lsa, amortizasiya me’yorlarni
tasdiqlangan me’yorlarga qaraganda kamaytirish yoki tezlashtirilgan
amortizasiya hisoblash usulidan foydalanishga ruxsat etilgan.
Tezlashtirilgan amortizasiyadan foydalanilganda qo’llanilgan koeffisient
"Nizom" bilan belgilangan me’yordan 2 barobardan oshmasligi va
tasdiqlangan me’yorlardan ortiq bo’lgan summani foyda-daromadga
solinadigan soliq bo’yicha soliqqa tortiladigan bazaga qo’shilishi kerakligi
ta’kidlangan.
Yangi tartibga asosan amortizasiya quyidagi asosiy vositalar bo’yicha
hisoblanmaydi:
mahsuldor hayvonlar, qo’tos va ho’kizlar;
kutubxona fondlari;
hokimiyatlarga va umumiy foydalanishdagi avtombil yo’llariga
qarashli shahar obodonchiligi inshootlari:
224
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan
konservasiyaga o’tkazilgan asosiy vositalar;
To’la amortizasiyalangan asosiy vositalar.
Qurilayotgan korxonaning sotib olingan asosiy vositalari hamda
tugallanmagan qurilishdagi ob’ektlar bo’yicha amortizasiya kuruvchi
tashkilot tomonidan asosiy fondlarning qiymati to’g’risidagi ma’lumot-
nomaga asoslangan holda sub’ekt tomonidan belgilangan me’yorlar
asosida hisoblanadi.
Shunday qilib «Amortizasiyaning me’yorlari to’g’risida»gi nizomda
amortizasiya me’yorlarining ancha qisqartirilganidan tashqari qo’shimcha
ravishda qo’llash uchun tavsiya etiladigan koeffisientlar ham chiqarib
tashlangan.
Shubhasiz, bu yangilik amortizasiya ajratmalarini hisobga olishni ancha
osonlashtiradi va ishlatilayotgan asosiy vositalarning qiymatini va ulardan
foydalanish muddatini aniqlashni soddalashtiradi. Ilgari mavjud bo’lgan
amortizasiya ajratmalarini tiklab olish, hisoblash va ularni ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning tannarxiga adolatli kiritish imkonini beradi,
lekin bu aniqlik va ob’ektivlikka putur etkazishi mumkin.
Ma’lumki, shu vaqtgacha qo’llanib kelinayotgan amortizasiya
me’yorlari mukammal, asoslangan hisob-kitoblar bilan hisoblangan bo’lib,
ularning katta-kichikligi asosiy vositalarning bir guruhi ichida ham katta
farq qiladi. Masalan, faqat engil sanoatdagi mashina va asbob-
uskunalarining guruhini olsak ayrim ob’ektlar bo’yicha amortizasiya
me’yorlari 4,3 dan 14,3 foizgacha belgilangan bo’lsa, qurilish materiallari
sanoatida ular 5 dan 25 foizgacha farqlanadi va hokazo.
Buning uchun, masalan, korxona yanvar oyida ishga tushiriladigan
bo’lsa, ushbu korxonadagi barcha asosiy vositalarning ob’ektlari
joylashgan joylari va belgilangan yagona amortizasiya ajratmalarining
me’yorlariga ko’ra turlari (shifrlari) bo’yicha guruhlanib chiqiladi. Buning
uchun ma’lumotlar har bir asosiy vositaning ob’ekti uchun ochiladigan
analitik kartochkalardan olinadi.
Har oydagi amortizasiya ajratmalarni hisoblash uchun buxgalteriyada
qo’llaniladigan maxsus 6-sonli ishlov jadvalidan, avtotransport bo’yicha
esa 9-sonli ishlov jadvalidagi shaklidan foydalaniladi.
Bu jadval shunday tuzilganki, uning ma’lumotlari asosida har bir
navbatdagi hisobot oyining amortizasiya ajratmalari summasini o’tgan
oydagi hisoblab topilgan amortizasiya summalari asosida osonlik bilan
topish mumkin. Masalan, bizning misolimizdagi sub’ekt bo’yicha yanvar
oyida ishga tushirilgan fevral oyining amortizasiya ajratmalari summasini
225
topish uchun ishlov jadvalida yanvar oyining amortizasiya summasiga shu
yanvar oyida ishlatilgan va topshirilgan asosiy vositalar ob’ektining har biri
bo’yicha bir oylik amortizasiya ajratmalarining summalari qo’shilib, o’sha
oyda foydalanishdan chiqib ketgan asosiy vositalarning ob’ektlari bo’yicha
bir oylik amortizasiya ajratmalarining summasi chegirib (olib) tashlanadi.
Agar yanvar oyidagi asosiy vositalar tarkibida hech qanday o’zgarishlar
bo’lmasa, unda fevral oyidagi amortizasiya summasi yanvar oyidagi
amortizasiya summasiga teng bo’ladi.
Shunday qilib, ishlov jadvalining ma’lumotlari har oydagi amortizasiya
ajratmalarining summasini tegishli sex va uchastkalarning xarajatlarida aks
ettirish, ya’ni debetlanuvchi 2010, 2300, 2510, 2610, 9410, 9420, 9450 va
boshqa schyotlarning debetiga «Asosiy vositalarning eskirishi» summasini
yozish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |