O‘zb еkistоn rеspublikasi aхbоrоt texnologiyalari va k оmmunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/32
tarix01.02.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#122851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Birinchi bosqich. Axborot texnologyalari resurslarini to‘plash, o‘zlashtirish, 
tashviqot qilish va ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish. Ushbu bosqichda 
ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha quyidagi 
ustuvor vazifalarni asosiy maqsad qilib belgilash maqsadga muvoffiqdir: 

o‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnoloyalarini joriy etish asosida bo‘lajak 
mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish; 

o‘qitishning faol usullarini joriy etish, ta’limda ijodiy va intellektual faoliyatni 
oshirish; 

o‘quvchining shaxsiy qobiliyati va kompyuterli o‘qitish texnologiyalari 
orasidagi munosabatlarni muvoffiqlashtirish; 

o‘quv faoliyatda axborot texnologiyalarining usul va vositalarini samarali 
qo‘llash bo‘yicha axborot texnologiyalarining yangi o‘qitish vositalarini ishlab 
chiqish va o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish; 

ta’limda o‘zluksizlikni ta’minlash; 

o‘quv jarayonining dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish

elektron ta’lim resurslaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

har bir o‘quvchining mustaqil bilim olishi uchun tegishli shart-sharoitlarni 
yaratish. 
14 


Ushbu bosqichda axborot texnologiyalarining quyidagi komponentalarini joriy 
etish talab etiladi : 
- Internet tarmog‘idan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish. 
- Ta’lim resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash. 
- Masofaviy ta’lim elementlarini bosqichma-bosqich joriy etilishini belgilab olish. 
Ikkinchi bosqich. Axborot- ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning yangi 
sifat bosqichini rejalashtirish va muvofiqlashtirish. 
Ushbu bosqichda kasb ta’limi muassasalarida axborot texnologiyalarini yanada 
rivojlantirishning kompleks dasturini ishlab chiqish va uni me’yoriy hujjatlar bilan 
asoslash masalalarini yechish talab etiladi. Jumladan, ta’lim muassasasini to‘la 
axborotlashtirish masalasini hal etish, ushbu bosqichning ustuvor vazifasi etib 
belgilashini kerak. Shuni ta’kidlash joizki, ta’lim muassasasini axborotlashtirish 
murakkab jarayon bo‘lib, o‘qituvchilar oldida bir qator tashkiliy va o‘quv-uslubiy 
masalalarni hal etishni talab etadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin