yoki susaytirgichlar ta’sirini ilmiy asosda tushuntirish psixologiya
fani javob bera olmaydigan
bironbir hodisa yo‘q ekanligidan dalolat beradi.
Psixologiya fanida ko‘p yillar davomida ishlab chiqarish kuchlari bilan ishlab chiqarish
munosabatlari o‘rtasidagi muvofiqlik, mutanosiblik taraqqiyotni belgilaydi, degan g‘oya fanimiz
metodologiyasida hukm surib kelar edi. Vaholanki, ishlab chiqarish kuchlari (insonlar:
xizmatchilar, ishchilar) bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi muvofiqlik, moslik
taraqqiyotni emas, balki barqarorlik (stabillashuv)ni keltirib chiqaradi, holos. Binobarin,
barqarorlashuv o‘sishni (professni)
bildirib kelmasdan, balki uning bir tekis maromda
kechayotganligini (mahsulot, xom ashyo tayyorlanilayotganligini) anglatadi, demak, bu holat
umumiy taraqqiyotni emas, balki mo‘lko‘lchilikni, serobchilikni bildiradi.
Ikkinchi tomondan ishchilar sinfiga nisbatan berilgan yuksak baho ham taraqqiyotni
harakatlantiruvchi kuchi to‘g‘risidagi muammoga adekvat tarzdagi javob vazifasini bajara
olmaydi. Chunki ishchilar sinfi uyushgan, ilg‘or bo‘lishiga qaramasdan, bu makro guruh ijtimoiy
hayotda mo‘lko‘lchilikni yaratish, ya’ni moddiy ne’matlar, mehnat
aslahalari ishlab chiqarish
bilan cheklangandir. Lekin ushbu sinf yangilik vujudga keltirish, kashfiyot qilish bilan aslo
shug‘ullangan emas va bu narsani amalga oshirish imkoniyati bu ijtimoiy guruhda mutlaqo zaifdir.
Bizningcha, taraqqietni yuzaga keltiruvchi asosiy omil — bu shaxslar (olimlar,
qonstruktorlar, me’morlar, salohiyatli davlat arboblari) bo‘lib, ular biosfera va neosferaning
insoniyat uchun noma’lum, yangi qirralarini ochish, fanni rivojlantirish, texnika va texnologiya
ishlab chiqarishga qodirdirlar.
Psixologiya fanida inson omili uzluksiz ravishda ta’kidlanib turilishiga qaramasdan, u
taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchi ekanligi batamom tan olinmagan. Xuddi shu bois
individuallik va umumiylik («Biz» va «Men») ustuvor rol o‘ynashi birlamchi voqelik sifatida
talqin qilingan.
Bugungi kunda inson omili, komil inson psixologiyasining bosh maqsadiga aylanib, uning
xususiyatlari,
fazilatlari, xislatlari, xosiyatlari, sifatlari, ichki imkoniyatlari, iste’dod alomatlari
qancha erta ro‘yobga chiqarilsa, demak, taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi
super shaxslarni
shakllantirish shunchalik tezlashadi, Inson kamoloti quyidagi bosqichlardan iborat: mo‘rtaklik —
odam — inson — shaxs — sub’ekt — komil inson. Inson komillik sari qancha tezkor harakat qilsa,
Dostları ilə paylaş: