2-ma’ruza. Transformatorlarning tuzilishi. Magnit zaklari va ch
Transformator chulğamlari va ularning tuzilishi Chulğamlar transformatorning muhim tarkibiy qismi bõlib, ular elektr energiyani
õzgartirish uchun zarur bõlgan magnit maydonni vujudga keltirishni hamda transformatorni
amalda ishlatish uchun muhim bõlgan EYK lar hosil qilishni ta’minlaydi.
Chulğamlarni tayyorlashdagi sarflanadigan materiallar narxi va ularni õrash uchun
tõlanadigan ish haqi transformator narxining taxminan 50 foizini tashkil etadi.
Transformatorning xizmat muddati uning oğir sharoitlarda ishlaydigan
chulğamlarining xizmat muddati bilan aniqlanadi.
Õzakda joylashishiga kõra chulğamlar kontsentrik va almashinuvchi turlarga
bõlinadi. Almashinuvchi chulğamlarda yuqori kuchlanish (YK) va past kuchlanish (PK) ğaltaklar
õzak balandligi bõyicha navbatma-navbat õzaro almashingan bõladi. Almashinuvchi
chulğamlar asosan maxsus transformatorlar uchun qõllaniladi.
Umumiy maqsadli kuch transformatorlarida va maxsus transformatorlarning
ayrimlarida, odatda, kontsentrik chulğamlar qõllaniladi. Bunda õzak yaqiniga PK chulğam,
uning tashqarisiga esa YK chulğam joylashtiriladi. Konstruktsiyasi va õrash usuliga kõra
kontsentrik chulğamlar silindrik, ğaltakli va vintsimon turlarga bõlinadi.
2.5-rasm. Transformator chulğamlari
Chulğamlar loyihalashtirilayotgan transformatorning elektromagnit va issiqlik
xarakteristikalariga boğliq. Chulğamning asosiy elementi uning õramlari hisoblanadi. Ularning
kesimi transformator nominal tokiga boğliq. Nisbatan kichik toklarda doira kõrinishidagi, katta
toklarda esa tõrtburchak shakldagi kesimga ega simlar qõllaniladi. Chulğam õramlarini bitta
ğaltakka birlashtiriladi (guruh). Chulğamni õrash usuliga qarab ğaltaklar silindrik va disk
shaklida bõlishi mumkin. silindrik shaklda har bir õram yonma-yon joylashadi (õzak bõylab),
disk shaklida esa har bir õram oldingisi ustiga (tashqari tarafda) õraladi.
Chulğamlarni õrashning ikki xil usuli mavjud – õng va chap (tok yõnalishi bõyicha). Bir
qatlamdan iborat chulğamlarda õramlar yõnalishi vintning õng yõnalishiga mos kelsa õng
yõnalishli õram deyiladi va aksincha bõlsa chap yõnalishli õram deyiladi. Kõp qatlamli
chulğamlarning tashqi qatlami bõyicha xulosa qilinadi. Chulğamlar õralishiga alohida talablar
qõyilmagan bõlsa ular chap yõnalishda õraladi.
2.6-rasm. a) chap, b) õng yõnalishli õramlar.
Bir necha parallel, tõğri burchakli simlardan iborat bir va ikki qatlamli silindrik
chulğamlar nominal toki 800 A.-gacha bõlgan PK chulğamlari sifatida qõllaniladi. Ikki qatlamli
chulğamlarda qatlamlar orasida sovutish kanali qoldiriladi. Kõp qatlamli silindrik chulğamlar 35
kV kuchlanishgacha bõlgan YK chulğamlari sifatida qõllaniladi.