2.7-rasm. Ikki va kõp qatlamli silindrik chulğamlar.
2.8-rasm. Disksimon va vintsimon chulğamlar.
Katta transformatorlarda uzluksiz disksimon ğaltaklar qõllaniladi. Vintsimon ğaltaklar
chulğamlar soni kam va toki yuqori bõlganda qõllaniladi, ya’ni PK chulğamlarida.
Katta quvvatli transformatorlarda parallel simlarning soni bir necha õnlargacha yetishi
mumkin. Shu sababli bunday transformatorlarning PK chulğami uchun bir necha tõğriburchak
kesimli simlardan parallel bajarilgan kõp yõlli vintsimon chulğamlar qõllaniladi. Vintsimon
chulğamda (2.8-rasm,b) parallel simlar kontsentrik ravishda chulğam õqidan har xil
uzoqlikda
joylashganligi tufayli õzakka yaqinroq joylashgan simlarga nisbatan undan uzoqda
joylashganlari uzunroq bõladi. Bu farq shu simlar aktiv va induktiv qarshiliklarining
tengsizligini vujudga keltiradi va ularda toklar bir tekis taqsimlanmaydi.
Vintsimon chulğamlarda parallel simlardagi tokning bir tekis
taqsimlanishi uchun bir
õramni hosil qiluvchi simlarni ma’lum sxemada õrin almashtirib (transpozitsiya qilib) joylash
talab qilinadi. Bunda har bitta sim bitta õram chegarasida mumkin bõlgan hamma
holatlarni navbatma-navbat egallashi lozim bõladi.
Quvvati S
N
≤ 630 kVA va kuchlanishi U
N
≤ 35 kV gacha bõlgan transformatorlarda PK
chulğam uchun dumaloq kesimli simdan yasalgan kõp qatlamli
silindrik chulğamlar
qõllaniladi (2.7-rasm). Uzluksiz ğaltakli chulğamda bitta ğaltakdan ikkinchisiga simni uzmasdan
õtiladi. Bunday chulğamning afzalliklariga tayanch yuzasining kattaligi sababli qisqa
tutashuvda vujudga keladigan bõylama kuchlarga nisbatan katta chidamlilik va sovitish
yuzasining kattaligi kiradi. Shu afzalliklari tufayli uzluksiz chulğam keng kõlamda
qõllaniladi.
Transformator chulğamlarining uchlari bak qopqoğida õrnatilgan
maxsus chinni
izolyatorlar ichidan õtgan kesim yuzasi nisbatan katta bõlgan õtkazgichlarga ulanib tashqariga
chiqariladi.
Moy bilan sovitiladigan («moyli») va havo bilan tabiiy ravishda sovutiladigan («quruq»)
transformatorlarning chulğamlari “A” (105
0
S) qizishga chidamlilik klassidagi kabel qoğozi
tasmasi bilan izolyatsiyalangan PB markali mis va APB markali alyuminiy õrov simlaridan
hamda mis va alyuminiy tasmasidan yoki õlchami chulğam balandligiga teng bõlgan folgadan
tayyorlanadi. Quruq transformatorlarda «V» va «F» klasslariga kiruvchi izolyatsiyali õrov
simlarini ham keng qõllaydilar.
PB, PBU, PBD, PEL,
PSD kabi markali mis va APB, APBU, APBD va boshqa
markalardagi alyumin simlardan foydalaniladi.
Chulğamlarning yõl qõyiladigan (me’yoriy) xarorati transformator moyining xarorati
(105
0
S) bilan, ya’ni «A» klassidagi izolyatsiya
bilan belgilanganligi sababli, bundan katta
xaroratga mõljallab tayyorlangan izolyatsion material moyli transformatorlarda qõllanilmaydi.
Zamonaviy transformatorsozlikda kuchlanish klasslari 110-1200 kV bõlgan sõnggi
yillarda ishlab chiqilgan transformatorlarda YK chulğam uchun tõqima chulğamlar keng
qõllanila boshlandi. Tõqima chulğamda qõshni õramlar orasidagi
kuchlanishlar farqi
uzluksiz chulğamnikiga nisbatan n/2 marta katta. Bunda qõshni ğaltaklar orasidagi
kuchlanish pasayadi, bu holda ekranlovchi õramlar va ayrim ğaltaklarni qõshimcha izolyatsiya
qilish talab qilinmaydi.
Nazorat savollari.
1. Magnit õtkazgichning tuzilishi va ahamiyati nimadan iborat?
2. Magnit õtkazgichi umumiy bõlgan uch fazali transformatorning magnit tizimi
qanday hosil qilingan?
3. Chulğamlarning qanday turlari mavjud?
4. Nima uchun vintsimon chulğamning simlari transpozitsiya qilinadi?