Fizik jihatdan o‘tkinchi jarayon zanjirning kommutatsiyagacha bo‘lgan energetik holatidan
kommutatsiyadan keyingi energetik holatiga o‘tishdir. Agar zanjirda energiya yig‘uvchi
elementlar, ya'ni induktiv g‘altak va kondensator bo‘lsa, o‘tkinchi jarayon ma'lum vaqt davom
etadi. Zanjirning har bir ishchi holatiga uning elektr va magnit maydonlarida ma'lum energiya
zahirasi mos keladi. Zanjirning bir holat(rejim)dan ikkinchi holat(rejim)ga o‘tishi unda to‘plangan
energiyalar o‘zgarishi (ortishi yoki kamayishi) ga olib keladi. Zanjir induktiv g‘altagida to‘plangan
magnit maydoni energiyasi
talab qilinar edi. Bu esa fizik nuqtai nazaridan mumkin emas. Shuning uchun ham induktiv
elementga ega bo‘lgan shoxobcha uzilganida uzilish joyida elektr yoyi hosil bo‘ladi va unda
induktiv elementda to‘plangan magnit maydoni energiyasi sarf bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash
zaryadlangan kondensator qismalari o‘zaro qisqa tutashsa, shu joyda elektr yoyi hosil bo‘ladi va
unda ham kondensator elektr maydonida to‘plangan energiya sarf bo‘ladi. Amalda o‘tkinchi
jarayon vaqti elektrotexnik zanjirlarda soniyalar ulushini tashkil etsa, nazariy jihatdan o‘tkinchi
jarayon vaqti gacha davom etadi. Elektr zanjirining kommutatsiya (boshlang‘ich) ondagi rejimi
boshlang‘ich holati deyiladi va shu holatga nisbatan o‘tkinchi jarayon odatda analitik yoki
ossillografik tahlil etiladi. O‘tkinchi tok, kuchlanish, EYK va h.k. lar kichik harflar bilan, ularning
aniq vaqtdagi qiymatlari esa shaklda ko‘rsatiladi. Tokning kommutatsiyadan bevosita avvalgi
qiymati kommutatsiya paytidagi qiymati va o‘tkinchi jarayon tamom bo‘lishidagi qiymat esa
shaklda ko‘rsatiladi. Elektr zanjirlaridagi o‘tkinchi jarayonlar ma'lum bir foydali maqsadlarda
qo‘llanishi (masalan, radiotexnika qurilmalari, avtomatik boshqarish tizimlari va boshqa
zanjirlarda) yoki zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin (masalan, katta induktivlikka ega zanjirlar
uzilishida izolyasiya uchun xavfli bo‘lgan o‘ta kuchlanishlar paydo bo‘ladi, kondensatorli
zanjirlarda, transformatorlar va elektr mashinalardagi qisqa tutashishda toklar qiymati bir necha
barobar sakrashi mumkin).
Dostları ilə paylaş: