4. Ajratilgan izox bo'lakli gaplar haqida.
Sodda gaplar tarkibida ba'zan ajratilgan bo'laklar ham qatnashish mumkin.
26
Gapning ajratilgan bo'laklari o'zlari aloqador bo'lgan so'zlarning ma'nosini izoxlab,
konkretlashtirib keladi va ular boshqa bo'laklardan maxsus pauza bilan ajratilib,
logik urg'u oladi.
Masalan:
1. Biz dam olish kuni ertalab shahardan tashqarida, biz suv bo'yiga chiqdik
(O.YO)
2. Konvert ichidagi adresga, tanish va qadrli xusni xatga tikilgancha xayolga
cho'mdi.
3. Axir uning, Voxidjonning ham o'ziga yarasha obro'si, yigitlik izzat-nafsi
borku! (O.YO) Bu har uchala misolda ajratilgan xol (birinchi gap), ajratilgan
to'ldiruvchi (ikkinchi gap), ajratilgan aniqlovchi (uchinchi gap) ifodalangan. Bazan
ajratilgan bo'laklar oborot formasida bo'lishi ham mumkin.
Masalan:
Musoaffo osmondagi yulduzlar singari, bexisob elektr lampochkalari kechani
kunduzdek yoritib turibdi. (“Ishonch” gaz.) yoki:
Nargiz Gullar bog'ining hayotbaxsh tongini yaratib, pokiza sevgi haqida
kuylaydi. Birinchi gapda ko'makchili kostruksiya formasidagi oborot (musaffo
osmondagi yulduzlar singari), ikkinchi gapda ravishdosh oborot (gullar bog'ining
hayotbaxsh tongini yangratib) kesimdan anglashilgan ish harakatning qanday holatda
bajarilganligini ta'kidlab, aloxida intonasiya yordamida ajratilyapti. Ko'rinadiki
ajratilgan bo'laklar, oddiy tgap bo'lagi formasida kelgani kabi turli oborot formasida
ham bo'lishi mumkin.
Ajratilgan bo'laklar 3 xil bo'ladi:
1.
Ajratilgan to'ldiruvchi.
2.
Ajratilgan aniqlovchi.
3.
Ajratilgan xol.
Ajratilgan to'ldiruvchilar
Ajratilgan to'ldiruvchilar ikki xil:
27
1.
Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan to'ldiruvchi.
2.
Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan to'ldiruvchilar Ko'makchili
kostruksiya oboroti formasidagi ajratilgan to'ldiruvchi kesim yonida kelmaydi.
To'ldiruvchilarning ajratilishida qaraganda, ustiga, tashqari, ilgari, bilan birga va shu
kabi ko'makchi vazifasida kelgan so'zlar ishtirok etadi. Qaysi ko'makchi yoki
ko'makchi vazifasidagi so'z bilan kelishiga qarab ajratilgan to'ldiruvchilar quyidagi
ma'nolarni ifoda qiladi.
Masalan:
Tashqari ko'makchisi bir predmetni boshqasidan ajratib ko'rsatsa, qaraganda,
ko'makchilar predmetlarni qiyos qilishda yordam beradi, bilan, ustiga, ko'makchilar
esa ma'noga ikkinchi ma'noning qo'shilishi ko'rsatdi.
Masalan:
1.
Usta amaki o'ymakorlikdan bo'lak, boshqa ustaxonalar uchun qog'ozga naqsh
va gullar ham chizib beradi. (S.A)
2.
Qamishkapaliklar odamlarni nomlari bilan atashdan ko'ra xususiyatlari bilan
ta'kidlashni afzal ko'radi. (P.T)
3.
Men o'qishimni davom ettirish bilan birga, kechki smenada ishlab ham
turibman.
Oddiy gap bo'lagi formasidagi to'ldiruvchilar
Bu xil to'ldiruvchilar o'zidan oldingi to'ldiruvchining ma'nosini izoxlaydi, unga
aniqlab kiritadi, boshqa turdagi ajratilgan bo'laklar kabi, uziga xos intonasiyaga ega
bo'ladi. Vositasiz to'ldiruvchilar ham, vositali to'ldiruvchilar ham ajratiladi.
Ajratilgan vositasiz to'ldiruvchilar
1.
Endi ular faqat birgina saylni-dushman ustidan g'alaba qilingan kun
tantanasini umid qiladilar.
2.
Qaynotangni, Zunnunxo'jani, oldin ham ko'rganmiding?
Ajratilgan vositali to'ldiruvchilar
1.
U oilasi bilan-xotini, chaqaloq qizi, o'n besh yoshli singlisi bilan, Oltiariqqa
ko'chib bordi. (E.V)
2.
Bektemirga, sobiq sodda cho'ponga, komandiring g'oyat yoqdi.
28
Ajratilgan to'ldiruvchi bilan ajratilmish to'ldiruvchi bir xil grammatik shaklda
bo'lib, bir xil so'roqqa javob bo'ladi. Bu jixatdan uyushiq bo'laklarga o'xshaydi. Biroq
bularda intonasiyada o'ziga xos pauza bo'ladi. Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan
to'ldiruvchilar o'zlari izoxlab kelayotgan to'ldiruvchilar bilan, ya'ni, shu jumladan,
masalan, kabi, yordamchi so'zlar orqali bog'lanishi ham mumkin. Masalan: Jahon
kitobxonalari qirg'iz yozuvchisi, ya'ni Chingiz Aymatovni yaxshi biladi, yoki: Bu
xabar ko'plarni, shu jumladan, Maxkamni ham, juda quvontirdi. (P.K)
Ajratilgan aniqlovchilar
Ajratilgan aniqlovchilar uch xil bo'ladi:
1.
Ajratilgan sifatlovchi.
2.
Ajratilgan qaratuvchi.
3.
Ajratilgan izohlovchi.
Ajratilgan sifatlovchi predmetning belgisini bo'rttirib ko'rsatish maqsadida
ajratiladi. Ajratilgan sifatlovchilar sifatlanmishdan keyin kelsa ajratilgan sanaladi.
Masalan: Ma'lum bo'lishicha u, ya'ni universitet domlasi dosent Obidov, bir
necha yillardan beri biologik metodi ustida ish olib bormoqda ekan. (O.YO) Ajratilgan
aniqlovchilar, ya'ni sifatlovchi odatda birikma yoki uyushgan xolda keladi.
Masalan:
Qo'chqarov-do'ng peshona, qirra burun, ko'krakdor, polvontaxlit yigitcha-
kichkina tuman gazetasiga ko'z tikib o'tirardi. Bunda predmetning belgisini bo'rttirib
berish uchun sifatlanmishdan keyin keltirilgan. Ayrim paytda yakka kelgan
sifatlovchilar ham ajratilishi mumkin.
Masalan:
Saxarlab mardikorlar, yalang oyoq . . . bozorga, ishga, chopdilar.
Ajratilgan qaratuvchi.
Bunda qaratuvchi o'zidan oldin kelgan boshqa bir qaratuvchini izoxlash,
konkretlashtirish yo'li bilan ajratiladi.
29
Masalan:
Bu dugonamning, Xalimaning, ro'moli.
Yoki:
O'sha otga mana bu bolaning, Xudoyberdining, ishki tushib qolgan. (M.A)
Ajratilgan izoxlovchilar.
Izoxlovchilar ko'pincha ajratilgan bo'ladi. Bunda ular izoxlanmishdan keyin
kelib, maxsus intonasiya bilan talaffuz qilinadi.
Masalan:
Dadang-bizning qadrdon do'stimiz-hamisha qalbimizda yashaydi. Izoxlovchi
o'ziga oid so'zlar bilan kengayib kelsa, uning ajratilganligi tez payqaladi. Masalan:
Denisov-dehqonlar orasida ko'p yurgan sobiq irrigator sodda, odamshinavanda lekin
talabchan, haqiqatchi edi. (O)
Ajratilgan hollar.
Ajratilgan xol o'z formalariga ko'ra ikki xil.
1.
Oborot formasidagi ajratilgan xol.
2.
Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan xol.
Oborot formasidagi ajratilgan xol.
Oborot formasidagi ajratilgan xol o'z navbatida uchga bo'linadi.
1.
Ravishdosh oboroti formasidagi ajratilgan xol.
2.
O'xshatish oboroti formasidagi ajratilgan xol.
3.
Ko'makchi konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan xol.
Ravishdosh oboroti formasidagi ajratilgan xol.
Ravishdoshlar o'ziga oid so'zlar bilan kengayib kelishi mumkin. Bular
ravishdosh oboroti deyiladi. Ravishdosh oboroti odatda ajratilgan bo'ladi.
Masalan:
30
1.
Shu payt ikki “Pobeda” birin-ketin signal berib, boqqa kirib keldi. (S.N)
2.
Dilmurod ko'zlarini yerdan olmay, sekin-sekin odimlab boryapti.
3.
Biz institutdan qaytgach, bir oz dam oldik.
Ravishdosh oboroti quyidagicha ma'noni ifodalaydi.
1. Ish-harakatning bajarilish xolati. Masalan:
a) Mavlon ota uzoq-uzoqlarga tikilib, roxatlanib nafas oldi. (S.N)
b) Kanizak o'tirgan odamlarni oralib narigi tomonga o'tib ketdi. (A.K)
2. Ish-harakatning bajarilish payti. Masalan:
a) Botir mehmonlar bilan salomlashib, ayvonli uyga o'tdi. (S.N)
b) Ekskursantlar manzilga yetguncha, bir necha doyda dam oldilar.
3. Ish-harakatning bajarilish shartini. Masalan:
Dunyoni tanimay, dunyo kishisi bo'lmaysizlar.
4. Ish-harakatning bajarilish sababini. Masalan: a) Bo'taboy cholning kallasida
nima borligini bilolmay, ancha vaqtgacha u yoqqa-bu yoqqa to'lg'onib uxlayolmadi.
(S.A) b) Akmal aka paxtazordan ko'nglini uzolmay, sanatoriyadan ham vaqtidan
ilgari ketdi.
5. Ma'noni. Masalan: Ochiq derazadan kirgan salqin shabadaga qaramay, har
ikkisining peshonasida tomchi-tomchi suv yiltirab ko'rinardi.
O'xshatish oboroti formasidagi ajratilgan xol.
-day,-dek affikslarni olib kelgan so'zlar ham kengayib ajratilishi mumkin.
Masalan:
1. Onaxon xozirgina yugurib kelgan odamdek tez-tez nafas olar edi.
2. Oltinsoyliklarning suv uchun kurashi dengizga quyilgan daryodek, butun
xalqimizning qurg'oqchilikning yengish uchun boshlagan kurashiga munosib xissa
bo'lib qo'shildi.
3. Traktorchilar bo'ron bilan o'chakishganday, tun bo'yi yer xaydadilar.
Ko'makchi konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan xol.
Ko'makchili konstruksiyasi formasidagi xol kesimdan uzoqda kelib, o'ziga oid
so'zlar bilan kengayib, boshqa gap bo'laklardan ajralishi mumkin. Bunda konstruksiya
31
kabi, bo'yicha, tufayli, yarasha, xolda, muvofiq kabi ko'makchi so'zlar bilan
shakllanadi.
Masalan:
1. Navoiy bir qo'lini ko'ksiga qo'ygan holda, boshini kamtar, yengil qimirlatishi
bilan xalqning tabrigiga samimiy javob berib bordi.
2. To'ppon, ishda to'rt kishining ishini qilgani kabi, ovqatda ham to'rt kishining
ovqatini yegan edi.
Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan bo'laklardagi kabi,
ma'lum darajada predikativlik mavjud. Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi
ajratilgan xol quyidagi ma'noni ifodalaydi.
1. Turli xolatni
Masalan:
a) Nor xola xursandlik bilan yuragi to'ygan xolda, bog'ni aylanib keldi.
b) O'ktam allanechuk bo'shashgan holda otliq qizning orqasidan ancha vaqt
o'ychan qarab qoldi.
2. O'xshatishni,
Dostları ilə paylaş: |