2
Iqtidorli talaba to‘g‘risida malumotnoma
1. Ismi sharifi: Aliyeva Nasiba Axmedqizi
2. Tug‘ilgan yili: 11.12.2002
3.Tug‘ilgan joyi: Xorazm viloyati Urganch shahar
4. Millati: O‟zbek
5.Taxsil olayotgan Oliy talim muassasasi va fakultet nomi, talim yo‘nalish
kursi: Urganch Davlat Universiteti, Pedagogika fakulteti, Tasviriy san‟at va
muhandislik grafikasi 3-bosqich talabasi.
6. Tadqiqot yo‘nalishi: Tasviriy san‟at darslarida o‟quvchilarning
badiiy-ijodiy
faolligini o‟sishini tashkil qilish.
7.Ilmiy ish mavzusi: Tasviriy san‟at darslarida o‟quvchilarning badiiy-ijodiy
faolligini oshirish.
8.Ilmiy rahbar (maslahatchisi): Niyozov Kamoliddin
9.Kutilayotgan natija:Ijobiy
3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi vaqtda bolalarning
ijodiy faolligini
rivojlantirish ta'lim tizimining dolzarb vazifasidir. Bizning vaqt - o'zgarishlar davri.
Endi bizga nostandart qarorlar qabul qilishga qodir, ijodiy fikrlashga qodir insonlar
kerak. Afsuski, zamonaviy maktab hali ham bilimlarni o'zlashtirishga ijodiy
bo'lmagan yondashuvni saqlab qolmoqda.
Yosh avlodni har tamonlama yetuk inson qilib tarbiyalash hayotiy muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Maktabda o‟rganiladigan har bir predmet insoniyat
ijtimoiy tarixiy tajribasining bir qismidir. Asosan bu fanlardan biri bo‟yicha
bilimlarning maxsus ishlab chiqilgan sistemasidir. Shunga binoan o‟quv
predmeti
rus tili, matematika, kimyo va shu kabi nomlarni oladi, o‟quv
predmeti insoniyat
tajribasining boshqa tomonlarning san‟at va madaniyatni, mehnat jismoniy tarbiya
vahakozolarni ham aks ettirishi mumkin. Har bir predmet bilimlarni o‟zlashtirishni,
amaliy ko‟nikmalar va malakalarni shakllantirishini ko‟zda tutadi.
Maktabning muayyan turida o‟rganiladigan barcha o‟quv
predmetlarni jami
o‟quvchilar egallaydigan bilimlar, ko‟nikmalar malakalarni belgilaydi. Fan-texnika
taqraqqiyoti, zamonaviy fan
va ishlab chiqarish madaniyati, san‟at maktab ta‟limi
mazmuniga doimo ta‟sir ko‟rsatmoqda.