Qirqquloqsimonlilar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix13.02.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123336
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Qirqquloqsimonlilar

Qrim qarag`ayi (Pinus pablasiana) . Bu daraxt Buxoro sharoitida juda 
moslashib 40 yildan ziyod vaqt orasida o‟smoqda. Qrim qarag`ayi 100 yoshgacha
yashashi mumkin. Uning yosh davridagi kroni konusini shaklda bo‟lib keyinchalik
gorizontal o‟suvchi yon shoxlari xisobidan kroni kuchalasimon shaklga ega bo‟ladi. 
Ildiz sistemasi kuchli taraqqiy etgan. Tuproqqa talabchan emas, toshloq, qumli, gilli 
qurg`oqchilikka chidamli. Tashqi ko‟rinishi jixatidan juda manzarali bo‟lganligi uchun 
uni ochiq joylarda yo‟l bo‟ylarida ko‟plab o‟stirish mumkin.
Buxoro sharoitida 1000 yildan boshlab tikanli el daraxti o‟stirilmoqda. Bu 
daraxtning kumushrang, moviy va kul rang formalari mavjud. Uning keng konussimon 
kroni moviy rangli ignasimon barglari ajoyib manzara beradi. Barglari novdalarida 
g`uj bo‟lib joylashgan. Asli vatani Shimoliy Amerika. U erlarda 1000-3000 metr 
balandlikdagi tog`larda o‟sadi. 
Biroq Buxoro sharoitida er osti suvlari yaxshi bo‟lganligi sababli o‟sishi biroz 
sust borishi kuzatilmoqda. Bu tur biroz yorug`liqqa chidamsiz, shuning uchun uni keng 
bargli daraxtlar oralig`ida ko‟paytirish maqsadga muvofiqdir. Bu tur Buxoro iqlim 
sharoitida juda ko‟p o‟stirilmoqda. 
 
Sarvnamolar qabilasi. 
Sarvdoshlar (Archadoshlar) oilasi - (Cypressaseas) 
Oilaga 19 ta turkum 130 ga yaqin tur kiradi. Ular har ikala yarim sharda ham 
tarqalgan. Oila vakillari bir yoki ikki uyli daraxt va butalar bo‟lib, ularda smola yo‟llari 
bo‟lmaydi. Barglari ninasimon yoki tangasimon, novdada qarama-qarshi yoki 
halqasimon o‟rnashgan. Erkaklik (changchi) qubbalari yakka holda bo‟lib, 
mikrosporafillari qalqonsimon, mikrosporangiylari 2-6 ta. Erkaklik gametofiti 
redukstiyalangan. Urg`ochi (urug`chi) qubbasida qoplagichtangacha barg va urug` 
tangachasi qo‟shilib, o‟sib bittaga aylangan, qoplagich tangacha bargi yog`ochlangan 
yoki yumshoq etli (archalar)dir. Bu oilaga turkumlari orasidan uchtasi : archa 
(Juniperus), sarv (Cupressus) va tuya (Thuja) turkumlari katta ahamiyatga ega. 


33 
Sarv (Kiparis) - (Cupressus) - 15-20 ta turga ega. Ular O‟rta er dengizi atrofida 
Ximolay, Janubiy Xitoy va Amerikada tarqalgan. Ayrim turlari O‟zbekistonda ham 
manzarali o‟simlik sifatida o‟stirilmoqda. Bularning piramidasimon sarvi (S. 
sempervirens) degan turi ayniqsa ko‟p tarqalgan. Bu tur Eron va Suriyadan kelib 
chiqqan va qadimdan buyon Qrimda hamda Kavkazning Qora dengiz qirg`oqlarida 
manzarali o‟simlik sifatida o‟stirib kelinmoqda. O‟zbekistonda piramidasimon sarvi 
Samarqandda uchraydi. 
Tuya (Thuja) turkumi qalin shox – shabbali, bir uyli daraxt va butalardan iborat 
bo‟lib, 6 turga ega. Shulardan g`arb tuyasi (Thuja occidentalis) asosan Xitoyda 
tarqalgan. Manbalarda ko‟rsatilishicha Sharq tuyasi-sarv O‟rta Osiyoda muqaddas 
daraxt sifatida o‟stirilgan. Barglari tangachasimon, novdalari esa bir oz yalpoq bo‟ladi.
Archa (Juniperus) turkumiga 14 ta tur kiradi. Shundan 3 ta turi: Zarafshon archasi 
(J. zeravschanica), yarim sharsimon (J. semiglobosa) va Turkiston archasi (J. 
turcestanica) O‟zbekistonning tog`li xududlarda tarqalgan. Bundan tashqari Virgin 
archasi (J. virginia) manzarali o‟simlik sifatida respublikamiz shaharlarida 
o‟stirilmoqda. Archalar ikki uyli, ayrimlari bir uyli o‟simlikdir. Ularda 
erkaklik(changchi) 
qubbalari 
kichik 
bo‟lib, 
mikrosporafillarida 
2-6 
ta 
mikrosporangiyalar hosil bo‟ladi. Ularning erkaklik qubbalari 1 yil daraxtda qishlab, 
ikkinchi yilning bahorida pishib etiladi. 
Bu turkumga bir yoki ikki uyli, doim yashil daraxt va butalardan iborat 
o‟simliklar kiradi. Bargi tangachasimon yoki ninasimon tikan shaklida bo‟lib, qarama – 
qarshi yoki doira bo‟ylab joylashgan. G`uddalari rezavor mevaga o‟xshaydi yoki bir oz 
cho‟ziq, yopiq bo‟ladi. Ichida 1 -10 ta urug`i bo‟lib, ikkinchi yilda etiladi. Archaning 
xillari juda ko‟p bo‟lib, ular 60 dan ortiq turga bo‟linadi. Ular Shimoliy yarim sharda 
keng tarqalgan.Sobiq soyuzning o‟rmonlar zonasida archaning yovvoyi xolda 
o‟sadigan 20 ga yaqin turi ma‟lum (Uzoq Sharq bundan mustasno). Bular orasida eng 
ko‟p tarqalgan oddiy archa (Juniperus communis) bo‟lib, u katta buta, ba‟zan bo‟yi 18 
sm, diametri 30 sm chamasidagi daraxtdir. O‟rta Osiyo tog`laridagi archazor o‟rmonlar 
tog` yon bag`rlarini suv yuvib ketishidan va tog` daryolarini yozda qo‟rib qolishidan 
saqlashda juda katta rol uynaydi. Hozirgi archa o‟rmonlari va daraxtlari, ayrim siyrak 


34 
archazorlar qadimgi katta – yaxlit o‟rmonlar qoldig`idir. Bu o‟rmonlar inson faoliyati 
natijasida shu holga tushib qolgan.
Urg`ochi (urug`chi) qubbalari qisqargan novdalarning qo‟ltig`ida kuzda hosil 
bo‟ladi. Ikkinchi bahorda ular kattalashib, ularda kurtaklar etiladi. Urug`lanishdan keyin 
yumshoq etli urg`ochi qubbalarda urug` hosil bo‟ladi. Urug`i ko‟pincha ikkinchi yili 
etiladi. 
Archalar tog`lik tumanlarda erroziyaga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ular o‟zida fitonstid ajratish bilan havoni mikroblardan tozalaydi. Ulardagi efir 
moylari ham muhim ahamiyatga ega. Archalar qurilish uchun xom ashyo, manzarali 
o‟simliklar sifatida ham katta rol o‟ynaydi. 
Eng chiroyli va kelgusida respublikamizni ko‟kalamzorlashtirish soxasida katta 
istiqbolga ega bulgan Virginiya archasi (Juniperus virginiana)dir. U bir uyli o‟simlik 
bo‟lib, ba‟zan ikki uylilari ham uchraydi. Bo‟yi 15-30 m keladi. Ba‟zi joylarda erga 
yaqin joylarda shoxlaydi. Sobiq soyuzda bu archa Qrimda va Kavkazning janubiy 
qirg`oqlarida o‟stiriladi. U O‟zbekiston Fanlar Akademiyasining botanika bog`ida ham 
yaxshi o‟smoqda. Virginiya archasi va uning ayrim turlari juda chiroylidir. Bu archa er 
tanlamaydigan daraxtlardan hisoblanadi. Uning yog`ochi engil va yumshoq bo‟lib, 
asosan qalam, mebel, va boshqa durudgorlik buyumlari yasashda ishlatiladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin