Volume: 02 Issue: 03 | 2022 ISSN: 2181-2624 www.sciencebox.uz Analytical Journal of Education and Development O‘zbekiston Respublikasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish asosida milliy iqtisodiyot
xavfsizligini taʼminlashni samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yashirin iqtisodiyot”ni baholashning
xorijiy mamlakatlarda keng tarqalgan va ko‘p qo‘llaniladigan usullari o‘rganildi va ikki toifaga bo‘linib
olindi: bevosita va bilvosita. Bevosita usullar to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatuvlar asosida va soliq tekshiruvlari
orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, bilvosita usullar esa tranzaksion metod, valyutaga bo‘lgan
talab metodi, energiya sarfi isteʼmoli metodi, xarajatlar va daromad statistikalari o‘rtasidagi farq,
rasmiy va haqiqiy ishchi kuchi o‘rtasidagi farq va MIMIC modelidan iborat. Bundan tashqari Jaxon
banki ekspertlari bilan hamkorlikda “2021-2025 yillarda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish
bo‘yicha Strategiya” va “Yashirin iqtisodiyot ulushini baholash metodikasi” (MIMIC modeli asosida)
kabi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, halqaro tashkilotlar hamkorligida uzoq muddatli
konsepsiyasini va baholash metodikasini ishlab chiqish, statistik hisobotlarni qayta ko‘rib chiqish va
makro ko‘rsatkichlarda yashirin iqtisodiyot ulushini qamrab olish rejalashtirilmoqda.
Mamlakatimizda 2017-2020 yillarda mamlakatimizning iqtisodiy o‘sish darajasi 18,3 foizni
tashkil etib, YaIM 60 mlrd. dollarga yetdi. Tashqi savdo aylanmasi 2016 yildagi 24 mlrd. dollardan
2020 yilda 36 mlrd. dollarga ko‘paydi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 369 trln. so‘mni
tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 23,4 foizga o‘sdi. Natijada sanoat mahsulotlarining YaIMdagi ulushi
19,5 foizdan 27,4 foizga ko‘tarildi[11].
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining davlat budjeti yuzasidan berilgan xulosasida 2022
yilda YaIM o‘sish surʼati 5,9 foizni tashkil etishi prognoz qilingan. Qayd etilishicha, 2022 yilda YaIM
hajmi qariyb 840 trln so‘mni (74,2 mlrd dollar) tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda. Aholi jon boshiga
YaIM 23,8 mln so‘m (2,1 ming dollar) miqdorida shakllanishi rejalashtirilgan. 2020 yilda YaIM hajmi
580,2 trln so‘mni tashkil qilgan edi. 2021 yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, YaIM joriy
narxlarda
519,8
trln
so‘mni
tashkil
etdi.
2022 yilda YaIM o‘sish surʼatini 5,9 foizga yetkazish va 2023 yilda 6,2 foiz, 2024 yilda 6,6 foiz
o‘sishga erishish rejalashtirilgan. 2021 yil yakuni bo‘yicha esa mamlakat YaIM o‘sishi 6,5−7 foiz
atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 2022 yilda asosiy tarmoqlar kesimida YaIM tarkibi sanoat —
217,7 trln so‘m, qishloq xo‘jaligi — 207,6 trln so‘m, qurilish — 52,5 trln so‘m, xizmatlar sohasi —
300,3 trln so‘m miqdorida shakllanishi prognoz qilingan. Asosiy tarmoqlarda kutilayotgan real o‘sish
miqdori, qurilish — 8,1 foiz, sanoat — 7,0 foiz, xizmatlar sohasi — 6,5 foiz, qishloq xo‘jaligi — 3,1
foiz bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, mahsulotlar va eksport-import operatsiyalari hisobidan olingan
sof soliqlar tushumi o‘sishi 7,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda. 2022 yilda tashqi savdo aylanmasi 46,3
mlrd dollarni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Shundan, eksport — 20,2 mlrd dollar, import — 26,1
mlrd dollar tashkil etadi[12].
Rivojlangan davlatlar tajribasiga qo‘shimcha ravishda Bryunney va qisqa muddat ichida
Singapur iqtisodiy o‘sishni taʼminlashga muvaffaq bo‘ldi. Shunday qilib, 2000-yillardan boshlab,
Bryunneyda iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos xususiyati shtat va sanoatning tadbirkorlik faoliyatini
faollashtirish edi. Masalan, Bryunney Iqtisodiy Taraqqiyot Maʼmuriyati 2001 yilda isloh qilingan,
ishlab chiqilgan va qabul qilingan “Vavasan Bruney 2035” ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi,
bir nechta aniqlangan davlat investitsiyalari ishtirokidagi yirik loyiihalar, sanoatni rivojlantirish
markazlari yaratildi. Bundan tashqari besh yillik rejada, biznesning ustuvor turlarini va eng avvalo
axborot –kommunakatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari taqqoslash
uchun barcha ajratmalarning 12,1% shu maqsadlarga yo‘naltirilganligini taʼkidlash kerak.