illa qo’shimchasi tarkibida u unlisi yo v undoshi bo’lgan bir bo’g’inli so’zlarga
qo’shilganda, -ulla tarzida aytiladi va shu holda yoziladi: shovulla
Fe’llarning tuzilishiga ko’ra turlari.
Fe’llar tuzilishiga ko’ra to’rt xil bo’ladi:
a) sodda fe’llar; b) qo’shma fe’llar; d) juft fe’llar; e) takroriy fe’llar.
Sodda fe’llar bir asosdan tarkib topadi. Sodda tub fe’llar asos holatida ish-harakat
va holatni anglatadi. Masalan: qurmoq, yurmoq, ketmoq. Sodda yasama fe’llar
so’z yasovchi qo’shimchalar yordamida boshqa so’z turkumlaridan yasaladi: shod-
shodlanmoq, yangi-yangilamoq, gap-gapirmoq, guv-guvvalamoq, tez-tezlamoq.
Qo’shma fe’llar. Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa
qo’shimchalarni qo’shib bo’lmaydigan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi fe’llar
qo’shma fe’llar sanaladi. Masalan: sayr etmoq, olib kelmoq, bunyod qilmoq.
Qo’shma fe’llar ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov va taqlid so’zlarga qil, et, bo’l
singari so’zlarni, fe’l shakllariga kelmoq, ketmoq singari fe’llarni qo’shish bilan
hosil bo’ladi. Masalan: tarbiya qilmoq, eski bo’lmoq, bir bo’lmoq, yaxshi
chiqmoq, kim bo’lmoq, dod solmoq, chirs etmoq kabi. Qo’shma fe’llarning har
ikkala qismi o’zining lug’aviy ma’nosini saqlagan bo’ladi.
1-Masalan: borib keldi (ham bordi, ham keldi), ikkinchi qismi o’z ma’nosida
qo’llanilganda qo’shma fe’l bo’ladi.
2-Masalan: o’qib chiqdi(o’qidi, lekin chiqmadi, balki o’qishni tamomladi,
tugatdi). 2-qismi o’z ma’nosida qo’llanilmaganda ko’makchi fe’lli so’z shakli
hosil bo’ladi. Qo’shma fe’l qismlari ajratib yoziladi.
Qo’shma fe’llar 2 xil:
yasama
fel
Qo’shma fe’l (fe’l+fe’l) 2 ta ish ham bo’ladi:
kirib chiqdi – ham kirgan ham chiqqan.
Dostları ilə paylaş: |