6 ona tili javobi docx



Yüklə 243 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/28
tarix28.02.2023
ölçüsü243 Kb.
#123672
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
6 - ona tili JAVOBI

23
OT
Ot nom bildiruvchi so’z turkumi bo’lib, shaxs, narsa, joy ma’nolarini
anglatadi va ”kim?”, “nima?”, “qayer?” so’roqlariga javob bo’ladi. “Kim?”
so’rog’i shaxsni bildiruvchi so’zlarga, “nima?” so’rog’i narsa, faoliyat-jarayonni
bildiruvchi so’zlarga, “qayer?’ so’rog’i joy nomini bildiruvchi so’zlarga beriladi.
Shunga ko’ra otlar shaxs otlari, narsa otlari, faoliyat-jarayon otlari, o’rin-joy
otlariga bo’linadi.
Otlar tuzilishiga ko’ra turlari.
SODDA OT. Faqat bir asosdan tarkib topgan otlar sodda ot hisoblanadi. Masalan:
uy, yer, tosh, tuz, daraxt. Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan otlar
QO’SHMA OT sanaladi. Masalan: qo’lqop, oltingugurt, beshiktervatar. Bir-
biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli asoslardan tarkib topgan otlarga JUFT
OTLAR deyiladi. Masalan: o’g’il-qiz, idish-tovoq, ota-ona. Ikkinchi qismi
birinchi qismining tovush o’zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan otlar
TAKRORIY OTLAR sanaladi. Masalan: tuz-puz, tovoq-povoq, uy-puy.
Qo’shma otlar imlosi. Quyidagi qo’shma otlar qo’shib yoziladi:
Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar har doim qo’shib yoziladi:
qorbo’ron, qizilishton, ko’ksulton, kungaboqar, o’rinbosar.
Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo’lgan atoqli otlar qo’shib yoziladi: Beshariq,
Qorqiz, Qashqadaryo.
Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat bo’lgan qo’shma otlar esa ajratib yoziladi:
Markaziy Osiyo, Quyi Chirchiq.
Juft va takroriy otlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Es-es, chelak-
chelak, qator-qator kabi takror kelgan otlar ravish so’z turkumiga o’tadi.
ATOQLI OTLAR.
Biror shaxs, narsa yoki joyga atab qo’yilgan nomlar atoqli otlar sanaladi. Atoqli
otlar nimani atab kelishiga ko’ra shaxs nomlari, joy nomlari va narsa nomlariga
bo’linadi. Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusini bildiruvchi otlar

Yüklə 243 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin