6 ona tili javobi docx



Yüklə 243 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/28
tarix28.02.2023
ölçüsü243 Kb.
#123672
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
6 - ona tili JAVOBI

TURDOSH OTLAR.
Bir turdagi shaxs, narsa, o’rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar
turdosh sanaladi. Shaxs otlari. Shaxs otlari “kim?” so’rog’iga javob bo’lib,
shaxslarni yoshiga, yashash joyiga, mansub-unvoniga, kasb-koriga, ijtimoiy
holatiga, qarindoshlik darajasiga, nasl-nasabiga ko’ra nomlab keladi.
Shaxs otlarining bir guruhi asosga -chi, -soz, -kor, -xon, -dosh, -boz (-voz), -vchi,
-lik qo’shimchalarini qo’shish yordamida yasaladi, -vchi qo’shimchasi unlisi
bilan tugagan fe’llarga qo’shilganda, unlisi shaklida, bilan tugagan fe’llarga
qo’shilganda, unlisi shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Undosh
bilan tugagan fe’llarga -uvchi shaklida qo’shiladi: quruvchi, suzuvchi. -lik
qo’shimchasi o’rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga qo’shilib, shaxsning
shu hududga mansubligini bildiradi. Atoqli otlarga qo’shilgan -lik qo’shimchasi
atoqli otni turdosh otga aylantiradi va kichik harf bilan yoziladi: samarqandlik,
shaharlik.
“Nima?’’ so’rog’iga javob bo’lib, jonli va jonsiz narsalarni bildirgan otlarga
narsa otlari deyiladi. Narsa otlari -gich, (-qich, -kich, -g’ich), -gi (-qi, -ki, -g’i),
-k, -q, -oq, -(i)ndi, -ma, -don va boshqa qo’shimchalar yordamida yasaladi. -q
qo’shimchasi unlis bilan tugagan fe’llarga qo’shilganda, unlis shaklida
talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: bo’ya+q=bo’yoq.


25
“Qayer?” so’rog’iga javob bo’lib, o‘rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlar o’rin-joy
otlari sanaladi. Bunday otlar o’rin-joy ma’nosi bilan birga narsalik ma’nosini ham
bildiradi, shuning uchun “qayer?’’ so’rog’i bilan birga “nima?” so’rog’ini ham
olishi mumkin. -zor, -loq, -iston, -goh qo’shimchalari o’rin-joy otlarini yasaydi.
Shaxs va narsalarning faoliyat jarayonini nomlovchi otlarga faoliyat-jarayon

Yüklə 243 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin