6 ona tili javobi docx



Yüklə 243 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/28
tarix28.02.2023
ölçüsü243 Kb.
#123672
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
6 - ona tili JAVOBI

1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja.
Belgining odatdagi me’yorida ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun
asos bo’lib xizmat qiluvchi sifat shakli oddiy daraja shakli deyiladi.
Belgining me’yordan ortiq ekanligini bildirgan sifat shakli orttirma daraja shakli
deyiladi. Sifatning orttirma daraja shakli quyidagi yo’llar bilan hosil bo’ladi:
1) oddiy daraja shaklidagi sifdat oldidan eng, g’oyat, juda, nihoyatda, bag’oyat
so’zlari keltiriladi: juda qizil, g’oyat shirin.
2) oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishi bilan
takrorlanadi: bus-butun, kap-katta, to’ppa-to’g’ri.


27
Belgining me’yoridan biroz oz yoki ko’p ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat
shakli qiyosiy daraja shakli deyiladi. Qiyosiy daraja shakli -roq qo’shimchasi
yordamida yasaladi.
Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi shakli sifatning ozaytirma
daraja shakli hisoblanadi. Ozaytirma shakli oddiy daraja shakli oldiga sal, biroz,
picha, xiyla, nim so’zlarini qo’shish orqali hosil qilinadi. Rang-tus bildiruvchi
ayrim sifatlardan -(i)mtir, -ish qo’shimchalari yordamida ham ozaytirma daraja
shakli yasaladi: ko’kish, ko’kimtir.
Sifatlar qanday belgini ifodalashiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1) xususiyat; 2) rang-tus; 3) ma’za-tam; 4) hajm-o’lchov;
5) hid bildiruvchi; 6) makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar
Narsanning turli xususiyat-holatlarini bildirgan sifatlar xususiyat sifatlari, hajmi,
vazni, o’lchovi va shaklini bildirgan sifatlar hajm-o’lchov sifatlari, o’rin va
vaqtga nisbatan belgilarini bildirgan sifatlar makon-zamon sifatlari deyiladi.
Narsalarning rang-tusini bildirgan sifatlar rang-tus sifatlari, maza-ta’m bildirgan
sifatlar maza-ta’m sifatlari, hidini bildirgnan sifatlar hid sifatlari deyiladi.

Yüklə 243 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin