6 ona tili javobi docx


Sifatga bog’lanib kelgan ot



Yüklə 243 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/28
tarix28.02.2023
ölçüsü243 Kb.
#123672
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
6 - ona tili JAVOBI

Sifatga bog’lanib kelgan ot ba’zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning
ma’nosi ham sifatga yuklanadi. Natijada sifat OTLASHIB, egalik, kelishik,
ko’plik qo’shimchalari bilan o’zgarish xususiyatiga ega bo’ladi va ot bajargan
sinatktik vazifalarda keladi: Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan dog’.
NAMUNAVIY TESTLAR
1. Cho‘ponlar sezgir, itlar ziyrak, bo‘ridan ayyor.
Ushbu gapda nechta yasama sifat bor?
A) 2 ta
B) 1 ta
С) 3 ta D) 4 ta
2. Dastlabki kunlar yo‘l unchalik qiyin bo‘lmadi.
Ushbu gapda qanday ma’no hosil qiluvchi sifat
yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan?
A) payt ma’nosini bildiruvchi
B) xoslik ma’nosini bildiruvchi
C) o‘xshashlik ma’nosini bildiruvchi
D) zidlik ma’nosini bildiruvchi
3. Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur
xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi.
Ushbu gapda sifatning tuzilishiga ko‘ra qaysi turi
ishtirok etgan?
A) sodda
B) qo‘shma
С) sodda, qo‘shma
D) sodda, qo‘shma, juft
4. Ko‘zlari katta-katta, chiroyli.
Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi.
Ushbu gapda nechta takroriy sifat bor?
A) 4 ta B) 2 ta С) 3 ta D) 1 ta
TESTLAR
1. Shaxs, narsa, joy nomlarini bildiruvchi turkum
qaysi? A) olmosh B) sifat С) ot D) ravish
2. Otlar qaysi xususiyatiga ko‘ra shaxs, narsa, o‘rin-
joy otlari kabi turlarga bo‘linadi?
A) tuzilishiga ko‘ra B) ma’no xususiyatiga ko‘ra
С) so‘rog‘iga ko‘ra D) tarkibiga ko‘ra
3. Ot qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
A) kim, nima, qachon? B) kim, nima, qayer?
С) kimdir, nimadir, qayerdir?
D) kim, nega, qanaqa?
4. Ot so‘z turkumi oladigan xususiy qo‘shimchalar
qaysilar?
A) egalik, kelishik, son
B) egalik, kelishik, shaxs-son
С) egalik, kelishik, erkalash-kichraytirish
D) egalik va kelishik
5. Otlarning son shakli qaysi?
A) -im B) –lar С) -i D) -lik
6. Otlarning lug’aviy shakli qaysi?
A) -im B) –lar С) -i D) -ga


28
7. Ot gapda qaysi bo‘lak vazifasida kelishi mumkin?
A) ega, aniqlovchi B) hol, ega, aniqlovchi
С) kesim, ega, to‘ldiruvchi
D) barcha bo‘lak vazifasida kela oladi
8. Bosh va ikkinchi darajali bo‘lak, undalma
vazifasida kela oladigan so‘z turkumi qaysi?
A) ot B) olmosh С) ravish D) A va B
9. Otlar tuzilishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?
A) 2 turga B) 5 turga С) 3 turga D) 4 turga
10. Otlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
A) 2 turga: 1. Sodda. 2. Qo‘shma
B) 2 turga: 1. Tub. 2. Yasama
С) 4 turga: 1. Sodda. 2. Qo‘shma. 3. Juft. 4. Takror
D) 4 turga: 1.Sodda. 2. Qo‘shma. 3. Juft. 4. Inkor
11. Bir asosdan tashkil topgan otlar qanday otlar
sanaladi?
A) tub otlar
B) atoqli otlar
С) qo‘shma otlar
D) sodda otlar
12. Ikki yoki undan ortiq asosdan iborat otlar otning
tuzilishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi?
A) juft otlar
B) takroriy otlar
С) yasama otlar
D) qo‘shma otlar
13. Bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli
so‘zlardan tarkib topgan otlar otning tuzilishiga
ko‘ra qaysi turiga kiradi?
A) juft otlar
B) takroriy otlar
С) yasama otlar
D) qo‘shma otlar
14. Ikkinchi qismi birinchi qismning tovush
o‘zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan otlar
otning tuzilishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi?
A) juft otlar
B) takroriy otlar
С) yasama otlar
D) qo‘shma otlar
15. Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari
hammaning ko‘nglidagi gina-adovatga barham
berdi. Ushbu gapda qaysi turkumga oid so‘zlarning
qo‘shma shakli bor?
A) ot, ravish, fe’l
B) ot, fe’l
С) ot, sifat
D) ot, sifat, olmosh
16. Qo‘shma otlar qanday yoziladi?
A) qo‘shib
B) ajratib
С) chiziqcha bilan
D) qo‘shib, ajratib
17. Qanday qo‘shma otlar ajratib yoziladi?
A) har ikkala qismi atoqli otlar
B) ikkinchi qismi atoqli otdan iborat qo‘shma otlar
С) ikkinchi qismi turdosh otdan iborat qo‘shma otlar
D) har ikkala qismi turdosh otdan iborat qo‘shma
otlar
18. Ajratib yoziladigan qo‘shma otlarga misol
keltiring.
A) Yangiyo‘l, Quyi Chirchiq, Beshariq
B) O‘rta Osiyo, Quyi Chirchiq, Markaziy Osiyo
С) Markaziy Osiyo, O‘rta Osiyo, Beshariq
D) ko‘zoynak, sheryurak, Oltiariq
19. Qanday qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi?
A) har ikkala qismi atoqli otlar
B) ikkinchi qismi atoqli otdan iborat qo‘shma otlar
С) ikkinchi qismi turdosh otdan iborat qo‘shma otlar
D) har ikkala qismi turdosh otdan iborat qo‘shma
otlar
20. Qo‘shib yoziladigan qo‘shma otlarga misol
keltiring.
A) Beshariq, oltingugurt, Quyi Chirchiq
B) qorbo‘ron, qorqiz, Oltiariq
С) ko‘zoynak, oltingugurt, O‘rta Osiyo
D) Markaziy Osiyo, Quyi Chirchiq, Oltiariq
21. Qizlar tillaqosh, bargak, zebigardon,
qo‘ltiqtumor, marjon, uzuk, bilaguzuk taqib, shoyi
ko‘ylak, nimcha, kamzul kiyib yasanar edilar. Ushbu
gapda otning tuzilishiga ko‘ra qaysi turlari
uyushgan?
A) sodda va yasama
B) sodda va qo‘shma
С) sodda va takror D) faqat sodda
22. Qanday otlar chiziqcha bilan yoziladi?
A) qo‘shma otlar
B) takroriy otlar
С) yasama otlar
D) juft va takroriy otlar
23. Savdo-sotiq, tevarak-atrof, o‘y-xayol, huzur-
halovat, sut-qatiq kabi so‘zlar qaysi so‘z turkumiga
oid? A) ravish B) ot С) sifat D) olmosh
24. Atoqli otlar necha turga bo‘linadi?
A) 2 turga: 1. Aniq otlar. 2. Mavhum otlar
B) 3 turga: 1. Shaxs nomlari. 2. Narsa nomlari.
3.Tarixiy nomlar
C) 3 turga: 1. Shaxs nomlari. 2. Narsa nomlari.
3. O‘rin-joy nomlari
D) 4 turga: 1. Shaxs nomlari. 2. Narsa nomlari.
3. Bayram nomlari. 4. O‘rin-joy nomlari
25. Qanday otlar atoqli otlar deyiladi?
A) kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi,
taxallusini bilduruvchi otlar
B) biror shaxs, narsa yoki joyga atab qo‘yilgan
nomlar
С) sezgi a’zolarimiz bilan bilishimiz mumkin
bo‘lgan otlar
D) ma’lum bir geografik hududga
atab qo‘yilgan otlar
26. Qanday otlar shaxs nomi deyiladi?
A) kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi,
taxallusini bilduruvchi otlar
B) biror shaxs, narsa yoki joyga atab qo‘yilgan
nomlar
С) sezgi a’zolarimiz bilan bilishimiz mumkin
bo‘lgan otlar D) ma’lum bir geografik hududga
atab qo‘yilgan otlar
27. Familiyalar shaxs ismidan so‘ng otasining ismini
qoldirish (Usmon Nosir), otasining ismiga -ov(a), -
ev(a) qo‘shimchasini qo‘shish orqali qanday otlar
hosil qilinadi?
A) atoqli otlar
B) shaxs otlari
C) shaxs nomlari
D) A va C


29
28. Kishi ismlari ko‘rsatkichlariga qaysi shakllar
kiradi?
A) Abdu-, -qul, -berdi
B) -xon, -jon, -boy
С) -oy, -bek, -xo‘ja, -bonu
D) A, B, C
29. Ma’lum geografik hududga atab qo‘yilgan
nomlar qanday ataladi?
A) atoqli otlar
B) shaxs nomlari
С) joy nomlari
D) faoliyat nomlari
30. Tarkibida orti, bo‘yi, oldi so‘zlari bo‘lgan so‘zlar
qanday yoziladi?
A) qo‘shib
B) ajratib
С) chiziqcha bilan
D) qo‘shib, ajratib
31. Janubiy Koreya, Amerika Qo‘shma Shtatlari,
Marjonbuloq, Surxondaryo, Buloqboshi,
Jarqo‘rg‘on, Qorovulbozor kabi nomlar qaysi
turkumga oid?
A) turdosh otlar
B) atoqli otlar
С) o‘rin-joy nomlari
D) B va C
32. Qanday tashkilot nomlarining har bir so‘zidagi
birinchi harfi bosh harf bilan yoziladi?
A) turli korxona, asarlar, man-sablar nomlari
B) mahsulot, inshootlar, transport vositalari nomlari
С) xalqaro tashkilot va oliy tashkilotlar, mansablar,
unvonlar nomlari
D) turli korxona, unvonlar,
mahsulot, kitob nomlari
33. Har bir so‘zidagi birinchi harfi bosh harf bilan
yoziladigan so‘zlarga misol keltiring.
A) Oliy Majlis, Guliston Davlat Unversiteti
B) Davlat Test Markazi, Oliy Xo‘jalik Sudi
С) Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
D) Oliy Majlis, Bulung‘ur Tumani Hokimligi
34. Vazirliklar, idoralar, tash-kilotlar, korxonalar
nomi qanday yoziladi?
A) tarkibidagi birinchi so‘zi-ning ilk harfi bosh harf
bilan B) birinchi so‘zi bosh harf bilan
С) har bir so‘zidagi birinchi harfi bosh harf bilan
D) A va B
35. 1. Madaniyat va sport ish-lari vazirligi.
2. Qo‘shchinor mas’uliyati cheklangan ishlab
chi-qarish birlashmasi. 3. Bulung‘ur tumani
hokimligi. 4. Toshkent Agrar universiteti.
5. Guliston Davlat universiteti. 6. «Temuriylar
tarixi» davlat muzeyi. 7. Samarqand Chinni zavodi.
8. Buxoro viloyat hokimligi. 9. Oliy Xo‘jalik sudi.
10. Istiqbol fermer xo‘jaligi. Ushbu birliklarning
qaysi biri to‘g‘ri yozilgan?
A) 1, 2, 4, 9 B) 1, 5, 6, 7, 9 С) 1, 3, 8 D) 1, 4, 10
36. 1. Madaniyat va sport ishlari vazirligi.
2. Qo‘shchinor mas’uliyati cheklangan ishlab
chiqarish birlashmasi. 3. Bulung‘ur tumani
hokimligi. 4. Toshkent Agrar universiteti.
5. Guliston Davlat universiteti. 6. «Temuriylar
tarixi» davlat muzeyi. 7. Samarqand Chinni zavodi.
8. Buxoro viloyat hokimligi. 9. Oliy Xo‘jalik sudi.
10. Istiqbol fermer xo‘jaligi. Ushbu birliklarning
qaysi biri noto‘g‘ri yozilgan?
A) 1, 3, 4, 6, 8, 10
B) 2, 4, 5, 6, 7, 9, 10
С) 1, 2, 4, 5, 8, 9, 10
D) 2, 3, 4, 7, 8, 10
37. Qanday shartli nomlar qo‘shtirnoqqa olinadi?
A) turli korxona, mahsulot, inshootlar, transport
vositalariga berilgan shartli nomlar
B) turli korxona, mahsulot, inshootlar, transport
vositalariga berilgan shartli nomlar, shahar nomlari
C) turli korxona, bayram sa-nalari, mahsulot,
inshootlar, transport vositalariga berilgan shartli
nomlar
D) turli korxona, mahsulot, inshootlar, kinoteatr
nomlari, transport vositalariga berilgan shartli
nomlar
38.Tarixiy sana va bayram nomlari qanday yoziladi?
A) tarkibidagi birinchi so‘zining ilk harfi bosh harf
bilan
B) birinchi so‘zi bosh harf bilan
С) har bir so‘zidagi birinchi harfi bosh harf bilan
D) A va B
39. Suv havzalari va inshootlar nomlari qanday
yoziladi?
A) tarkibidagi birinchi so‘zining ilk harfi bosh harf
bilan B) birinchi so‘zi bosh harf bilan
С) har bir so‘zidagi birinchi harfi bosh harf bilan
D) A va B
40. Bir turdagi narsaning umumiy nomini
bildiradigan otlar qanday nomlanadi?
A) mavhum otlar
B) turdosh otlar
С) aniq otlar
D) shaxs otlari
41. Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o‘g‘li
Otabek! Ushbu gapda nechta shaxs oti bor?
A) 2 ta B) 3 ta С) 1 ta D) shaxs oti yo‘q
42. Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari
hammaning ko‘nglidagi gina-adovatga barham
berdi. Ushbu gapda otning tuzilishiga ko‘ra qaysi
turlari ishtirok etgan?
A) sodda, qo‘shma B) sodda, juft
С) sodda, qo‘shma, takror
D) sodda, qo‘shma, juft
43. Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o‘g‘li
Otabek! Ushbu gapda nechta shaxs nomi bor?
A) 1 ta B) 3 ta С) 2 ta D) shaxs nomi yo‘q
44. Shaxs oti yasovchi qo‘shimchalarni sanang.
1. -chi. 2. -soz. 3. -kor. 4. -xon. 5. -gich. 6. -boz.
7. -voz. 8. -vchi. 9. -shunos. 10. -dosh. 11. -kash
A) 1, 2, 4, 5, 7, 9
B) 1, 3, 5, 6, 8, 10
С) 1, 2, 3, 4, 6, 8, 9, 10, 11 D) barchasi
45. Shaxs oti yasovchi qaysi qo‘shimcha asosga
qo‘shilganida tovush o‘zgarishi hodisasi sodir
bo‘ladi?
A) -shunos B) –chi
С) -vchi D) -soz


30
46. -vchi qo‘shimchasi qanday so‘zlarga
qo‘shilganida tovush almashinishi sodir bo‘ladi?
A) u va o unlilari bilan tugagan so‘zlarga
qo‘shilganida
B) v undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganida
C) i unlisi bilan, a unlisi bilan tugagan so‘zlarga
qo‘shilganida D) barchasi
47. Qaysi qo‘shimcha atoqli otni turdosh otga
aylantiradi? A) -shunos B) -lik С) -lar D) -qich
48. Shayxontohurda baqqollar, sartaroshlar,
zargarlar juda serob. Ushbu gapda nechta yasama
shaxs oti bor? A) 3 ta B) 4 ta С) 2 ta D) 1 ta
49. Narsalarning nomini bildirgan ot qanday
so‘roqqa javob bo‘ladi?
A) kim? B) qancha? С) nima? D) nega?
50. Hayvon, o‘simlik, oziq-ovqat, kiyim-kechak,
idish-tovoq, ish qurollari, osmon jismlari otlari
qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?
A) nima? B) qaysi? C) kim? D) qayer?
51. Narsa oti yasovchi qo‘shimchalarni sanang.
1. -q. 2. -k. 3. -oq. 4. -gich. 5. -g‘ich. 6. -qich.
7. -m. 8. -im. 9. -gi. 10. -qi. 11. -ki. 12. -(i)ndi.
13. -ma. 14. -don. 15. -moq
A) 1, 4, 5, 7, 9, 12, 15 B) 1, 2, 5, 6, 8, 10, 12, 14
С) 1, 3, 5, 7, 9, 11, 13, 15 D) barchasi
52. O‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalarni toping.
1. -zor 2. -loq 3. -iston 4. -(u)v 5. -xona 6. -lik 7. -
goh 8. -gun
A) 1, 2, 4, 5, 8
B) 1, 3, 5, 6, 7
С) 1, 2, 3, 5, 7
D) barchasi
53. O‘rin-joy nomi yasovchi qo‘shimchani toping.
A) –iston B) -zor С) -goh D) A va B
54. Shaxs va narsalarning faoliyat jarayonini
nomlovchi otlar qanday ataladi?
A) o‘rin-joy otlari
B) mavhum otlar
С) faoliyat-jarayon otlari
D) turdosh otlar
55. Faoliyat-jarayon otlari yasovchi qo‘shimchalar
berilgan qatorni toping.
1. -lik. 2. -gich. 3. -ma. 4. -chi-lik.
5. -garchilik. 6. -kor. 7. -(u)v. 8. -(i)m
A) 1, 2, 4, 7, 8
B) 1, 4, 5, 7, 8
С) 1, 3, 5, 6, 7
D) barchasi
56. Do’stlik kishining ko‘nglini yoritadi, unga
ro‘shnolikni beradi. Ushbu gapdagi faoliyat-jarayon
oti qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) ega, aniqlovchi
B) ega, kesim
С) aniqlovchi, hol
D) ega, to‘ldiruvchi
57. Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin
bo‘lmagan tafakkur va tasavvur orqali idrok
qilinadigan narsalarni bildiruvchi otlar qanday
ataladi?
A) aniq otlar
B) mavhum otlar
C) faoliyat-jarayon otlari
D) o‘rin-joy otlari
58. Mavhum otlarga misol keltiring.
A) yaxshilik, xayol, baxt, sevinch
B) orzu, sevgi, nafrat, go‘zallik
С) ahillik, dutor, nafrat, g‘azab D) A va B
59. Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin
bo‘lgan narsalarni bildiruvchi otlar qanday ataladi
A) aniq otlar
B) mavhum otlar
C) faoliyat-jarayon otlari
D) o‘rin-joy otlari
60. Mavhum otlar ko‘plikda qo‘llanganida qanday
ma’noni bildiradi?
A) ta’kidlash
B) kuchaytirish
С) umumlashtirish
D) A va B
61. Mavhum ot yasovchi qo‘shimchalardan qaysi
biri shakldoshlik xususiyatiga ega?
A) -nch B) -inch С) -chi
D) -lik
62. Boshlarim og’rib ketdi. Ushbu gapdagi ko‘plik
qanday ma’noda ishlatilgan?
A) hurmat
B) ta’kidlash
B) kuchaytirish
D) umumlashtirish
63. Qaysi qo‘shimchalar mavhum otni hosil qiladi?
A) 1. -inchi 2. -lik. 3. –ch B) 1. -(i)m. 2. -lik. 3. -cha
С) 1. -lik. 2. -ch. 3. –inch D) 1. -ki. 2. -qi. 3. -inch
64. Otlarning lug‘aviy shakllari qaysilar?
A) 1. Egalik. 2. Kelishik. 3. Ko‘plik
B) 1. Ko‘plik. 2. Erkalash-kichraytirish
С) 1. Egalik. 2. Erkalash-kichraytirish
D) 1. Kelishik. 2. Ko‘plik. 3. Shaxs-son shakllari
65. Otlarning ko‘plik shakli qanday ma’nolarda
ishlatiladi?
1. Sof ko‘plik. 2. Hurmat. 3. Umumlashtirish.
4. Kuchaytirish. 5. Tur-nav. 6. Makon-zamon.
A) 1, 2, 3, 4
B) 1, 2, 4, 6
С) barchasi
D) 1, 2, 3, 4, 6
66. Ko‘plik shakli umumlashtirish ma’nosini
bildirgan gapga misol keltiring.
A) Magazinga bugun yog‘lar keldi
B) Opamlar kecha kelishgan edi
С) Ko‘zlarim hali harf tanimas edi
D) Shavkatlarning kattagina uzumzor bog‘i bor
67. Ko‘plik shakli hurmat ma’nosini bildirgan gapga
misol keltiring.
A) Magazinga bugun yog‘lar keldi
B) Opamlar kecha kelishgan edi
С) Undan keyin ancha suvlar oqib ketdi
D) Ko‘zlarim hali harf tanimas edi
68. Ko‘plik shakli kuchaytirish ma’nosini bildirgan
gapga misol keltiring.
A) Magazinga bugun yog‘lar keldi
B) Opamlar kecha kelishgan edi
С) Undan keyin ancha suvlar oqib ketdi
D) Ko‘zlarim hali harf tanimas edi


31
69. Ko‘plik shakli tur-nav ma’nosini bildirgan gapga
misol keltiring.
A) Magazinga bugun yog‘lar keldi
B) Opamlar kecha kelishgan edi
С) Undan keyin ancha suvlar oqib ketdi
D) Ko‘zlarim hali harf tanimas edi
70. Ko‘plik shakli makon-zamon ma’nosini
bildirgan gapga misol keltiring.
A) Magazinga bugun yog‘lar keldi
B) Opamlar kecha kelishgan edi
С) Undan keyin ancha suvlar oqib ketdi
D) Ko‘zlarim hali harf tanimas edi
71. Otlarning kichraytirish shakllarini keltiring.
A) -cha, -choq, -chak B) -chak, -jon, -cha
С) -gina, -choq, -lik D) -gina, -jon, -xon, -bek
72. Otlarning erkalash shakllarini keltiring.
A) -xon, -cha, -lik
B) -gina, -jon, -xon, -bek
С) -chak, -jon, -cha D) -gina, -choq, -lik
73. Otga bog‘lanib uning belgisini bildiruvchi so‘z
turkumi qanday ataladi?
A) son B) olmosh С) sifat D) ravish
74. Sifat qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
A) qancha, necha? B) qanday, qanaqa?
С) qanday, qachon? D) qaysi, qanaqa?
75. Sifat qaysi xususiyatiga ko‘ra tub va yasama
kabi turlarga bo‘linadi?
A) tuzilishiga ko‘ra B) qo‘llanishiga ko‘ra
С) tarkibiga ko‘ra
D) belgiga ega, ega emasligiga ko‘ra
76. Yasama sifatlar qanday usullar bilan hosil
qilinadi?
A) qo‘shimcha bilan B) so‘z qo‘shish bilan
С) qo‘shimcha va so‘z qo‘shish yo‘li bilan
D) shevadan so‘z olib
77. Cho‘ponlar sezgir, itlar ziyrak, bo‘ridan ayyor.
Ushbu gapda belgi bildiruvchi so‘z necha o‘rinda
ishtirok etgan?
A) 3
B) 1 С) 2 D) ishtirok etmagan
78. Cho‘ponlar sezgir, itlar ziyrak, bo‘ridan ayyor.
Ushbu gapda nechta yasama sifat bor?
A) 2 ta B) 1 ta С) 3 ta D) 4 ta
79. Otinbibi qari, jiddiy, sersavlat xotin.
Ushbu gapda qaysi turkum uyushgan?
A) ot B) sifat С) ravish D) olmosh
80. Sifat yasovchi qo‘shimchalarni sanang.
1. -li. 2. -dor. 3. -cha. 4. -lab. 5. ser-. 6. ba-. 7. be-.
8. -siz. 9. no- . 10. -chan. 11. -ona. 12. -ma.
13. -ch. 14. -iy. 15. -simon. 16. -an. 17. -gi.
18. -mand. 19. -q. 20.-in.
A) barchasi
B) 1, 3, 4, 6, 8, 9, 12, 13, 15, 17, 19, 20
С) 1, 2, 5, 6, 7, 10, 11, 14, 19, 20
D) 1, 2, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 12, 13, 14, 17, 18, 19
81. Sifat yasovchi qo‘shimchalarning qaysi birlari
belgiga ega ekanlikni bildiradi?
A) -li, -dor, -mand, ser-, ba-
B) be-, ser-, siz, no-, -gi
С) -li, -dor, -be, -siz, -gi
D) no-, -siz, be-, -mand, -dor
82. Sifat yasovchi qo‘shimchalarning qaysi birlari
belgiga ega emaslikni bildiradi?
A) -li, -dor, -siz B) -mand, -li, be-
С) no-, -siz, be-
D) -gi, -li, -dor
83. Belgiga ega ekanlikni bildiruvchi -li, -dor, ser-
ba- kabi qo‘shimchalar qaysi shakllar bilan zid
ma’noli bo‘ladi?
A) no-, -siz, be-
B) -dor, -li, -kor
С) -siz, no-, -ba
D) -li, -siz, -ki
84. Uning chaqnoq ko‘zlari, siyrak qoshi, o‘ychan
turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib
turardi. Ushbu gapda sifat so‘z turkumiga oid nechta
so‘z bor? A) 2 ta B) 3 ta С) 5 ta D) 4 ta
85. Payt ma’nosini bildiruvchi sifat yasovchi
qo‘shimcha qaysi?
A) -iy (-viy) B) -simon С) -gi (-ki) D) -dor
86. O‘xshashlik ma’nosini bildiruvchi sifat yasovchi
qo‘shimcha qaysi?
A) -iy (-viy) B) -simon С) -gi (-ki) D) -dor
87. Xoslik ma’nosini bildiruvchi sifat yasovchi
qo‘shimcha qaysi?
A) -iy (-viy) B) -simon С) -gi (-ki) D) -dor
88. Dastlabki kunlar yo‘l unchalik qiyin
bo‘lmadi. Ushbu gapda qanday ma’no hosil qiluvchi
sifat yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan?
A) payt ma’nosini bildiruvchi
B) xoslik ma’nosini bildiruvchi
C) o‘xshashlik ma’nosini bildiruvchi
D) zidlik ma’nosini bildiruvchi
89. Sifat tuzilishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?
A) 2 turga: 1. Sodda. 2. Qo‘shma
B) 2 turga: 1. Tub. 2. Yasama
С) 4 turga: 1. Sodda. 2. Qo‘sh-ma. 3. Juft. 4. Takror
D) 4 turga: 1. Sodda. 2. Qo‘sh-ma. 3. Juft. 4. Inkor
90. Qo‘shma sifatlar asosan qanday yoziladi?
A) qo‘shib
B) ajratib
С) chiziqcha bilan D) qo‘shib va ajratib
91. Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur
xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi.
Ushbu gapda sifatning tuzilishiga ko‘ra qaysi turi
ishtirok etgan?
A) sodda B) qo‘shma
С) sodda, qo‘shma
D) sodda, qo‘shma, juft
92. Menga o‘xshash esli-hushli yigitga zoriqib
o‘tirgan ekan. Ushbu gapdagi juft so‘z qanday
so‘zlardan tarkib topgan?
A) tub so‘zlardan
B) o‘zaro shakldosh, yasama so‘zlardan
С) o‘zaro ma’nodosh, yasama so‘zlardan D) otdan


32
93. Sifatlar qaysi xususiyatiga ko‘ra asl va nisbiy
sifat kabi turlarga bo‘linadi?
A) bir belgining narsa-buyumlar orasida ortiq-
kamligi jihatidan
B) belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalashiga ko‘ra
С) qo‘llanishiga ko‘ra D) tarkibiga ko‘ra
94. Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalaydigan va uni
darajalab ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan
sifatlar qanday ataladi?
A) asliy sifatlar B) nisbiy sifatlar
С) oddiy darajadagi sifatlar D) yasama sifatlar
95. Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, boshqa bir
tushunchaga nisbatlangan holda ifodalaydigan va
uni darajalab ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan
sifatlar qanday ataladi?
A) asliy sifatlar B) nisbiy sifatlar
С) oddiy darajadagi sifatlar D) yasama sifatlar
96. Bir belgining narsa-buyumlar orasida ortiq-
kamligi jihatidan farqlanishi nima deyiladi?
A) asliy sifatlar B) nisbiy sifatlar С) sifat darajalari
D) sifatning tuzilishiga ko‘ra turlari
97. Nechta sifat darajasi mavjud?
A) 2 ta B) 3 ta С) 4 ta D) 5 ta
98. Narsa-buyumlar orasidagi belgi o‘zaro
taqqoslanmasa, qanday daraja hosil bo‘ladi?
A) orttirma daraja B) qiyosiy daraja
С) ozaytirma daraja D) oddiy daraja
99. Boshqa darajalar uchun asos vazifasini
bajaruvchi daraja qaysi?
A) orttirma daraja B) oddiy daraja
С) qiyosiy daraja D) ozaytirma daraja
100. Daraja ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan
daraja qaysi?
A) orttirma daraja B) oddiy daraja
С) qiyosiy daraja D) ozaytirma daraja
101. Go‘zal bir yigit eshikni ochdi. Ushbu gapda
sifatning qaysi darajasi qo‘llangan?
A) orttirma daraja
B) qiyosiy daraja
С) ozaytirma daraja
D) oddiy daraja
102. Narsa-buyumdagi belgining boshqalarga
nisbatan ortiq yoki kamligi qiyoslanishi qaysi
darajani hosil qiladi?
A) orttirma daraja
B) oddiy daraja
С) qiyosiy daraja
D) ozaytirma daraja
103. Qiyosiy daraja qanday hosil qilinadi?
A) nim, picha, sal kabi so‘zlar bilan
B) -roq qo‘shimchasi bilan
С) -mtir (-imtir), -ish kabi qo‘shimchalar bilan
D) sifatning birinchi bo‘g‘inini ba’zi tovush
o‘zgarishlari bilan takrorlash orqali
104. Belgining me’yordan kam ekanligini
bildiruvchi daraja qanday ataladi?
A) orttirma daraja
B) oddiy daraja
С) qiyosiy daraja
D) ozaytirma daraja
105. Ozaytirma daraja qanday hosil qilinadi?
A) 1. Nim, picha, sal kabi so‘zlar bilan.
2. -roq qo‘shimchasi bilan
B) 1. Eng, nihoyatda, juda kabi so‘zlar bilan.
2. Sifatning birinchi bo‘g‘inini ba’zi tovush
o‘zgarishlari bilan takrorlash orqali
С) 1. Birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘indan keyin
to‘xtam berish orqali. 2. -mtir (-imtir), -ish kabi
qo‘shimchalar bilan
D) 1. Nim, picha, sal kabi so‘zlar bilan.
2. -mtir (-imtir), -ish kabi qo‘shimchalar bilan
106. Belgining boshqa narsa-buyumlarga qaraganda
ko‘pligini bidiruvchi daraja qanday ataladi?
A) orttirma daraja
B) oddiy daraja
С) qiyosiy daraja
D) ozaytirma daraja
107. Orttirma daraja qanday hosil qilinadi?
A) eng, nihoyatda, juda kabi so‘zlar bilan
B) sifatning birinchi bo‘g‘inini ba’zi tovush
o‘zgarishlari bilan takrorlash orqali
С) birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘indan keyin to‘xtam
berish orqali D) barchasi
108. Sifatning nechta ma’no turi mavjud?
A) 4 ta B) 5 ta С) 6 ta D) 8 ta
109. Sifatning ma’no turlarini sanang.
1. Xususiyat bildiruvchi sifatlar. 2. Rang-tus
bildiruvchi sifatlar. 3. Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar.
4. Hajm-o‘lchov bildiruvchi sifatlar.
5. Hid bildiruvchi sifatlar. 6. Makon-zamon belgisini
bildiruvchi sifatlar. 7. Daraja-miqdor belgisi-ni
bildiruvchi sifatlar. 8. Holat belgisini bildiruvchi
sifatlar.
A) barchasi
B) 1, 2, 4, 6, 7, 8
С) 1, 2, 3, 4, 5, 6
D) 1, 3, 4, 5, 7, 8
110. Xususiyat bildiruvchi sifatlarga qanday sifatlar
kiradi?
A) chiroyli, baland, benuqson, qadimiy
B) mazali, qiyshiq, to‘g‘ri, egri
С) aqlli, xushfe’l, odobli, uyatchan
D) buyuk, chiroyli, og‘ir, keng



Yüklə 243 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin