7
Fe’lning
otga xoslangan shakli harakat nomi deyiladi va fe’l
asoslariga -(i)sh, -
(u)v, -moq qo‘shimchalarini qo‘shish yo‘li bilan yasaladi.
Masalan: yasha+sh, kel+ish, ayt+uv, bil+moq.
a yoki i unlisi bilan tugagan fe’l asoslariga
-v qo‘shimchasi qo‘shilganda,
a unlisi o ga, i unlisi u ga aylanadi va
shunday yoziladi
(
tovush almashishi) Masalan, ishla – ishlov, tani —tanuv.
Harakat nomi
otlar kabi egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini oladi va
gapda ular bajaradigan gap bo‘laklari vazifasida keladi. Masalan: Chiroyli
yozishni o‘rgan! Yozuving yomon emas.
Fe’lning
sifatga xoslangan shakli
sifatdosh deyiladi. Sifatdoshlar fe’l
asoslariga
-gan (-kan, -qan), -ydigan (-adigan ), -(a)yotgan, -(a)r qo‘shimchalarini
qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Sifatdoshlar shaxs va narsalarning
belgisini bildirishi bilan
sifatga o‘
xshaydi.
Sifatlar shaxs va narsaning
turg‘un, barqaror belgisini ifodalasa,
sifatdoshlar
o‘
zgarish, harakat belgisini ifodalaydi. Solishtiring:
katta (sifat) daryo, oqar
(sifatdosh) daryo.
Sifatdoshlar fe’l shakli bo‘lganligi uchun
fe’lga xos bo‘lgan
zamon, bo‘lishli-
bo‘lishsizlik, nisbat ma’nolarini ifodalaydi.
Sifatdoshning
-gan (-kan, -qan) qo‘shimchasi shaxs-narsalarning
o‘tgan
zamonga xos harakat belgisini ifodalaydi.
Bu qo‘shimcha
unli bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib, -
gan holida
talaffuz
qilinadi va shunday yoziladi (o‘qigan, yashagan kabi).
Dostları ilə paylaş: