113
jamoaning barcha mulkini qayta taqsimlaydi,
shu bilan jamoa
mulkining ham egasi ekanligini ko‘rsatadi.
dehqonchilik bilan shug‘ullanish sharoitida boshliq jamoani jins,
yosh, avlod, oiladagi mavqega ko‘ra boshqargan. Odatda asta-sekin
bir nechta qo‘shni jamoalarning nufuzlisi atrofida birlashish hodisasi
yuz berishi ham mumkin. nufuzli jamoa markazidagi ilk shaharlarda
ibodatxona, saroy, xazina, omborlar qurilgan. natijada oqsoqollarning
eng kuchlisi yuqoridagi tarzda shakllanayotgan ilk davlatning sardori
bo‘lgan.
sharqda dastlab
nomajburiy ijtimoiy hokimiyat, so‘ngra
majburiylikka asoslangan davlat hokimiyati vujudga kelgan. bunda
boshqaruvchilarning o‘rni va ahamiyati tobora oshib borgan.
buning natijasi o‘laroq kim hokimiyatga aloqador bo‘lsa, uning
boshqa sohalarda ham ahvoli tegishli tarzda belgilangan. hokimiyat
egasi qo‘lida boylik va mulk bo‘lgan. shunga ko‘ra kim hokimiyatga
ega bo‘lsa, barcha narsalarga,
jumladan, mulkka ham ega bo‘lgan.
qadimgi sharq mamlakatlari sivilizatsiyalarida hokimiyat-mulk
tamoyili amalda bo‘lgan. Oddiyroq qilib aytilsa, bunday tamoyilda
hokimiyat mulkni tug‘dirgan, hokimiyatdan mahrum bo‘lish esa
barcha mulkdan ajralishgacha olib borgan.
«G‘arb» atamasi dastlab yevropada
xv–xvii asrlarda qaror topgan sivili-
zatsiyaviy va madaniy rivojlanishni ifo da -
lash uchun qo‘llangan bo‘lsa, hozir gi vaqtda ratsionalizm nasroniylik
an’analari, ma’rifatchilik,
vakolatli demokratiya, individuallikning
jamoaviylikdan
ustunligi, ilmiy-texnikaviy ravnaq va hokazo
ma’naviy qadriyatlar ma’nosida tushuniladi.
«G‘arbchilik»ning ildizi
antik davrga borib taqaladi.
«Antik» so‘zi lotinchada «qadimgi» degan ma’noni anglatsa-da,
bu atamada qadimgi yunoniston va qadimgi Rimni tushunish qabul
qilingan.
yunonlardagi ravnaqda tashqi omilning o‘rni katta bo‘lgan. ular
finikiyaliklardan yozuvni, suryoniylardan qumdan oyna tayyorlashni,
dengiz hayvonlaridan bo‘yoq olishni o‘rganganlar, misrliklar va
bobilliklardan aniq bilimlar yutuqlarini o‘zlashtirganlar. O‘rtayer
dengizida kemachilikning rivojlanishi
va savdo aloqalarining
kengayishi bularning eng samarali natijalaridan edi.
Dostları ilə paylaş: