127
davolaganlar. ko‘z gavhari faoliyatini o‘rganish tibbiy optika
rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi.
Abu Ali ibn Sino (980–1037) nafaqat
islomiy sivilizatsiya
doirasida, balki insoniyat hayoti o‘rta asrlar davrida universal
bilim sohibi bo‘lgan. uning tibbiyotga oid 43 ta asar yozganligi
ma’lum.
«Tib qonunlari» asari yevropada 600 yil davomida yagona
yetuk qo‘llanma bo‘lgan. bu asar ko‘p jihatlari bilan hozir ham o‘z
ahamiyatini saqlab kelmoqda.
islom ichida zohidlik harakati ko‘rinishida
viii asrning o‘rtalarida kurtak yoygan va u
o‘z ichiga tarix, kosmogoniya, biologiya,
mifologiya hamda ilmiy tafakkur va boshqa
ijobiy sohalarning ayrim
belgilarini qamrab olgan hodisadir.
xiii–xiv asrlarda tasavvuf ham nazariy-ilmiy, ham amaliy
harakatchilik nuqtayi nazaridan o‘zining yuksak cho‘qqisiga ko‘ta-
riladi. Mohiyatan insonparvarlik g‘oyalari, Soflik, Haqiqat, Go‘zal-
lik, kamolot aqidalarini ifodalagan
tasavvuf islom madaniyatiga
ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi.
Abdurahmon Jomiyning «nafahot ul-
uns min al hazarot ul-quds» asarida 664 so‘fiyning nomi keltirilgan.
Alisher Navoiyning «nasoim ul-muhabbat» asariga ham juda ko‘plab
so‘fiylar kiritilgan. Shulardan
100 dan ortiqrog‘i
Turkistonda yetishib
chiqqan buzrugvorlar hisoblanadi.
So‘fiylarning mashhurlari ilohiy ma’rifatni egallash uchun o‘zining
ruhiy-axloqiy kamolot yo‘lini – tariqatini maydonga keltirganlar.
markaziy Osiyoda
Xoja Ahmad Yassaviy (1166-yilda vafot etgan),
Najmiddin Kubro (1145–1220) va
Xoja Bahovuddin Naqshbandning
(1318–1389) tariqatlari mintaqadan tashqarida ham keng tarqalgan
edi.
narsa, hodisa va jarayonlarning tizimiy
tuzilganidan
kelib chiqilsa, islomiy
min taqalar sivilizatsiyasida bir qancha
xususiyliklar va o‘ziga xosliklarni ko‘-
rish mumkin.
haqiqatan ham, markaziy Osiyoning dehqonchilik
markazlari bilan chorva makonlari ham bir-biridan anchagina farq
qilgan. boshqacha qilib aytganda, tizimning har bir bo‘lagi boshqa bir
bo‘lagi bilan o‘zaro umumiy g‘oyalar, qoidalar asosida bog‘langan.
ammo o‘ziga xosligi, turmush tarzi, an’analar va urf-odatlarga ko‘ra
Dostları ilə paylaş: