144
imperiyasi tomonidan bosib olinishining
sivilizatsiyaviy oqibatlari
turkiy xalqlardan buning muqobilini qaytarib olishi ham ushbu
mustamlakachilikdan kutilgan edi. shu
sababdan ham bosqinchilik
g‘oyat shafqatsiz kechdi.
Rossiya mustamlakachilari turkistonning bosib olingan hudud-
larida hayotning hamma sohalarini o‘z davlati,
millati xohishiga
ko‘ra o‘zgartirish harakatini boshlab yubordilar. bosh gubernatorlik
tuzildi, uning boshlig‘i podsho noibi, qo‘shinlar qo‘mondoni,
kazaklar atamani, bosh mirshab, bosh prokuror, vassallar hisoblangan
buxoro va xivaning nazoratchisi edi. ko‘rinib turibdiki, xix asrning
ikkinchi yarmida boshqaruvning bu
tarzi shu davrdagi yevropa
sivilizatsiyasida erishilgan maqomga mutlaqo mos kelmagan va sof
rus mustamlakachiligi edi.
shahar va qishloqlarni boshqarish ham mustamlakachilik
maqsadlariga bo‘ysundirilib, ko‘chirib keltirilgan rus aholi manfaat-
lariga xizmat qilgan. O‘lka darvozasi lang ochiq – unga Rossiyadan
istagan toifadagi aholi kelib mahalliy xalq hisobidan juda ko‘p
narsalarga erisha boshlaganlar. bularni hatto Rossiyaning o‘zida
kinoyali tarzda «janob toshkentliklar» deb atashgan. iqtisodiy jihatdan
rus mustamlakachiligi shunda ko‘rinadiki,
ulkan boyliklarni talash
maqsadida soliq siyosatidan tortib temiryo‘llar qurilishigacha barcha
vositalar ishga solindi.
metropoliya (markaz) turkistonga sanoat mahsulotlarini sotish
bozori sifatida ham qaragan. sotilgan mahsulotlar puliga ipak, paxta,
teri,
quruq mevalar xarid qilinib, markaziy shaharlarga jo‘natilib
turilgan.
mustamlakachilar mavjud bo‘lgan maktablar va madrasalar
tarmoqlari xavfli hisoblanib, ruslashtirishni ayni shu sohadan – rus-
tuzem maktablari qurishdan boshlashga qaror qilindi.
tub aholi ma’naviy-ruhiy kechinmalariga zarur ta’sir ko‘rsatadigan
musulmon muassasalari – madrasalar, diniy boshqaruv idoralari, oila
va nikoh tizimi ishlariga faol aralashuv boshlandi.
ayni vaqtda, mustamlakachilar mahalliy doiralarning ma’lum
qismidan boshqaruvning quyi bo‘g‘inlarida
foydalanishni lozim
topdi.
xo‘sh, ajdodlari jahoniy sivilizatsiyalar yaratgan mahalliy xalq
bularga javoban qanday yo‘l tutdi? mehnatkash xalq ko‘pincha
Dostları ilə paylaş: