170
ko‘ra tashkil etilgan
«Mahalla» jamg‘armasi oldiga quyidagi vazifalar
qo‘yilgan:
– mamlakat aholisining tarixan
tashkil topgan odatlari va
an’analarini boyitish va saqlab qolishga har tomonlama ko‘mak
berish;
– yetimlar, nogironlar, yolg‘iz qarilar, kam ta’minlangan oilalarga
nisbatan insonparvarlik va rahm-shafqat yordami ko‘rsatish va sohaga
oid g‘oyalarni targ‘ib qilish;
– o‘z-o‘zini boshqaruv bo‘g‘ini bo‘lgan mahallaga uning ko‘p
qirrali faoliyatida tegishli yordam ko‘rsatish va h.k.
O‘zbek xalqi islomiy dindorligining mahalla bilan bog‘liqligi
haqida ham eslatib o‘tish joiz. islomning beshta asosiy farzlaridan
biri bolgan zakotning mahalladagi kambag‘allar,
yetim-yesirlar,
boquvchisi yo‘q ayollar va boshqa muhtojlar o‘rtasida taqsimlanishi
kabilar umumfuqaroviy ahamiyatga egadir.
Asosiy tushunchalar
•
Fuqarol
ik jamiyati – demokratik huquqiy davlat sharoitlarida
fuqarolarning o‘z manfaatlarini to‘laroq himoya qilishda zarur
bo‘lgan nodavlat, nosiyosiy, notijorat birlashmalari jamidir.
•
nodvalat tuzilmalar – fuqarolar bilan davlat o‘rtasida
konstitutsiya talablari asosida vositachilik qiluvchi tash-
kilotlar.
•
mahalla – sug‘orma dehqonchilikka asoslangan an’anaviy
jamiyatlarda paydo bo‘lib, davom
etib kelayotgan ijtimoiy
institut sifatida o‘tish jamiyatlari
da
ham jiddiy mavqega
egadir.
Savollar va topshiriqlar
1. Fuqarol
ik tuzilmalarini jamiyat
ichidagi jamiyat tarzida
qarash to‘g‘ri bo‘ladimi?
2. notijorat tashkilotlar qanday maqsadni ko‘zlaydilar?
3. mahalla hokimiyati bilan davlat hokimiyatining nisbatini
mulohaza qili
ng.
Dostları ilə paylaş: