187
esa ko‘pdan ko‘p salbiy jihatlarni keltirib chiqarmasligi mumkin
emas.
mazmuniga ko‘ra amerikacha madaniyatni
ifodalagan
bu jarayon, albatta, yagona,
emas. unda lokalizatsiya – global mada-
niyatni mahalliy sharoitlardan kelib chiqib
o‘zlashtirish ham muhim hisoblanadi. bu yerda globallashuv jarayoni
duragaylashuv orqali namoyon bo‘layotgani ravshandir.
yuqorida ham aytilganidek, globallashuv g‘arb ta’sirining dunyoga
yoyilishi bilan boshlangan. lekin madaniyat sohasida, ayniqsa, keyingi
davrlarda, boshqa jihat – sharq madaniyatining ham g‘arbga muayyan
ta’siri ko‘zga tashlanmoqda. gap bu yerda
New Age shaklidagi diniy
madaniyatning yevropa va amerikadagi millionlab kishilarga
karma,
individ bilan tabiat o‘rtasidagi mistik aloqalar va boshqalar singari va
meditatsiya, yoga, jangovor san’at va hokazolarning tasavvur hamda
xatti-harakat darajalaridagi ta’siri to‘g‘risida boradi.
globallashuvning madaniyat sohasidagi ko‘rinishidan ma’lum
bo‘ladiki,
bu sohada,
birinchidan, texnologik munosabatlar
tobora ko‘zga tashlanmoqda,
ikkinchidan, kichik madaniyatchilik
(multkulturalizm) yuzaga kelib «individual madaniyat»ni voqelash-
tirmoqda;
uchinchidan, madaniyatning axloqiy, diniy va etnik
boshqaruvchilari kabi muhim qadriyatlarining ahamiyati pasaymoqda;
to‘rtinchidan, ommaviy madaniyat
va maishiy industriya keng
tarqalmoqda.
bularning bari ko‘rsatadiki, globallashuv jarayoni hozirgi
jamiyatda jipslashuvga olib kelmaydi, balki shaxslararo an’ana-
viy aloqalarning yo‘qolib borishi, begonalashuvni,
berilgan
imkoniyatlardan qoniqmaslikni keltirib chiqaradi.
globallashuv jarayonining ziddiyatli
kechishi, unga qarshi harakatni yuzaga
keltirishi tabiiydir.
antiglobalizm deb
atalgan, yuzaga kelgan yoki kelayotgan xavfni yaqqol tushunish
va bartaraf etishga qaratilgan ushbu harakatga eng zarur mazmun
va yo‘nalishlar berilsa, u quyidagicha tarzda ifodalanishi mumkin:
insoniyat sivilizatsiyasiga bo‘lgan jiddiy
xavfni yaqqol tushungan
kishilar tomonidan hamma joyda, aholining barcha qatlamlari orasida
inson, uning hayoti ma’nosi va maqsadi to‘g‘risida zamonaviy va
ilg‘or qarashlarni keng yoyish;
Dostları ilə paylaş: