200
(yaponiya) eng katta tmklar sifatida g‘oyat kuchli ta’sir vositalariga
egadir. ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar va
ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzlab milliard dollarni tashkil etadi.
yuqorida keltirilib dunyo tomonlari nomlari bilan ataluvchi
mintaqalardan tashqari xomashyo manbayi
«Janub»ni ham ko‘rsatib
o‘tish lozim. sobiq sovet davlati va «sotsialistik hamdo‘stlik»
o‘rnida paydo bo‘lgan
davlatlar o‘tish holatidagi mamlakatlar deb
qaraladi. to‘g‘ri, ulardan ba’zilari, masalan,
Litva, Polsha, Chexiya
kabi davlatlar yevropa ittifoqidan tashqari natOga ham a’zo bo‘lib
kirishgan.
E.Vallershteynning ta’limoti industrial
jamiyatlar nazariyalari
asoschilari
R.Aron, D.Bell, Z. Bzejinskiy, J.Gelbreyt, U.Rostou
ta’limotlari bilan umumiylikka ega bo‘lganidan «markaz»ni asosiy
konturlari ko‘rinib
qolgan axborot-texnologik, «yarim uzoqdagi-
larni – sanoatlashgan, «markazdan uzoqdagilar»ni esa
an’anaviy –
agrar jamiyatlar deb qarash mumkin.
Jahonda bir-biriga yaqin «uchinchi
dunyo», «kam rivojlangan davlatlar»,
«rivojlanayotgan mamlakatlar»
degan
nomlardagi davlatlar farqlanadi. «uchinchi dunyo» mamlakatlari
o‘z davrida birinchi dunyoga mansub aqsh va sobiq sovet davlati
boshqargan harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaganlikdan
tashqari
mustamlakachilik asoratlarini yo‘qotish bo‘yicha milliy-demokratik
yo‘lni tanlaganlari bilan ham tavsiflanadi.
«uchinchi dunyo» «markaz» davlatlari uchun xomashyo manbasi
hisoblangan «uzoqlikda»gi davlatlardir. ulardan ko‘pchiligi hozir
ham shunday. umuman olganda, «markaz» «uzoqda»gi davlatlarni
yaratadi, nazorat qiladi va boyliklaridan o‘z maqsadlarida foydalanadi.
«markaz»ning aholisi
1,2 mlrd. kishi bo‘lsa, «uzoqlikda»
2,3 mlrd.
aholi yashaydi. «uzoqlikda» qazilma
boyliklar qayta ishlanmaydi
balki to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport qilinadi. kam sonli sarmoyadorlar
o‘z mablag‘larini mamlakatlaridan chetda ishlatadilar.
mahalliy
ziyolilar ham asosan chet el kapitali xizmatiga o‘tgan bo‘ladi. davlat
hokimiyati uchun turli qabila guruhlari o‘rtasida keskin kurash
borganidan tez-tez davlat to‘ntarishlari bo‘lib turadi. bunday sharoitda
ijtimoiy
va milliy totuvlik, diniy bag‘rikenglik haqida to‘xtalishga
zaruriyat yo‘q.
Dostları ilə paylaş: