23
insonning kelib chiqishi bilan bog‘liq
bo‘lgan nuqtayi nazarlarning yuqorida
qayd qilingan
kamchiliklarini bartaraf
qilish maqsadida keyingi yillarda antropogenezning ilk tabiiy
zaminlariga e’tibor kuchaymoqda.
Jumladan, bunda vulqonlarning
tevarak-atrofga ko‘rsatadigan ta’siri, yerda iqlimning o‘zgarishi,
quyosh va boshqa koinot obyektlaridan keladigan ta’sirlar, radia -
t siyaviy fon va hokazolar to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda.
yana shuni ta’kidlash joizki, yuqorida
sanalgan tabiiy asoslar
avval ko‘rib chiqilgan nuqtayi nazarlarning ba’zilari, masalan, mehnat
nazariyasi komponentlari bilan chambarchas bog‘liq. Bu tasodifiy
emas. Chunki hozirgi tadqiqotchilar
ham qadimgi gominidlarning
insonga aylanishi jarayonini o‘rganishdi. Faqat gap bu yerda mehnat
nazariyasi to‘g‘risida bormay, balki tabiatdagi anomal hodisalarning
inson kelib chiqishi jarayonida tutgan o‘rni haqidadir.
darhaqiqat, normal holatdagi o‘simlik yoki hayvon, shuningdek,
inson ham anomal ta’sir ostida ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarga
uchrashi aniq. masalan, ota-onalarga o‘xshamaydigan odatdan
tashqari qobiliyatli farzandlar dunyoga keladi. ular o‘zlari mansub
bo‘lgan turning rivojlanishi qonunlariga go‘yo bo‘ysunmaydigan
holdadir. agar bular insonni o‘zining qadimgi hayvon ajdodlaridan
paydo bo‘lishi jarayoni
tarzida mulohaza qilinsa, xiyla mantiqiylik
kuzatiladi.
ma’lumki, afrika qit’asining janubida yer ostida jahondagi barcha
uranning 70 foizi mavjud. Fan ma’lumotlariga ko‘ra, ayni shu mintaqa
odamlarning ilk vatani – ularning kelib chiqqan joyidir.
Radiatsiyaviy
fon yer qobig‘ining yorilishi, vulqonlarning faollashuvi, geomagnit
anomaliyalar va hokazolar natijasida kuchayib, bu yerdagi odamsimon
mavjudotlar tanasida
mutatsiya – jiddiy o‘zgarishlar hosil qilishi faraz
qilinadi. mutatsiyalar tufayli primatlarda to‘la
tarzda tik yurishga
o‘tish, bosh suyagi hajmining kattalashuvi, jinsiy instinkt tabiatining
o‘zgarishi va hokazolar ro‘y bergan. Jarayonning bundan keyingi
davomi, ba’zi ilmiy farazlarga ko‘ra, qurollarning tayyorlaridan
foydalanish, keyinroq esa ularni yasash va takomillashtirish tarzida
kechgan. bu esa ilk odamning tubdan o‘zgarishiga va oxir-oqibatda
aqlli odam bosqichiga o‘tishini ta’minlagan.
inson kelib chiqishining anomal
nazariyasida boshqa nuqtayi
Dostları ilə paylaş: