29
8. sinergetika antroposotsiogenezni tushuntirishda nimaga
asoslanadi?
9. Antroposotsiogenezda tasodifiylarning turi qanday?
10. inson shakllanishi ilk davrlari tezlashganini sinergetika
qanday tushuntiradi?
5-§. Sotsiogenezning boshlanishi
antropogenez nazariyalaridan ko‘ ri na-
diki, ularda
insonning ke lib chiqishida
aniqlanmagan va tushuntirilmagan jihat lar
anchagina. insondek murakkab mavjudot tadrijini izohlashda, balki
bu tabiiy holdir. shunga ko‘ra, bu nazariyalar bir-birini to‘ldiradi,
deb hisoblash mumkin. ulardan mantiqan o‘zini oqlaganlaridan
(masalan, qurolsozlik, mehnat nazariyalaridan)
ishchi nazariya
sifatida foydalanish tavsiya etiladi. insonning kelib chiqishida tabiiy
jarayonlarning o‘rni alohida bo‘lsa-da, boshqa jihatlarni ham inkor
etib bo‘lmaydi.
antropogenez jarayoni sotsiogenez (lotinchada socialis umumiy-
ijtimoiy va genesis – kelib chiqish) jarayoni bilan to‘ldirilganda xiyla
oqilona tushuntirilishi mumkin.
insonning sotsiogenezi haqidagi farazlar antropogenezni izoh-
laydigan ta’limotlardan anchagina ortiqligi bilan ajralib turadi.
Antropogenez tabiatshunoslik, birinchi navbatda, biologiyaviy fanlar
bilan izohlansa, sotsiogenez kishilik hayoti turlicha tashkil etilganligini
o‘rganadigan ijtimoiy-gumanitar bilimlar orqali tushuntiriladi. bu
bilimlar tabiatidagi o‘ziga xosliklardan kelib chiqilsa, sotsiogenezning
bayoni qanchalik murakkabligi ravshanlashadi. shunga ko‘ra,
sotsiogenez nazariyalarida ko‘p jihatlardan
formal mantiq kuchiga
tayanishga to‘g‘ri keladi.
Oldinroq aytilganidek, antropogenez
tarixi bir necha million
yil avval boshlangan bo‘lib, dastlab primatlar qurollar bilan ishlash
faoliyatiga ega bo‘lmagan. bular tayoqlar va toshlardan faqat himoya
va hujum vositasi sifatida foydalanganlar.
inson tadrijining sotsiogenezi (bu jarayon 2 million yildan
beri davom etadi) kishilarning sotsiumga mansub zotlar bo‘lib
shakllanishini anglatadi. bunday shakllanish
kishilarning muayyan
Dostları ilə paylaş: