31
qurollar yasash ekanligi aytiladi. antro pogenezning markscha
tushuntiradigan ta’limotida buni hayvondan insonga o‘tishning
bosh
bo‘g‘ini tarzida qarash mavjud. bu, albatta, o‘zining mavhumligi
bilan ba’zi chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Chunki insonning
hayvon ajdodlaridagi sodda qurollarni yasash va ulardan foydalanishi
to‘laligicha
antropobiologik instinktivlikdan iborat bo‘lgan. bunda,
birinchi navbatda, bu ajdodlarning hayot faoliyati uchun yordamchi
vosita bo‘lib hisoblangan va, nihoyat, faoliyat orqali hayvonlar tashqi
muhitga instinktiv moslashgan. hayvonlarda instinktiv qurollar yasash
faoliyati shakllarining kelib chiqishi gominidlardan insonga o‘tishni
amalga oshirishning asosi bo‘lib xizmat qilgan.
gominidlar rivojlanishida insoniylikning boshlang‘ich
davri
bo‘lib qurolsozlik faoliyati va undan instinktiv yordamchi vosita
sifatida foydalanishning asta-sekin inson hayot faoliyatining o‘ziga
xos usuliga o‘tishi hisoblanadi. O‘ziga xoslik esa mehnat qurollarini
yasash, ishlab chiqarish alohida ehtiyojga aylanishidan iboratki, busiz
inson hayotining o‘zi ham amalda bo‘lmas edi.
qurolsozlik faoliyati tufayli ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti
kabi zaruriy munosabatlarning kurtaklari qaror topadi. ya’ni, ibtidoiy
jamoaning har bir a’zosi hayot kechirishni ta’minlash
vositasining
o‘ziga tegishli qismini bajargan. qurollar murakkablashib borgan sari
jamoa a’zolarining o‘zaro bir-birlariga bog‘liqligi ham shunga muvofiq
ortib borgan. ayni vaqtda, bu holat individual qobiliyatlarni namoyon
etish shart-sharoitlarini yaratib, birgalikda
kechadigan faoliyatning
unumdorligini oshirgan.
insondagi bu mehnat taqsimoti eng tipik ko‘rinishda bamisoli
asalarilar oilasidagi tabiat tomonidan instinktiv belgilangan dasturlarni
eslatadi.
Dostları ilə paylaş: