33
Ruhiyatning tarkibiy tuzilishini, yuqorida aytilganidek, eng oddiy
ko‘rinishda
hislar, iroda va
idrok holida olish mumkin. bu ularning
har biri o‘z tashuvchisi faoliyatining tegishli shaklini, masalan, hislar
kishilarning ilk uyushmalari ichida
hamkorlikni, iroda – dushmanlar
bilan kurashishda
qat’iyatni, idrok esa
u yoki bu tarzda bularni
boshqarishni ta’minlagan.
hozirgi zamon fani ruhiy jarayonlar kechishini qator jihatlarga
ko‘ra irsiyat bilan ham bog‘liqligini isbotladi. ya’ni,
inson eng
qadimgi avlodlari populyatsiyalari o‘rtasida genlar almashuvi – irsiy
xususiyatlar ham ruhiyatning sotsiogenez omili bo‘lishiga ko‘mak
bergan.
sotsiogenez tizimida inson shakllani-
shining uning ruhiyatida qaror topayot gan
tafakkuri bilan aloqadorligi ham muhim
hisoblanadi. bu yerda butun va bo‘lak aloqadorligini eslash o‘rinli.
negaki, shakllanayotgan tafakkur inson
sotsiogenezi omillaridan
sanalgani holda, o‘z tashuvchisi bo‘lgan insonga to‘laligicha
tegishli.
inson tafakkuri markazida uning yashashga bo‘lgan
intilishini,
erishilgan
tajribani mulohaza qilib undagi zarur jihatlarni ajratib
olish orqali vaziyatga ta’sir etish yotadi. ilk insonda dastlab tashqi
dunyo jarayonlari o‘rtasidagi
aloqani anglash, yuzaki
qiyoslash va
muvofiqligini bilish tasodifiy yuz bergan deb hisoblanadi. Bunda inson
ajdodlari tafakkuri doirasi butun va bo‘lak munosabatni tushunish,
makon va vaqt bog‘liqligini anglash hamda obyektlarni o‘zaro
solishtirishda ularning tafakkur mantiqi
hali ratsionallikdan xiyla
uzoq bo‘lgan. ya’ni, tabiiy, hissiy bo‘lib, obyektni qamrashga harakat
qilingan.
ibtidoiy kishilar tafakkuri moddiy ifodasini tilda topgan. lekin
tafakkur va til tarkibiy tuzilishi jihatidan farq qiladi. ilk davrdanoq
tafakkur shakllari va qonunlari uning tashuvchisiga nisbatan bir xil
bo‘lgan. tafakkur har doim muayyan tildagi aqliy faoliyatdir. til
bundan farqli holda tashuvchisi guruhi doirasi bilan cheklangan.
uning moddiy ko‘rinishi bo‘lgan nutqning kelib chiqishi gominidlar
kichik oilasi (pitekantrop, neandertal) davriga to‘g‘ri keladi. har bir
til o‘ziga xos tarkib va ma’nodan iborat bo‘ladi. bu
davrda til og‘zaki
nutq – vokalizatsiya shaklida, mimika,
gavdaning holati va ishora
yordamida olib borilgan aloqa ko‘rinishida mavjud bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: