42
ko‘rinib turibdiki, bularda insonning
asosiy mohiyati biolo-
giyaviylikdan iborat bo‘lib chiqadi. holbuki, insonning hayvonlar
to‘dasidan ajralib chiqqanidan beri unda sotsium dunyosiga mansublik
tobora oshib borishini insoniyatning butun tarixi tasdiqlab kelmoqda.
Faqatgina tibbiyot (bu
–
sotsium hodisasi) rivojlanishi tufayli inson
umri hozir o‘rtacha 75
–
78 yoshni tashkil etmoqda.
bu qadimgi
g‘arbiy yevropada 20
–
22, xviii asrda 30, xx asr boshida 56 yoshdan
iborat edi.
hozirgi vaqtda qator ilmiy-tadqiqot markazlari miya muammo-
larini o‘rganmoqda. ma’lum bo‘lishicha, miya tarkibiga 14 milliard
neyron to‘qimasi kirar ekan. ular yordamida tananing turli a’zolaridan
keladigan va tashqaridan olinadigan axborotlarni to‘plash, saqlash
hamda qayta ishlash amalga oshiriladi.
antroposotsiogenez, xususan, uning
yakuni doirasida hozirgi
vaqtda g‘arbda keng tarqalgan sotsiobiologiya ilmiy yo‘nalishidir.
uning tarafdorlari insonga xos xatti-harakat va holatlarning aksariyat
qismini hayvonot olamida borligiga e’tiborni qaratadi. ular kishilarga
xos umumiyliklarni, jumladan, asalarilar oilasida, chumolilar guruhida,
bo‘rilar to‘dasida ham mavjud deb hisoblaydilar. lekin ularga qarshi
chiqayotgan sotsiologlar, antropologlar ixtiyorida ham ancha asosli
dalillar bor.
z. Freyd va uning tarafdorlari biologik
determinizm
pozitsiyasida turib insonni
tushuntirishning ruhiy tahlil nazariyasida
inson mavjudligini uch omildan — «u», «men» va «supeR
men»dan iborat, deb biladi. agar «u» instinktlikni,
ongsizlikni
ifodalasa, undan ajralgan «men» tashqi muhitga moslashish
jarayonida ongni bildiradi. «supeR men»
esa insoniyat kelib
chiqishi davrida maydonga kelib, «men» faoliyatini yo‘naltiradigan,
cheklaydigan, instinktiv intilishni bosib turadigan bosqich hisoblanadi.
bu nazariyaga ko‘ra kishilar anglab bo‘lmaydigan va tajovuzkor
intilishlarni o‘z ichiga olgan ruhiy hayot sohasidagi doimiy, to‘xtovsiz
kurash holatida bo‘ladilar.
insonning biologik maqomini umumiy darajada bo‘lsa-da aniqlab
olish natijasida ko‘rinadiki,
Mohir odam turi kelib chiqqanidan beri
o‘zining holatini asosan o‘zgartirmagan. shu bilan birga, insonning
sotsiogenez bilan bog‘liq tadriji to‘xtamaydi
deyishga ham yetarli
Dostları ilə paylaş: