57
holda, ya’ni, oqilona muqobillik yetishmay turganda ham shaxs o‘z
erkinligi doirasida yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlardan
o‘zini chetga oladi. shaxsning tanlov erkinligini, insoniyat dunyosida
tutgan o‘rnini jonli tabiatdagi obyektiv saralanish bilan qiyos etish
mumkin. biroq bular o‘rtasida ma’lum farqlanishlar ham bor. tabiiy
saralanish bu – obyektiv jarayon. insonning tanlov erkinligi esa amaliy
xususiyatlar ifodasi bo‘lib ham subyektiv, ham obyektiv tabiatga ega.
tanlov istagan joyida yaratilgan moddiy va ma’naviy
qadriyatlar
o‘rganilishi, o‘zlashtirilishi va ijodiy takomillashtirilishi mumkin.
inson shaxsining bu jihati faqat individual tabiatga ega bo‘lmay,
balki keng ijtimoiy mazmunga ham ega. ya’ni, shaxslargina emas,
balki katta yoki kichik el-elatlar, millatlar va xalqlar ham taqdirlariga
tegishli hollarning barchasida ijtimoiy tanlov erkinligiga egadir. lekin
bular shaxs va ijtimoiy kuchlar sof subyektivligining natijasi emas,
balki pirovardida obyektiv taqozolanganligi oqibatidir.
shaxs erkinligi individual sezgi, subyektiv erkinlik sifatida tanlov
qilishdan boshlansa-da, insonning tabiatan faolligi tufayli yuqoriroq
bosqichlarda – maqsadga erishish uchun tanlangan vositalarni ishlatib,
muayyan xatti-harakatlar qilishda (obyektiv erkinlikda)
nihoyasiga
yetadi.
erkinlikning subyektiv va obyektiv ifodalanishlarida undagi ichki
va tashqi tomonlarning xususiyatlari, o‘zaro bog‘liqligi
va muhim
farqlarni payqash qiyin emas.
shaxs erkinligining ichki tomoni belgilovchi va tuzilishiga ko‘ra
ancha murakkab bo‘lib, asosiy unsurlar sifatida maqsad va vositalarni
tanlash, amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vaziyatlarni bilishni,
bu bilingan, o‘zlashtirilgan tashqi zaruriyatni ichki e’tiqod
bilan
muvofiqlashtirib olish va, nihoyat, o‘zligini to‘la
namoyon etish
kabilarni o‘z ichiga oladi. bular alohida olinganda ham, birgalikda
olinganida va nisbiy mustaqil tarzda ham mavjud.
xx asr yevropa mutafakkirlaridan
M.Xaydegger, K.Yaspers va
J.P.Sartr inson ichki erkinligi masalasida muhim ta’limotlarni ilgari
surganlar. haqiqiy erkin tanlov – bu individning
ichki ehtiyojiga
muvofiq qilingan tanlovki, uning ichki e’tiqodi, samimiyligi, sofdilligi
bilan bog‘liqdir.
tashqi erkinlik – bu, dastavval, mavjud
ijtimoiy munosabatlar
tizimida shaxs o‘rni va ahamiyatining ifodalanishi,
uning ichki
Dostları ilə paylaş: