61
13-§. Buyuk shaxs: asosiy tavsiflar
har bir shaxs – bu muayyan bir siymo.
demak, u tarixda o‘zining katta yo kichik
o‘rniga ega. Chunki tarixning o‘zi ham
shaxslarning birligi va o‘zaro ta’siri, hayot faoliyatining natijasida
qaror topadi.
Odatda tarixiy jarayonda shaxslarning o‘rni masalasi to‘g‘risida
gap borsa, buyuk kishilar faoliyati tushuniladi. shaxslarning buyukligi
o‘zlari mansub bo‘lgan ijtimoiy guruh,
el-elat yoki xalqning fikr-
o‘yini to‘la ifodalab, ularning asosiy maqsad-vazifalarini tarixiy
jarayon kechishining obyektiv mantiq talablariga mos ravishda amalga
oshirishda hal qiluvchi ishlarni bajara olishidadir. bunday shaxsda
dastavval, uni o‘z orasidan yetishtirib chiqargan xalqqa xos sifatlar
ham bo‘ladi. bu sifatlar ularning betakror
shaxsiy xususiyatlariga
aylanib, bajarishi zarur bo‘lgan yumushlarni kun tartibiga qo‘yishda,
ularni ro‘yobga chiqarishda mislsiz jasorat, ulkan tashkilotchilik va
jonbozlik ko‘rsatilishida namoyon bo‘ladi. buyuk shaxs faoliyatida
o‘z xalqini saodatli qilish, o‘zligini ro‘yobga chiqarish, milliy va
davlat mustaqilligini himoya qilish, ilg‘or xalqlar darajasiga ko‘tarish,
natijada insoniyat yalpi taraqqiyotiga baholi qudrat ko‘mak
berish
muhim o‘rin egallaydi.
uzoq tarix saboqlari, bizgacha yetib
kelgan manbalar, jumladan, yunon tarix-
chisi
Xerodot (gerodot) asarlaridan
ma’lumki, o‘zbek
xalqining qadimiy
ajdodlaridan bo‘lgan massagetlar sardori
To‘maris eron shohi kir
bosqinchiligiga qarshi kurashga boshchilik qilib, uning o‘zini halok
etib, eng zarur vazifani bajardi – yurtining mustaqilligini saqlab
qoldi.
buyuk shaxslik xususiyati o‘zbek xalqi tarixida mo‘g‘ul
bosqinchilariga qarshi mardonavor
kurashgan Jaloliddin mangu-
berdi, Chingizxon avlodlari qo‘lidan hokimiyatni tortib olib, milliy
davlatchilikni tiklabgina qolmay, uni jahon miqyosida ravnaq toptirgan
buyuk bobomiz
Amir Temurga ham tegishli. uning markazlashgan
qudratli davlatida ijtimoiy hayotning barcha sohalari keng rivojlandi.
O‘z davlati manfaatlarini ko‘zlab olib borgan urushlari slavyan va
Dostları ilə paylaş: