66
anglash muammosi
ikki antropologiyaviy modelda – tabiiy inson va
yangi yevropacha inson modellari orqali ifodalandi. agar
birinchi
modelda inson tabiiy (biologiya, fiziologiya, psixologiya va boshqa)
fanlar obyekti bo‘lsa,
ikkinchi modelda u o‘zini
olamning markazi
sifatida anglagan, aql-idroki va erkinligini o‘zi yo‘naltiradigan,
o‘z hayotini o‘tmishdan hozirgacha, undan
esa kelajakka borishini
tushungan ijtimoiy mavjudot sifatida baholandi.
Bu fikrlar insonga, uning hayoti mazmuni va maqsadiga ratsional
yondashishning natijalaridir.
xix asr ikkinchi yarmidan boshlab g‘arb tafakkurida shakllangan
irratsional yo‘nalishda o‘lim biologiyaviy ma’nodagina tan olinmay,
inson borlig‘ining nihoyasi sifatida qaraladi. bunday nuqtayi nazarga
binoan, o‘lim diniy yoki siyqa tabiiy
tushunilishdan farqli holda
subyektivlik sohasi voqeasiga aylanadi.
F.Nitsshening so‘zlari bilan
aytganda, inson o‘limi uning hayotidan ko‘ra ahamiyatliroqdir. ya’ni,
o‘lim tuyg‘usi inson hayotini mazmun bilan boyitadi.
Hozirgi vaqtda insonni yigirmaga yaqin ilmiy-falsafiy yo‘nalish
o‘rganadi. ularning barchasida asosan inson hayotining mohiyati,
mazmuni va nihoyasi mushohada qilinadi. bu ta’limotlarga ko‘ra,
inson mohiyati masalasi tahlilida hozirgi sivilizatsiya qadriyatlari
talablarini hisobga olish muhim ahamiyatga egadir.
insoniyat hozirgacha erishgan eng yuksak sivilizatsiya – bu
g‘arb modelidir. bunda tabiiy inson modeli ham singdirilgan. shu
sababli yangi ijtimoiy-ma’naviy inson modeli yuzaga keldi. hozirgi
inson ko‘proq shartli mulohazalar
asosida yashashga moyilki, uni
bunday yashash va fikrlash yo‘liga radio, televideniye, kino, teatr,
badiiy adabiyot va, albatta, o‘zining mustaqil fikr-o‘ylari olib kelgan.
natijada u o‘limidan keyingi hayotidan ko‘proq tashvishlanmoqda.
hayot qancha yaxshi, farovon bo‘lsa, kishiga o‘lim
shunchalik
dahshatli ko‘rinadi.
ma’lumki, o‘lim ekzistensial tomondan olinganda inson individual
hayotining shunchaki yo‘qolib ketishi mumkin emas. O‘lim oldida
qo‘rquvni yo‘qotish qay tarzda uni ma’noli va hatto hayotning
ijodiy momenti sifatida anglashdir.
darhaqiqat, o‘limga faqat
tabiiy hodisa sifatidagina qarash mumkin emas. O‘limni har doim
«madaniyat ko‘zgusi», zaruriyat sifatida idrok etish lozim. O‘limni
madaniyat doirasiga kiritilishdan undan keyingi umrning ma’nosi
Dostları ilə paylaş: