71
iii bob. Sotsium dunyosi
boshqa ilmiy tushunchalar orqali ifodalangan. masalan,
qadimgi
yunon mutafakkirlari qarashlarida jamiyat nazarda tutilib shunday
fikrlar ilgari surilgan: Empedokl (miloddan avvalgi 341–270-yillar)
fikricha,
«kishilar o‘z hayotini yo‘lga qo‘yish uchun ongli ravishda
uyushadilar».
Aflotunning fikricha (miloddan avvalgi 427–347-yillar),
«kishilar ehtiyojlariga ko‘ra bir-biriga muhtojdir».
qadimgi yunonlar qarashlari markazida
turli tomondan taxmin
qilinishi mumkin va lozim bo‘lgan Olamning tarkibiy qismi sifatida
kishilik dunyosi asosan axloq va davlat fenomenlari misolida tadqiq
qilingan. ayni ana shu tushunchada kishilar hayotining boshqa sohalari
ham o‘z aksini topgan.
kishilik hayoti muammolarini keyinroq maxsus tadqiq etgan
mutafakkirlar –
J.Vikoning (1668–1744, «millatlarning umumiy tabiati
to‘g‘risida yangi fanning asoslari»),
I. Gerderning (1744–1803, «inson
tarixi falsafasiga doir») asarlarida «jamiyat»
atamasi ishlatilmay,
«millat» va
«insoniyat» tushunchalari qo‘llangan. xix asrda
O.Kont,
G. Spenser va boshqalarning asarlarida uchray boshladi.
kishilik dunyosi shakllari turli dara-
jalaridan kelib-chiqib, jamiyat to‘g‘risidagi
yangidan yangi qarashlar ilgari surildi.
ulardan
biriga ko‘ra kishilarni jamiyatga
ruhiy hayot o‘xshashligi,
qadriyatlar
mohiyatini bir xil tushunishi birlashtiradi.
Boshqasiga binoan
jamiyat – bu:1) o‘zidan katta tizimga kirmagan birlashma; 2) nikohlar
birlashma a’zolari o‘rtasida
tuziladi; 3) birlashma a’zolari bolalar
hisobiga to‘ldiriladi; 4) hududiga ega; 5) o‘z nomi va tarixiga ega;
6) o‘z
boshqaruv tizimiga ega; 7) o‘zining a’zosi umridan uzoq
vaqt davomida mavjud bo‘ladi; 8) o‘zining madaniyatiga (odatlari,
an’analari, me’yorlari,
qonunlari, qoidalari va h.k.) ega.
Uchinchi
nuqtayi nazar tarafdorlari moddiy-iqtisodiy ishlab chiqarishni kishilik
hayotining asosiy tashkil etuvchisi, deb hisoblaydilar.
ko‘rinadiki, «jamiyat» tushunchasining qo‘llanilish ko‘lami,
tarkibiy jihatlari juda keng va turli-tumandir.
mazkur tushunchaga
keng ma’no berilsa, «jamiyat»
«tabiat ustida turgan olam», «ijtimoiy-
madaniy borliq», «sotsium» bilan bir xil ma’noni anglatadi. ma’lumki,
turli ijtimoiy oqimlar bu tushunchalar yordamida kishilik dunyosi
umumiy masalalarini xilma-xil ta’limotlarda (ba’zan
ular bir-birini
inkor etishi mumkin) ifodalab keldilar.
Dostları ilə paylaş: