72
Jamiyatni keng ma’noda tushunish shartli bo‘lib,
buni hisobga
olmaslik ko‘pgina chalkashliklarni keltirib chiqaradi. masalan,
ovchilar jamiyati bilan kishilik jamiyati sifat jihatidan ham, mohiyat
jihatidan ham boshqa-boshqa ekanligi o‘z-o‘zidan ma’lum.
ya’ni, aniq holda
jamiyat – bu kishilar birgalikdagi faoliyatining
tashkiliy shakllari turli darajalaridan iboratdir. bu faoliyat doirasida
turli-tuman jamiyat va uning a’zolari, ularga mansub bo‘lgan
birliklarning har biri uchun umumiy bo‘lgan ehtiyojlar qondiriladi.
aniqroq
qilib aytganda,
jamiyat – bu o‘z-o‘zicha yetarlilik bo‘lib,
o‘z a’zolari turmush sharoiti uchun barcha zarur jarayonlarni
yo‘lga qo‘yadi, amalga oshiradi. bu «o‘z-o‘zicha yetarlilik»ni
jamiyat bilan uning bir qismi bo‘lgan
siyosiy partiya nisbatini
aniqlash misolida yaqqol ko‘rish mumkin. masalan,
xitoy xalq
Respublikasidagi hukmron partiyaning a’zolari
soni allaqachon
100 million kishidan oshib ketgan. lekin bu partiya jamiyat ichida
mavjud. umumiy soni mingdan ham ko‘p bo‘lmagan yovvoyilar
qabilasi haqiqiy, to‘laqonli jamiyat bo‘la oladi. gap shundaki, etnos
tarixan birinchi o‘z-o‘zicha yetarli ijtimoiy guruh bo‘lgan. «Jamiyat»
tushunchasiga zamonaviy yondashishlar, etnos a’zolari birgalikdagi
xatti-harakatlari bilan zarur hayot sharoitlarini yaratadilar.
so‘z turkumlaridan ot bo‘lgan «sotsium» va «jamiyat» so‘zlaridan
«sotsial» va
«ijtimoiy» sifatlar yasaladi. binobarin, ularni sinonim
sifatida ishlatish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Chunki bu tushunchalar
anglatadigan ma’nolar, garchand yaqin bo‘lsa-da, lekin aynan emas.
«sotsium» tushunchasi «jamiyat» tushunchasidan keng. «Jamiyat»
tushunchasi «sotsium» ifodalaydigan
voqelikni konkretlashtirib
aks ettiradi, uning mavjudlik usulini ko‘rsatadi. ushbu holat va sifat
ko‘rinishidagi «jamiyat», «ijtimoiy» so‘zlarini aniq ishlatish, o‘rnida
qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: