74
tomonlar va jarayonlar hamda ular o‘rtasidagi aloqadorlikni ham
aniqlash mumkin bo‘ladi.
Jamiyatni
umumiy tushunishda mavhum-
likdan konkretlikka,
aniqlikka borish
ta’minlanadi. ya’ni, bunda aniq bilimlar,
masalan, kishilik tarixi rivojlanishining
o‘tmishiga
tatbiqan antik davr jamiyati,
undan keyingi asrlar jamiyati va hokazo bosqichlarni farqlashga imkon
beradi.
Jamiyatning tahlili har qanday sharoitda ham muayyan tamoyillar
va tushunchalar tizimiga tayanadi.
Faoliyatlilik eng asosiy tamoyil sifatida jamiyatni tashkil etgan
kuchlarning aktivligi tufayli maqsadga muvofiq ravishda tevarak-
atrofni va o‘z-o‘zini o‘zgartirishni anglatadi. bunda faoliyat tarkibi
ilgari
surilgan maqsad, tanlangan vositalar,
erishilgan natija va,
tabiiyki, jarayonning o‘zidan ham iborat bo‘ladi.
Jamiyatga faoliyatlilik pozitsiyasidan yondashish asosida
ishlab chiqilgan ma’lum tushunchalar tizimida
kishilik hayotining
eng umumiy aloqadorliklari va xususiyatlari ifodalanadi. bular
jumlasiga
«ijtimoiy munosabat», «ijtimoiy aloqa», «ijtimoiy ishlab
chiqarish», «ijtimoiy jarayon», «obyektiv omil», «tarixiy qonuniyat»,
«sivilizatsiya», «madaniyat», «qadriyat», «maqsad», «manfaat»,
«shaxs», «oila» va h.k. tushunchalar kiradi.
bu tushunchalar jamiyatning konkret sohalarida o‘ziga xos konkret
ko‘rinishda olinadi. xususan, iqtisodiyot
sohasi tushunchalariga
«mulk», «iste’mol», «texnika», «texnologiya», «fan-texnika inqi-
lobi» va boshqalar kiradi.
«Ma’naviyat», «g‘oya», «qadriyat»,
«ma’naviy ehtiyoj», «ma’rifat», «mafkura», «e’tiqod» va hokazolar
ma’naviy soha tushunchalaridir. siyosiy soha tushunchalari o‘z
ichiga
«siyosat», «hokimiyat», «siyosiy guruh», «millat», «davlat»,
«tashkilot», «boshqaruv», «demokratiya» va hokazolarni oladi. bu
tushunchalarning chegarasi doimiy emas.
mazkur tushunchalarni ma’lum tartibotlarga keltirishga har qancha
urinilmasin, ular o‘rtasidagi me’yor hamisha shartlidir. ularda aks
etadigan
jamiyat hodisalari, voqealari va jarayonlari doimo o‘zaro
ta’sirda bo‘lib, bu chegarani o‘zgartirib turadi. Chunki jamiyatga
chuqurroq qaralsa, unda kishilar o‘zlarining
obyektiv va subyektiv
ehtiyojlariga ko‘ra bir-biri bilan ko‘pdan ko‘p munosabatlarni
Dostları ilə paylaş: