81
Asosiy tushunchalar
•
iqtisodiyot – keng ma’noda moddiy-ishlab chiqarish sohasi.
•
mehnat unumdorligi – inson kuch-quvvati va aql-zakovatida,
xususan, mehnat faoliyatidan qanchalik oqilona foydalanganlik
ko‘rsatkichi.
•
«inson-texnika» tartiboti –
asboblardan foydalanish, mexani-
zatsiya va avtomatlashtirish bosqichlari.
•
Fan-texnika inqilobi – fan va texnika, texnologiyada bir vaqtda
yuz berayotgan tub sifat o‘zgarishlari.
Savollar va topshiriqlar
1. «iqtisodiyot» va «iqtisod» atamalarini mulohaza qiling.
2. iqtisodiyotning tarkibi nimalardan iborat?
3. texnologiya nima?
4. ishlab chiqarishning tashkiliy-iqtisodiy shakllarini mulohaza
qiling.
5. ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy tarzlarini tushuntirib
bering.
19-§. ijtimoiy soha
Ruhiyat,
shu jumladan, irodaga ega
bo‘lgan kishilar
iqtisodiy faoliyatidan
tashqari ham muayyan tarzda birikib
hududiy (ovul, qishloq va shahar o‘rtasi-
dagi farqlar),
demografiyaviy (aholining jinsi, yoshi,
kasb-kori va
hokazo jihatlari),
etnik (el-elat va millat bilan bog‘liq),
sinfiy (tipik
holda ko‘proq yevropaga oid) jihatlarda ijtimoiy faoliyat alohida
sohani – ijtimoiy sohani namoyon etadi. ijtimoiy soha ikki –
keng
(butun jamiyatga tegishli) va tor (jamiyat hayotining muayyan sohasi)
ma’nolarida farqlanadi. ikkinchi holda «ijtimoiy soha»
tushunchasi
yuqoridagi tuzilmalardan tashkil topganlik ma’nosida qo‘llaniladi
1
.
1
«ijtimoiy soha» atamasi yanada torroq sohani, masalan, ijtimoiy himoya
qilish, nafaqa ta’minoti va hokazolarni ham anglatishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: