84
20-§. Boshqaruv va siyosat sohasi
boshqaruv o‘zida
jamiyatni muayyan
maqsadlar tomon yo‘naltirish, tarkibiy
unsurlarini
takomillashtirish hamda
rivojlantirishini ta’minlashni ifodalaydi. boshqaruv, o‘z
navbatida,
ikkiga:
stixiyali (masalan, an’ana, odat, bozor munosabatlari
va h.k.) va
o‘z-o‘zini ongli (masalan, oilaviy munosabatlarda)
boshqaruvga bo‘linadi. ikkinchi xil boshqaruv ham ikki ko‘rinishga
ega. birinchisida
majburiylik obyektiv ravishda jamiyat yoki uning
muayyan qismlari obyektiv ehtiyojlari bilan yuzaga kelsa, ikkinchisida
maxsus yaratilgan tashkilotning vazifasi majburiylikni amalga
oshirishdan iborat bo‘ladi.
har qanday
boshqaruvning oliy nuqtasi hokimiyatdir. hokimiyat-
ning umumiy doirasi ichida katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi
munosabat bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy hokimiyat shakli farqlanadi.
siyosiy hokimiyat yuzaga kelishi bilan bog‘liq holda jamiyatning
siyosiy sohasi tashkil topadi. endi siyosatda o‘z ifodasini topmaydigan
ijtimoiy hodisaning o‘zi bo‘lmaydi.
bu soha markazida davlatga
nisbatan munosabat yotadi. Uni quyidagicha ta’riflash mumkin:
davlat – bu insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishining mahsuli, xalqlar
va millatlar hayotining huquq va qonunga asoslanib tashkil etilgan
shaklidir.
davlat va huquqning bog‘liqligi uch asosiy jihatni –
birlik
(o‘zlarining kelib chiqishidagi o‘xshashlik va funksional umumiy-
liklari),
o‘zaro farq (birinchisi kuch-qudratni, ikkinchisi esa irodani
ifodalaydi) va
o‘zaro ta’sirni (davlat tomonidan huquq qonun sifatida
yaratiladi, o‘zgartiriladi, huquq esa davlat faoliyatini qonuniylashtiradi,
uning amal qilish chegaralarini belgilaydi) o‘z ichiga oladi.
hozirgi zamon ijtimoiy qadriyatlari
nuqtayi nazaridan davlat
hokimiyati orqali olib borilgan boshqaruvda ikkita umumiy jihatni
ko‘rish mumkin:
Birinchidan, davlat paydo bo‘lishi bilan kishilar hayotini tashkil
etish va uni boshqarishning tarixan mavjud bo‘lgan
tamoyillari
asosida yangi shakllari qaror topdi.
Ikkinchidan, davlat mavjudligi sharoitlarida behisob vayro-
nagarchiliklar
keltirgan minglab urushlar, butun-butun xalqlarning
Dostları ilə paylaş: