105
bular esa, o‘z navbatida,
to‘rtinchi mehnat
taqsimotini – harbiylar, zodagonlar
va dohiylar bo‘lishini, siyosiy
boshqaruvning kelib chiqishini,
politogenezini shart qilib qo‘yadi.
politogenez jonli tabiatdagi mavjud o‘z-o‘zidan tashkillanishni,
kishilik dunyosi tadriji ma’lum tomondan qadimgi sharqning
sug‘orma dehqonchilik qilinadigan
mintaqalari jamoalaridagi
boshqaruv tuzilmasini, ayniqsa, uning ma’muriy buyruqbozlik
ko‘rinishini bildirgan.
siyosiy hokimiyatning amalda bo‘lishi ijtimoiy hokimiyatda zarur
bo‘lgan
barcha unsurlar bilan birga, qo‘shimcha ravishda quyidagi
jihatlar ham bo‘lishini taqozo etadi:
1. hokimiyatni amalga oshiruvchi guruh yoki guruhlar bilan
hokimiyatning obyekti bo‘lgan guruh yoki guruhlarning o‘zaro
ijtimoiy ajralishi.
2. hokimiyatni amalga oshirishning
asosi sifatida uyushgan
majburiylikning mavjudligi (masalan, oqsoqollar kengashi va
hokazo).
ma’naviy sohada sivilizatsiyaviy hayot-
ning qaror
topishi eng radikal tarzda
bo‘lib, inson ruhiyatida mantiqiy tafak-
kurni, unda esa sifat jihatdan yangi dunyo-
qarashni keltirib chiqaradi. astrologiya, arifmetika, biologiya, tibbiyot,
agronomiya kabi fanlarning kurtaklari shakllana boshlandi. unsurlari
ko‘rina boshlangan ilk san’at namunalarida – urf-odat musiqalari va
raqslarida, asosan, asotiriy (mifiy) personajlar aks etgan.
sakral (lotincha sacrum – muqaddas)
sohada sivilizatsiyaviy
ruhiyatda ibtidoiylikda bo‘lganidek, mistika (yunoncha mistukos –
sirli) to‘la hukmron edi.
sivilizatsiyaning ilk ko‘rinishi bo‘lgan
neolit davri asta-sekin
eneolit bosqichiga, ya’ni, mis-tosh, bronza davrlariga o‘rnini bo‘shatib
berdi.
eneolit sivilizatsiyasining o‘ziga xos
jihati shundaki, mulkning neolit davridagi
umumiyligidan xususiy shakliga o‘tildi.
xususiy mulk ikki shaklda vujudga keldi. birinchisi yirik shaklda –
jamoa va qabila boshliqlari qo‘lida unumdor yerlar, chorva mollari
Dostları ilə paylaş: