7
•
O’lchov birligi qisqartmasi bilan kelgan sonlar raqam bilan
yoziladi, masalan:
3 kg, 3 l. “kg”, “l” qisqartmalaridan keyin nuqta qo’yilmaydi.
•
Bir turdagi sonlarni yozishda o’lchov birligi qisqartmasi oxirgi raqamdan keyin
qo’yiladi, masalan: 1, 5 va 7 mg.
TARTIB RAQAMLARINI YOZISH QOIDASI
•
Bir va ko’p xonali tartib raqamlari so’z bilan yoziladi, masalan: birinchi. O’n
yettinchi.
Murakkab so’z tarkibiga kiruvchi tartib raqamlari son bilan yoziladi, masalan:
Natriy xlorning 10 foizli eritmasi. 10% li eritma deb yozish ham mumkin.
FORMULA VA TENGLAMALAR
Formula va tenglamalarni qora siyohda qo’lda yozishga ruxsat etiladi. Agar
formula va tenglamalarga sharh bo’lsa, matnda alohida satrda ajratiladi.
Har bir
formula yoki tenglamadan oldin va keyin bitta bo’sh qator qoldiriladi.
Formuladagi belgilarga sharh ular fomulada qay tartibda kelsa,
shu tartibda
beriladi Sharh “bunda” degan so’z bilan boshlanadi, ikki nuqta qo’yilmaydi, va
“equation” piktogrammasi yordamida yoziladi, masalan:
m=ρv, (1)
bunda,
m-massa, ρ-zichlik, va
v –eritma hajmi.
Formula va tenglamalar arab raqamlari bilan raqamlanadi va kichik qavslarga
olinib, formula qatorida sahifaning o’ng tarafiga joylashtiriladi. Ishda raqamlashning
faqat bitta tartibi ishlatiladi (butun matn yoki bo’lim miqyosida).
Formulani boshqa
satrga o’tkazish faqat matematik belgidan keyin amalga oshiriladi. Fizik kattaliklar
birliklari formulaga faqatgina son qiymatlaridan keyin yoziladi.
Ko’paytirishning asosiy belgisi o’rta chiziqdagi nuqta (•) hisoblanadi.
Ko’paytirishning (x) belgisi ko’paytirish belgisida ko’chirish
va vektorlarni
ko’paytirishda ishlatiladi. Ko’paytirishning (•) belgisi fizik belgilarning harfiy
8
belgilanishi,
qavslardan oldin va keyin, radikal (V), integral (j) belgilari.
trigonometrik funktsiyalar argumentlari oldidan qo’yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: