O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kimyo yo’nalishida kurs ishlarini bajarish


ILOVA (ILLUSTRATSIYA)LARNI QO’YISH



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix06.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#123852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Kurs ishlarini bajarish

 
ILOVA (ILLUSTRATSIYA)LARNI QO’YISH 
1.Rasmlar 
Barcha illustratsiyalar bir xil uslubda bajarilgan bo’lishi kerak. Illustratsiyalar 
ularga matnda birinchi murojaat bo’lgandan keyin darhol joylashtiriladi. Har bir 
illiustratsiyaning o’ziga tegishli sharhi bo’ladi va raqamlanadi. Illustratsiyalar butun 
matn yoki bo’lim miqyosida raqamlanishi mumkin. Illustratsiyalar soni ko’p bo’lsa 
ular tartib bilan raqamlanib, ish so’ngiga joylashtiriladi. Agar rasmlarni raqamlash bir 
bo’lim miqyosida bo’lsa, rasm raqami bob (bo’lim) raqami va rasmning tartib 
raqamini nuqta bilan ajratib qo’yiladi, masalan: 2.1 rasm 
Agar bitta raqam bilan belgilangan illustratsiya bir necha tasvirdan iborat bo’lsa 
ular kichik harflar bilan belgilanadi. (a,b,c. va h.k). 
Barcha illiustratsiyalarga matnda murojaat bo’lishi kerak. Illustratsiyalar alohida 
sahifada yoki matn orasida joylashtirilgan bo’lishi mumkin. 
2. 
Jadvallar 
Jadvallar unga matnda birinchi murojaat bo’lgandan keyin darhol joylashtiriladi. 
Barcha jadvallar butun matn bo’ylab arab raqamlari bilan raqamlanadi. Agar ishda 
bitta jadval bo’lsa unda raqam qo’yilmaydi. Jadval raqamlanganda “№” belgisi 
ishlatilmaydi. 
Jadval mavzu sarlavhasi satr o’rtasidan birinchi harfi bosh qolganlari kichik harf 
bilan bir intervalda yoziladi. Mavzu sarlavhasi so’ngida foydalanilgan manbaalar 
ro’yhatiga mos ravishda jadval manbasi kvadrat qavsda yoziladi. 
 
BOG’LANISHLARNI RASMIYLASHTIRISH 
Matnda manbalarga bog’lanishlari foydalanilgan manbalar ro’yxatidagi tartib 
raqami bo’yicha qo’yilishi kerak. Manbaning tartib raqami kvadrat qavsga olinadi. 
Agar manbadagi aniq sahifaga murojaat qilinsa, sahifa raqami ham ko’rsatiladi, 
masalan: [3], [4, 6 b.]. 



Iqtiboslar qo’shtirnoq ichida bosh harfdan boshlab yoziladi. Agar iqtibos 
qisqartirilsa, tushirib qoldirilgan qismi o’rniga uch nuqta qo’yiladi. Masalan: 
A.Eynshteyn aytganidek. “Tarbiya ishiga har bir kishining individual qobiliyatini 
rivojlantirish haqida g’amxo’rlik qilish bilan ... e’tibor berish zarur” 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin