Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65


shoir Otoyi singari ulug‘lar hayoti va faoliyati chuqur



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/60
tarix10.03.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#123955
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

shoir Otoyi singari ulug‘lar hayoti va faoliyati chuqur
ehtirom bilan tilga olinadi.
Turob To‘laning bu mavzularga maxsus to‘xtalishi uning
buyuk tarixga ega ona xalqi oldidagi farzandlik burchini teran
anglagani va boshqalarga ham anglatmoqchi bo‘lganini ko‘r-
satadi. Chunki o‘tgan asrning 70–80-yillarida, sobiq sho‘rolar
mamlakatida xalqlar va milliy madaniyatlar tarixiga, millat-


4 8
larning din-u diyonatiga past nazar bilan mensimay qaralar edi.
Bu mavzularda ilmiy yoki badiiy izlanishlar olib borish qattiq
ta’qib etilar, ijodkorlar ayovsiz tanqid ostida qolardilar. O‘zbe-
kiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zi-
ning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida ta’kidlaga-
nidek: «Bularning barchasi zamirida sovet mafkurasiga xos bo‘l-
gan, odamzodni tarixiy xotira, Vatan tuyg‘usidan judo qilishga
qaratilgan g‘arazli intilishlar mujassam ekanini anglash, tushu-
nish qiyin emas» (92-bet) edi.
«Yetti zog‘ora qissasi» asarini o‘qir ekansiz, ona tilimiz –
o‘zbek tilining qanchalar boy va shiraliligi, u orqali chizilgan
tabiat va inson manzaralarining naqadar tiniqligiga ham guvoh
bo‘lasiz.
Muallifning badiiy mahoratini yuqoridagi mo‘jaz hikoya ham
yaqqol ko‘rsatib turibdi. Toshtemirning buvasi o‘z bolaligidan
xotira bo‘lib qolgan hodisani aytib berar ekan, biz unda bir emas,
bir necha insonning takrorlanmas xarakteri bilan tanishamiz.
Avvalo, do‘nan otiga xuddi o‘z jigaridek o‘rganib-bog‘lanib
qolgan bola Baxshilla qalbidagi jonivorlarga shafqat va muhab-
bat hissi o‘quvchiga ham tezda yuqadi. Agar Do‘nanga Baxshil-
laning ko‘zi bilan qaralsa, uning «ot emas, odam» ekaniga
bemalol ishonsa bo‘ladi. Do‘nanning uxlab yotgan egasini
chaqmoqchi bo‘lgan ilon boshini majaqlashi ham, boshqa otlar-
dek o‘rta ariqdan suv ichib ketavermay, Toshloqdagi buloq suvi-
nigina ichishi ham, xuddi odamlarga o‘xshab yo‘lning o‘ng
tomonidan yurishi ham shundan dalolat. Voqealar rivoji Baxshil-
lani suygan otidan, otni esa boladan ajratish aslo mumkin emas-
ligini ishonarli isbotlaydi. Inson va hayvonot olami, yaratilishi-
dan ona tabiatning bir-birini to‘ldiruvchi, bir-biriga nihoyatda
muhtoj farzandlari ekanini yana bir bor dildan his qilamiz.
Baxshilla kimdandir, masalan, akasidan o‘ch olish maqsadida
yoxud kimgadir, masalan, dadasiga achchiq qilib ovqat yeyish-
dan bosh tortmaydi, aslo. Uning hikoyasida «Hech ovqat tila-
may qo‘ydi tabiatim, ishtaham bo‘g‘ilib qoldi, uch kunda qiltiriq
bo‘lib qoldim, oyim qo‘rqib ketdilar, o‘zim ham» degan muhim


4 9
!
o‘rin bor. Bu gapga alohida e’tibor qaratishimiz kerak, bolalar.
Chunki faqat chinakam mehr, chinakam insoniy tuyg‘ulargina
odamni shu ko‘yga solishi mumkin. Ya’ni yaxshi-yomon kunla-
rida doim yonida bo‘lgan, «onasining qornidan tushiboq, dingil-
lab» unga «qaragan, bo‘ynini bo‘yniga solgan, ingichka-ingich-
ka oyoqlari titrab turgan», «ko‘zlari katta-katta, kiyiknikiga
o‘xshagan chiroyli» otidan birdaniga ayrilish Baxshillaning
tabiatidan, hayoti mazmunidan juda katta narsani qo‘porib
ketadi. Birdan uning qalbi, ichki va tashqi olami, ruhiyati bo‘m-
bo‘sh bo‘lib qolgandek, endi hayotning-da qizig‘i qolmagandek
bo‘ladi. Mana shu holga tushgan kishining ko‘ngliga ovqatla-
nish yoki boshqa mashg‘ulot sig‘adimi?
Baxshilla maxsum do‘nan otining sadoqatini eslab nabirasi
Toshtemirga qarata: «Mana do‘st, bolam, mana o‘rtoq!» – deyi-
shi ham Siz-u bizni o‘ylatishi kerak. Chunki birga o‘sish, birga
yurish, birga o‘qish-u birga o‘ynashning o‘zi hali odamlarning
chinakam do‘st bo‘lishlari uchun yetarli emasdir. Do‘stlik har
ikki tomondan beg‘araz fidoyilikni, samimiy tuyg‘ularni, eng
muhimi – juda katta sadoqat va vafodorlikni talab etadigan
mas’uliyatli burchdir.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin