1 3 4
qahramonga aylantirilib, barcha maktab o‘quvchilariga ibrat
qilib ko‘rsatilardi. Ana shunday targ‘ibot-tashviqotlar ta’sirida
asl voqelikni tushunmay yurgan hikoya qahramoni tintuv chog‘i
o‘z uyida kitob javoni qulfini ochib berib, o‘zini
Pavlik Moro-
zov deb maqtaganlaridan g‘ururlanadi. «Xalq dushmanlari»
sifatida qancha-qancha begunoh yurtdoshlarini abgor qiladigan
mitinglarga chorlovchi nog‘ora gumburi-yu, karnay-surnay sa-
dolariga mahliyo bo‘lib, uni chalayotgan pionerlar ketidan erga-
shib boradi. Bu tasvirlar orqali yozuvchi inson ichki dunyosi-
ning
naqadar murakkabligini, yolg‘on aqidalar, g‘oyalarga
ishontirilgan odam o‘z yaqinlarining dushmaniga aylanishi
mumkinligini ta’kidlaydi. Uni ma’naviy tanazzulga olib bora-
digan holatlarni ko‘rsatib beradi. Ayni chog‘da o‘g‘liga muzqay-
moq olib berolmay armonda qolgan otaning haqsizlik, tuhmatlar
tufayli
naqadar ojiz, g‘arib bir ahvolga tushishi, adolatsizlik
hukm surgan jamiyatning qanchalar insonlar qalbini zada qilga-
nini tasvirlash orqali yozuvchi mustaqillikning qadriga yetish,
o‘shanday yovuzliklar bo‘lmasligi uchun kurashish,
mehr-oqibat,
adolat g‘oyalari barqaror bo‘lishiga erishish fikrini ilgari suradi.
O‘quvchilarni bu borada ibratli xulosalar chiqarishga undaydi.
1. Yozuvchi Odil Yoqubovning hayoti va ijodini gapirib bering.
2. Odil Yoqubovning asarlaridan qaysilarini bilasiz?
3. Adibning qanday romanlari bor?
4. «Qatag‘on davri» qurbonlari bo‘lgan qaysi ijodkorlarni bilasiz?
5. «Muzqaymoq» hikoyasida qaysi davr voqealari aks etgan?
6. Hibsga olingan otaning holatini so‘zlab bering.
7. Yosh qo‘shni yigit – kotibning xatti-harakatini qanday izohlash
mumkin?
8. Nog‘ora sadolari ostida o‘tadigan mitinglardan maqsad nima?
9. Hikoya qahramoni nima uchun maqtov eshitadi?
10. Hikoyadan o‘zingiz uchun qanday xulosalar chiqardingiz?
11. Mustaqillik tufayli yurtimizda qatag‘on qurbonlarini yod etish
borasida qanday ishlar amalga oshirildi?
Dostları ilə paylaş: