Xorazmiy ilm-fan va madaniyatning qadimiy beshiklaridan
hisoblangan Xorazmda
qomusiy olim sifatida shakllandi, voyaga etdi va shu erning o’zida uning nomi
dunyoga ma`lum bo’ldi. Muso Xorazmiy ilmiy-ijodiy faoliyatining juda katta davri
arab xalifaligining poytaxti Bog’dod .bilan uzviy bog’liqdir. Xorazmiy xalifa
Ma`mun rahnamoligida islom SHarqining Fanlar akademiyasi—«Bayt ul-hikma»
(«Donishmandlar uyi)da ishladi. Bu ilm dargohida u juda ko’plab-asgronomik
kuzatishlar olib boradi, matematik va astronomlarning katta bir jamoasiga ustozlik
qiladi hamda o’zining (Ko’pgina shoh asarlarini yozadi. Xorazmiyning Bordodda
yashab ijod etgan zamondoshlari orasida Ahmad Farg’oniy, Ahmad ibn Abdulloh
Marvaviy kabi Markaziy Osiyolik olimlar bo’lib, ular o’rta asr ilmu-fani rivoji va
ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotiga katta hissa qo’shganlar.
Muhammad Muso Xorazmiyning ko’p qirrali ilmiy qiziqishlari matematika,
nazariy va amaliy astronomiya, geografiya, tarix va boshqa ko’plab fanlarga
oiddir. Uning nomini tarixda abadiy qoldirgan asarlaridan biri — «Al-jabr va
muqobala»dir. Bu asar G’arb va SHarq olimlariga algebra fani bo’yicha
dasturiy
amal bo’lib xizmat qildi, «Algoritm» va «Algebra» degan atamalar Xorazmiy nomi
bilan bog’liqdir.
Allomaning algebra, arifmetika, matematika, geometriyaga oid asarlari asrlar
davomida taqsimlashda, vasiyatnomalar tuzishda, mol-mulkini o’zaro bo’lib olishda,
sud ishlarida, savdo-sotiq muomolalarida, shuningdek, erlarni o’lchashda, kanallar
qazishda, bino qurishda katta xizmat qildi.
Xorazmiy aytib o’tilgan asarlaridan tashqari «Kitob surat al arz» («Er
surati») degan risola ham yozdi. Asarda u Ptolomeyning «Geografiya» nomli
kitobini butunlay qayta ishlab chiqdi. SHarq mamlakatlari to’g’risida ko’pgina
qimmatli ma`lumotlar berdi. Unda mamlakatlar,
shaharlar, ularning nomlari, hajmi
ko’rsatilgan va bir necha izohlar berilgan xaritalar mavjud. Bu kitobda Orol
dengizining tasviri xam berilgan. Asarda bundan tashqari 637 ta muhim joylar,
209 ta tog’ning geografik tafsiloti, daryolar, dengizlar va okeanlar havzasining
shakli, ularda joylashgan orollarning muxim kordinatalari bayon etilgan. Olimning
bu kitobi SHarq mamlakatlarida geografiya fanining rivojlanishiga katta hissa
qo’shdi.
«Astronomik jadvallar», «Quyosh soati to’g’risida risola», «Hind
hisobi
haqida risola», «Usturlab olati haqida risola», «Zij» («Astronomik jadval»),
«Musiqa bo’yicha risola», «Tarix bo’yicha risola» va boshqa ko’plab nodir
asarlar ham Muso Xorazmiy qalamiga mansubdir. Ana shu asarlar nomining
o’ziyoq Xorazmiyning ilmiy tafakkuri benihoya kengligi, qomusiy alloma
ekanligini, nafaqat o’z davrining balki hamma zamonlarning eng buyuk matematik
va tabiatshunos olimi ekanligini ko’rsatadi.
Xorazmiy o’zining matematika, geografiya, tarix, musiqa, astronomiya va
boshqa fanlarga bevosita taalluqli bo’lgan asarlari bilan jahon fani taraqqiyotiga
keng yo’l ochib berdi, o’rta asrlarda odamlar xayollariga ham keltirmagan eng
murakkab masalalarni ilmiy ravishda hal etdi.
Muhammad Muso Xorazmiyni bugungi avlod hozirgi zamon matematika,
astronomiya, geografiya va tarix fanlarining asoschisi sifatida e`zozlaydi. Jahon ilm
ahlining 1983 yili Muhammad Muso Xorazmiyiing 1200 yilligini zo’r
tantana bilan
nishonlaganligi buyuk vatandoshimizga ko’rsatilgan cheksiz xurmat va ehtiromdir.
Muhammad Muso Xorazmiy nafaqat buyuk matematik, tabiatshunos alloma,
balki mashhur faylasuf sifatida ham ma`lum va mashhurdir.
Xorazmiy maxsus falsafiy asar yozgan bo’lmasa-da lekin uning matematika,
geometriya, astronomiya, geografiya, tarix va musiqa ilmiga oid barcha
kitoblarida ilgari surilgan va ilmiy isbotlangan falsafiy fikr-mulohazalar, falsafiy
g’oya, nazariya va ta`limotlar son-sanoqsizdir. Uningcha,
Olloh tomonidan
yaratilgan dunyoda, materiyada o’z holatini doimiy ravishda o’zgartirmay
saqlab turadigan hech qanday narsa va hodisa yo’q va bo’lmaydi. Materiya tinimsiz
o’tish, o’zgarish va rivojlanishdadir. Unda nimadir yangidan paydo bo’ladi,
ma`lum vaqt mobaynida yashaydi, keyinchalik borib esa u ham eskira boshlaydi
va pirovard-oqibatda o’z o’rnini boshqa narsaga qonuniy ravishda bo’shatib
beradi. eski narsa o’rnini yangisi, o’layotgan narsa o’rnini tug’ilayotgan narsa
egallashi, Xorazmiy falsafiy ta`limotida qayd etilishicha, tabiiy-qonuniy
jarayondir. Bu jarayon cheksiz va chegarasizdir.
Xorazmiyning dunyoning asosini, moddiy negizini nima tashkil etadi,
degan masala bo’yicha bayon etgan fikrlari ham e`tiborga sazovordir.
Buyuk
mutafakkir materiyani olamdagi barcha narsa va hodisalarning asosi deb
hisoblaydi. Uning tushuntirishicha dunyo to’rt unsur-tuproq, suv havo va olovdan
tashkil topgan. Dunyodagi barcha narsa va hodisalar ana shu unsurlarning
birikishi, o’zaro ta`siri ostida hosil bo’ladi va yashaydi. Suv va havo-haqidagi
ta`limot Xorazmiy falsafiy dunyoqarashining o’zagidir. Orol dengizining
Markaziy Osiyo xalqlari hayoti, o’simliklar va hayvonot dunyoei uchun naqadar
muhimligi haqida buyuk vatandoshimizning bundan ming yil iltari qilgan
bashoratlari bunga misol bo’ladi.
Alloma o’zining bilish nazariyasidagi moddiy olam, inson, uning sezgisi, aql-
idrokidan oldin paydo bo’lgan, inson va uning aqli
esa moddiy olam rivojining
mahsulidir, deydi. Ayni paytda u inson bilish sub`ekti, tabiat, jamiyat, umuman
moddiy olam esa uning ob`ekti deb biladi. Xorazmiy hissiy va aqliy bilishiing o’ziga
xos hususiyatlarining mohiyatini, o’zaro aloqadorligini alohida ta`kidlaydi. Uning
aytishicha aqliy bilish hissiy 'bilishsiz vujudga kelmaydi. Hissiy bilish borliqning
tashqi tomonlari haqida bilim berish manbaidir. Aqliy bilish yordamida esa inson
narsa va hodisalarning murakkab ichki tuzilishini, mohiyatini, qonuniyatini bilib
oladi. Aqliy bilish inson bilish rivojining yuqori bosqichidir. Bunda biz
Xorazmiyning aqliy bilish masalalariga alohida e`tibor berganligini ko’rib turibmiz.
Bilishda inson aqlining va amaliyotning ahamiyatini ko’rsatganligi buyuk
vatandoshimizning ajoyib xizmatlaridan hisoblanadi.
Muso Xorazmiy dunyoqarashida ijtimoiy-falsafiy masalalar, xususan jamiyat va
uning istiqboli haqidagi fikr mulohazalar alohida o’rin egallaydi. Jamiyat
taraqqiyotida ilm-fan va madaniyatning, odob-axloqning, islom dini, shariat
qonunlarining katta o’rin tutishi haqida alloma tomonidan
bayon etilgan fikrlar
hozirgi davr uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlarning aqlini peshlash,
iymon-e`tiqodini mustahkamlash, ruhan poklash va kishilar o’rtasidagi insoniy
munosabatlarni mustahkamlashda fan va madaniyatning, diniy qadriyatlarning
muhimligi xususidagi fikrlari tahsinga sazovordir.
Buyuk vatandoshimiz Muhammad Muso Xorazmiyning nodir asarlari,
yaratgan ta`limoti, ijtimoiy-falsafiy qarashlari, hozirgi avlod uchun bitmas-