O’zMu Tarix fakulteti Antropologiya va
Etnologiya yo’nalishi 1-kurs talabasi
Abdumajidov Alisherning Arxeologiya
asoslari fanidan yozga
Mustaqil ishi
Qabul qildi: Parmonov Sh
Mavzu: Murg’ob vohasining dehqonchilik
mikrovohalari
Reja :
Kirish
1.Murg’ob vohasi haqida umumiy tasnif
2.Murg’ob vohasini o’rganilish tarixi
3.Murg’ob vohasi madaniyati va xo’jaligi
4.Murg’ob vohasi arxeologik yodgorliklari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Murg’ob
vohasining mikrovohalari vujudga kelishi bundan bir necha ming
yillar ilgari vujudga kela boshlagan. Bunday sivilizatsiyalarning vujudga
kelishi bu hududning o’ziga xos geografik joylashuvi va boshqa hududlar
bilan o’zaro iqtisodiy madaniy aloqalarining olib borishi bilan vujudga
kelgan.Murg’ob vohasining qiziqarli tarixini yanada jonlantirishni
arxeologiya sohasi bilan amalga oshiriladi. Murg’ob vohasi arxeologiyasini
o’rganishda Masson va Puganchenkova kabi arxeolog olimlarni hissalari
beqiyos.
Murg’ob vohasining erta erishgan bunday yutuglar sababini ushbu
taqtimodimiz davomida yoritib berishga harakat qilamiz. Ushbu slayd
davomida Murg’ob vohasini yana bir tarixni qayta jonlantirishga urunib
ko’ramiz .
Janubiy turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE) -
Turkmaniston FA Prezidiumi qoshida professor. M. Ye. Masson
boshchiligida tashkil qilingan (1945). Janubiy Turkmaninson
Arxeologik kompleks ekspeditsiyasi tosh davri (Jabal makoni),
neolit (Joytun madaniyati), eneolit (Anov, Namozgoh tepa,
Goʻksur), jez (Oltintepa) va ilk temir (Yoztepa, Dahiston) davrlari,
ayniqsa Parfiya madaniyati boʻyicha muhim arxeologik tadqiqotlar
olib borib, jahon tarix fani uchun oʻta muhim ashyoviy dalillar
topdi, ulardan (fil suyagidan ishlangan) maʼlumotlar (M. Ye.
Masson, G. A. Pugachenkova) Italiyada, Parfiya yozma hujjatlari
(V. A. Livshits, I. M. Dyakonov) esa Angliyada nashr etildi.
Murg’ob vohasining bronza davri arxeologiyasi. Ilk yozma
manbalarda Mouru (Avesto), Margush (qadimgi fors), Margiana
(yunon-rim) nomlari bilan keltirilgan tarixiy-madaniy o'lka hozirgi
Turkmaniston Respublikasidagi Murg’ob vohasi hududlarida
joylashgan
.
O'lkaning bronza davriga oid yodgorliklari Murg’ob daryosining
quyi oqimi hududlarida tarqalgan. Ularni arxeologik jihatdan
o'rganish harakatlari XIX asrning oxirlaridan boshlanib, o'tgan
asrning boshlarida R.Pampelli va G.Shmidtlar tomonida vohada
amalga oshirgan arxeologik qidiruv ishlari davomida dastlabki
otroq dehqonchilik manzilgohlari aniqlangan.
1904- yili amerikalik R. Pompelli Janubiy Turkmanistonga
ekspeditsiya uyushtirdi. Ekspeditsiya Kopetdog’ tog’oldi zonasiga
joylashgan Anovtepada arxeolog G. Shmidt rahbarligida
qazishmalar olib bordi. Arxeologik qazishma natijalari ko’p
datlamli Anovtepani 4 ta xronologik etapga bo’lish imkoniyatini
berdi. G. Shmidt bu etaplarni Anov I, II, III va IV deb atadi.
Arxeolog olimlar Pompelli – Shmidt xronologik davriy sistemasidan
rosa 50 yil foydalandilar.
Murg’ob vohasi arxeologiyasiga jiddiy e'tibor
o'tgan asrning 70-yillaridan boshlangan bo'lib,
hozirga qadar bronza davriga oid juda ko'p
arxeologik yodgorliklar topib tekshirilmoqda.
Vohaning bronza davri arxeologiyasini
o'rganilishi Toshkent arxeologisi maktabi
tarbiyalanuvchisi V.I.Sarianidining tinimsiz
mehnati samarasining natijasida bo’lgan.
Murg’ob daryosi
Boshqa turdagi manzilgohlari dehqon jamoasining oddiy
qishloqlaridan tashkil topgan yodgorliklardan iborat. Har bir xojalik
tumanlarida bunday manzilgohlarning bir nechatasi joylashgan. Bu
davrda Margiyonada ixtisoslashgan ishlab chiqarish yaxshi
rivojlanadi. Gonurtepa yodgorligining shimoliy va garbiy qismidagi
kulollar mahallasidan kulolchilik xumdonlari o'rganilgan. Metallarga
ishlov berish ishlari yanada takomillashadi. Bronzadan Mehnat
qurollari va uy-ro'zgor bumlarini yasash hunarmanchiligi
takomillashadi. Shuningdek, hususiy mulk belgisini ifodalovchi
muhrlar va yozuv belilari ham keng tarqaladi. Shimoliy Gonur
saroyi darvozasida loy tahtachaga tushirilgan sxematik belgilar va
qadimgi sxummer, qadimgi hind yozuvlariga oxshash mixxat yozuv
belgilari tushirilga muhrlar aniqlangan. Murgob vohasining bronza
davri taraqqiy etgan madaniyati bronza davrining oxirlariga kelib,
inqirozga yuz tutadi
Qadimgi Marv.
Marv (Avestoda — Mouru) — Oʻrta Osiyoning eng qad. shaharlaridan biri.
Bayramali shahri (Turkmaniston) yaqinida joylashgan. Marvning qoldiqlari 5 qalʼa
(Erk qalʼa, Gabr qalʼa, Sulton qalʼa, Abdullaxon qalʼa, Bayramalixon qalʼa)
harobalaridan iborat. Marv xarobasida 19-asrning 80-yillaridan V. A. Jukovskiy,
1946-yildan M. Ye. Masson rahbarligidagi Jan. Turkmaniston arxeologik kompleks
ekspeditsiyasi, keyingi yillarda Ashxobod, Toshkent, Moskva va
SanktPeterburgdan kelgan arxeologlar guruhi qazishma ishlarini olib borgan.
Marvning eng qadimiy qismi — Erk qalʼa (maydoni 12.ga) miloddan avvalgi
birinchi mingyillikning 1-choragidan mavjud boʻlgan.
Erk qalʼa — koʻhna Marv shahri xarobasini tashkil etgan qalʼalardan
biri. Turkmanistondagi Murgʻob daryosining oʻrta oqimi boʻyida,
Bayramali shahri yaqinida joylashgan. Erk qalʼa Marvning eng
qadimiy qismi hisoblanadi. Erk qalʼaning tarhi ovalsimon (400×500 m
— 20 ga) boʻlib, Gavr qalʼa mudofaa devorlarining shimoliy qanotiga
tutashgan. Erk qalʼaning markazida balandligi 25 m dan ziyod ark
(50×50 m) joylashgan. Arkning shimolida pastak maydoncha boʻlib,
unda harbiy garnizon va toshotar qurollar oʻrnashgan. Erk qalʼada
dastlabki qazishmalar 1890-yil Rossiya Arxeologiya komissiyasi aʼzosi
V.A. Jukovskiy tomonidan oʻtkazilgan. 1904-yil R.Pampelli
boshchiligidagi amerikalik ekspeditsiya, 1937-yil B.B.Piotrovskiy,
A.A.Marushchenko va 1947-yil S.A.Vyazigin, 1950—1992-yillarda
M.Ye.Masson rahbarligi ostida Janubiy Turkmaniston arxeologiya
kompleks ekspeditsiyasi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar Erk
qalʼaning miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-choragida bunyod
etilganini koʻrsatdi.
Dastlabki arxeologik yodgorliklar boʻlgan katta
jamoa uylari Geoksyurtepa , Qoratepa va
Oltintepada topib tekshirilgan . Ular enolit va ilk
temir davriga oid yodgorliklar sanaladi . Demak
quyi Murg’ob aholisi ilk o’troq qabilalar uchun
xarakterli bo’lgan madaniy an’analarni davom
ettirib ularni yangi asosda rivojlantirgan.
Sopolli bosqichiga oid kulolchilik buyumlari asosan
kulolchilik charxida ishlangan uy-ro‘zg‘or idishlaridan
iborat. Barcha idishlar yuqori sifatga ega. Jarqo‘ton
bosqichida kulolchilik ishlab chiqarishda, Ayniqsa
mehnatni tashkil etishda bir qadar o‘zgarishlar ko‘zga
tashlanadi. Barcha kvartallarda idishlarni pishirishga
mo‘ljallangan uchoq qoldiqlari topilgan. Ishlab chiqarish
hajmini kengaytirish maqsadida kulolchilik uchoqlari
kattalashtirilib, ularning qurilish usullari
murakkablashtiriladi. Bu yuksak darajada taraqqiy etgan
ixtisoslashgan hunarmandchilik malakali mehnatni tashkil
etish bilan bog‘liq edi.
Namozgohtepa
— eneolit va jez davriga oid qishloq harobasi.
JanubiyTurkmanistonning Kopetdogʻ etaklarida joylashgan, maydoni 70 ga.
1949—52 yillarda professor B. A. Kuftin boshchiligidagi arxeologlar guruhi
qazishmalar olib borgan va butun Oʻrta Osiyo eneolit va jez davriga tegishli
arxeologik davriy sistemasi ishlab chiqilgan. 1950-yillarning oʻrtalaridan
boshlab yodgorlikni keng koʻlamda oʻrganish ishi bilan V. M. Masson
boshchiligidagi Sankt-Peterburg arxeologlar guruhi shugʻullanib kelgan.
Nomozgohtepada madaniy qatlamning qalinligi joylarda 34 m gacha
boradi. Nomozgohtepada madaniy qatlamlari 6 ta xronologik bosqichlarga
(Nomozgoh 1—6) boʻlingan. Ulardan Namozgoh 1—3 eneolit davriga,
Namozgoh 4—6 esa jez davriga oiddir. Namozgoh — 1 (ilk eneolit) davrida
aholi xom gʻishtdan kurilgan bir xonali uylarda yashagan. Namozgoh — 2
(oʻrta eneolit) davriga kelib, uy-joy qurilishida koʻp xonali uylar paydo
boʻladi, bu davr qishloqlarining atrofida mudofaa devorlari qad koʻtara
boshlagan.
Namozgohtepa
— 3 davriga kelib (soʻnggi eneolit), qishloqlarning hududi ancha
kengayadi, uy-joy majmualari qoshida hovlilar paydo boʻlgan, hovlilarni birlashtiruvchi tor
koʻchalar rasmiylashadi, koʻchalar esa qishloq markaziga joylashgan ochiq maydonga
tutashadi.
Eneolit davrining mehnat qurollari, asosan, toshdan, suyakdan va qisman misdan ishlangan.
Sopol ishlab chiqarishda hali kulollik charxi kashf etilmagan, sopol idishlar qoʻlda yasalgan.
Mas, Namozgoh — 1 davri idishlariga qora mineral rang bilan geometrik naqsh berilgan.
Namozgoh — 2 bosqichi sopol idishlarining shakli va ularning sirtiga tushirilgan naqshlar
sodda va koʻp jihatdan Namozgoh — 1 sopollaridan kam farq qilsada, ammo Namozgoh — 1
davrining "monoxrom" naqshlari oʻrnida Namozgoh — 2 davrining "polixrom" naqshli sopollar
yasala boshlagan. Namozgoh — 3 davriga kelib, av-valgi sodda qilib ishlangan geometrik
naqshli sopollar oʻrnini murakkab, jimjimador nozik gulli sopollar egallaydi. Sopollarga
"gilam gulli naqsh" deb yuritilgan bezak berilgan. Hayvon va parrandalarning suratlarini
tushirish odati yanada keng tuye oladi. Bu esa urugʻdoshlik jamoasining diniy tasavvurlarini
"totemlar" koʻrinishida namoyon boʻlishidan guvoxlik beradi. Eneolit davri xoʻjaligining
asosini sugʻorma dehqonchilik va xonaki chorvachilik tashkil etgan. Namozgox, — 2
davridan boshlab sunʼiy suv omborlari qurish boshlanadi. Namozgoh — 4 davri majmualari
N.da ilk jez davrining boshlanishidan guvoxlik beradi. Dehqonchilik va xonaki chorvachilik
xoʻjaligi, hunarmandchilikning turli sohalari keng rivojlanadi
Namozgoh
— 4 davrining soʻnggi bosqichida kulolchilik charxi kashf etiladi.
Natijada sopol ishlab chiqarish sohasida shunday sezilarli oʻzgarishlar yuz
beradiki, oqibatda Oʻrta Osiyoning janubiy rayonlari oʻz taraqqiyoti bilan koʻp
jihatdan Qadimiy Sharq madaniyatiga yaqinlashib qoladi. Sopol ishlab chiqarish
qadah va vazasimon idishlar paydo boʻladi. Idishlarning sirtiga daraxtlar, echki
va qushlarning suratini solish keng tus oladi. Idishlarga "gilam gulli naqsh" solish
davom etadi. Shu bilan birga Namozgoh — 4 davrining soʻnggi bosqichida tiniq
rangli gulsiz sopollar koʻpayadi. Meʼmorlikda monumental inshootlar qurish
kuzatiladi. Namozgoh — 5 bosqichida jez davrining gullagan pallasi boʻlib, har
sohada rivojlanishning yuksak darajasi kuzatiladi. Sopol ishlab chiqarish
korxonalarining mahsuloti toʻlatoʻkis tovar harakterini oladi. Sopol idishlarning
turi va xili koʻpayadi. Sopollarning mutlaq aksariyati naqshsiz ishlab chiqariladi.
Meʼmorlikda monumental inshootlar qurish keng tus oladi. Tom maʼnodagi ilk
shahar shakllanadi.
Namozgohtepa
— 5 davrida yuz bergan ijtimoiy, iqtisodiy va
madaniy oʻzgarishlar Namozgoh 6 davrida yanada kengroq va
chuqurroq davom etadi. Natijada soʻnggi davr qatlamlari kam
uchratildi. Buning boisi, aynan shu davrdan eʼtiboran
metropoliyalardagi shahar xayoti yangi mintaqalarga koʻchadi
(Masalan, Murgʻob vohasi va Qadimgi Baqtriyaga).
Oltintepa
— jez davriga oid shahar harobasi (mil. av. 3—2 ming yillik).
Turkmaniston janubidagidagi Meana qishlogʻi yaqinida joylashgan. 1929-yil A.
A. Semenov topgan. 1930-yillarda A. A. Marushenko, 1949-yildan M. Ye. Massoy
boshchiligidagi ekspeditsiya tekshirgan. O. shim.-sharkdan jan.-gʻarbga
choʻzilgan boʻlib, bal. 20 m ga yetadi. O. qad. dehqonchilik madaniyatiga oid
yodgorlikdir. O.ning maydoni 60 ga dan ortiq. O.ning atrofi kalinligi 2 m gʻisht
devor bilan oʻralgan boʻlib, ichida aholi yashaydigan massivlar, kulolchilik
mahallasi boʻlgan. Keng va uzun yoʻllar, bir necha xumdonlar, mahobatli uy
qoldiklari, diniy inshootlar, zikkurat, mozorlar topilgan. Bu topilmalar qad.
Oʻrta Osiyoda dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi oʻtroq qabilalar ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega
Oltintepa yodgorligi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Janubiy Turkmanistondagi
bronza va ilk temir davrlariga oid bir qancha yodgorliglarni
o’ziga xos tomonlari va boshqalarga o’xshamas madaniyati
bilan yaqindan tanishish imkoniyati natijasida ko’plab
qiziqarli faktlarga duch keldim. Ushbu janubiy
Turkmanistondagi mikrovohalar dunyo tarixida o’ziga xosligi
bilan ajralib turar ekan . Shu sababdan AQSh va sovet
arxeolog olimlari tomonidan katta qiziqishlarga sabab
bo’lganligini guvohi bo’lishimiz mumkin. Ushbu yer tarixi
bo’yicha ko’plab arxeolog olimlar ko’plab ilmiy izlanishlar
olib borib dunyo tarixiga yangiliklar kiritgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
:
1.N.A.Egamberdiyeva Arxeologiya (o’quv qo’llanma) 2011.
2.A.Sagdullayev Qadimgi O’rta Osiyo Tarixi (O’quv qo’llanma)
Toshkent ,,Universiteti’’2004.
3.J.Kabirov, A.Sagdullayev O’rta Osiyo Arxeologiyasi Toshkent
,,O’qituvchi’’ 1990. (118-122 bet)
4.https:\\Wikipedia/org
E’tiboringiz Uchun Rahmat
Dostları ilə paylaş: |