21-laboratoriya mashg`uloti: Qizil ilik, timus, taloq va limfa tuguni gisto-perparatlarini o`rganish. Reja



Yüklə 192,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix29.03.2023
ölçüsü192,19 Kb.
#124534
1   2   3   4
SG 21-lab

Preparat: Mushik talog’i. 
Gematoksilin va eozin bilan bo’yalgan (21-rasm). 
Preparat taloqning ko’ndalang kesimidir. Uni oddiy ko’z bilan qarab qizil rangga ega fonda 
binafsha rangli yumaloq tuzilmalarni ko’ramiz. Bular oq pulpani tashkil qiluvchi taloqning limfa 
follikullari (Malpigi tanachalari)dir. Taloq parenximasining butun qolgan qismi qizil pulpa 
deyiladi. 
Preparatni kuchsiz ob’yektivda qarash, kapsulaning bir qismi va limfa follikullarini qamrab 
oluvchi rasm chizish kerak. Taloqning kapsulasi (1) biriktiruvchi zich shakllanmagan to’qima va 
silliq muskul hujayralarining aralashmasidan iborat. Kuchli ob’yektivda kapsulaning yuzasi 
taloqqa qorin bo’shlig’i zardob pardasidan o’tadigan mezoteliy (2) bilan qoplanganligi ko’rinadi. 
Vertikal kesimda mezoteliy o’zaklari yalpoqlangan ensiz tasmacha ko’rinishida bo’ladi. 
Kapsuladan taloq ichiga tomon trabekulalar (3) yo’naladi. Preparatda trabekulalar kapsuladan 
ajraladigan joylarni topish qiyin emas. Trabekulalarning ba’zilari taloq pulpasida ayrim-ayrim 
kesimlar holida ko’rinadi, ular kapsulaniki kabi to’qimadan iborat. Malpigi tanachalari (4) butun 
pulpa bo’ylab tarqalgan. Kuchli ob’yektivda ular limfotsitlarning retikulyar to’qimadagi 
sharsimon to’plamlari ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Malpigi tanachalarining markazida 
nisbatan ochroq bo’yalishi bilan ajralib turuvchi turli darajada ifodalangan reaktiv markazlar (5) 
mavjud. Malpigi tanachalarida ko’pincha ko’ndalangiga, ayrim hollarda qiyshiq kesilgan 
markaziy arteriyalarning kesimlari (6) uchraydi. 
O’z nomiga qaramasdan bu arteriyalar ko’pincha Malpigi tanachasida ekssentrik 
joylashadi. Ba’zi Malpigi tanachalarida markaziy arteriya ko’rinmasligi mumkin, bu 
tanachalarning qiyshiq kesilganligi bilan izohlanadi. Trabekulalarning kesimlarida qon tomirlari 
ko’rinadi: trabekulyar arteriyalar (7) o’zining muskul devoriga ega bo’lsa, trabekulyar 
venalarning (8) endoteliyi bevosita trabekula to’qimasidayotadi. 
Kapsula, trabekulalar va Malpigi tanachalari oralig’idagi barcha joyni qizil pulpa (9) 
egallaydi. U retikulyar to’qimada joylashgan va turli darajada qon bilan to’lgan vena sinuslari 


to’ridir. Qizil pulpada ko’plab eritrotsitlar ko’rinadi, lekin odatdagi preparatlarda ular 
tuzilishining detallarini aniqlab bo’lmaydi. 
Mushikning talog’i. kuchsiz ob’yektiv 21-rasm 
Nazorat uchun savollar 
1. Qizil ilikda qanday jarayonlarboradi? 
2. Oq pulpa va qizil pulpaga ta`rifbering? 
3. Limfa tugunning darvozasi faqat qanday kesimlardako’rinadi? 
4. Gemapoyez organlarga qaysi organlarkiradi? 
5. Immunopoez organlarga qaysi organlar kiradi? 



Yüklə 192,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin